Kastamonu Üniversitesi’ni Ziyaret

 

1

Türkistan-Der yönetimi ve Arabistan’da yaşayan Türkistanlılarından müteşekkil bir heyet Kastamonu Üniversitesi’ni ziyaret etti. Heyetin ziyaretine Kastamonu Üniversitesi’nin Web sitesinde de haber olarak yer verildi.  (kastamonu.edu.tr)  adresinde yer alan haberi olduğu gibi sunuyoruz:

 

Uluslararası Türkistanlılar Dayanışma Derneği Rektörümüzü Ziyaret Etti

Son Güncelleme: Cuma, 28 Kasım 2014 01:08

Uluslararası Türkistanlılar Dayanışma Derneği’nden (Türkistan-Der) bir heyet,  26 Kasım 2014 tarihinde Rektörümüzü makamında ziyaret etti.

Ziyarette Üniversitemiz adına Rektör Prof. Dr. Seyit Aydın, Rektör Yardımcısı Prof. Dr. Ömer Atalar, Rektör Danışmanı Yrd. Doç. Dr. S. Tunay Kamer, dernek adına Türkistan-Der Başkanı Burhan Kavuncu, yönetim kurulu üyeleri Azat Tekin Ulutaş, Zakircan Rahmetullah, Türkistanlı işadamları ve üniversitemizde okuyan Türkistanlı öğrenciler yer aldı.

Ziyaret esnasında Türkistan-Der Başkanı Burhan Kavuncu ve heyet ile sohbet eden Rektör Aydın, kendisine ziyarette bulunmalarından dolayı duyduğu memnuniyeti dile getirdi. Rektör Aydın konuşmasında “Türkistan bizim sevdamız, bu konuda üzerimize düşen vazifeyi yapmaya hazırız. Üniversite olarak Türkistan coğrafyasından gelen talebelerimize kapılarımız her zaman açık, şu an birçok ülkeden 622 talebemiz üniversitemizde okuyor. Türkistan-Der ile işbirliği neticesinde 114 talebemiz oldu. Bu sayılar daha artacak. Dilin çok önemli olduğunu biliyoruz. Bu konuda Çağdaş Türk lehçeleri bölümünü güçlendireceğiz ve Özbek dili ile ilgili çalışmalarımız olacak” ifadelerine yer verdi.

Türkistan-Der Başkanı Burhan Kavuncu da konuşmasında “Türkistan’ın geleceği olan çocuklarımıza sahip çıkan Rektör Aydın’a teşekkür ediyorum. Bizim tek bir amacımız var. Gençlerimizi eğitmek ve daha yüksek düzeyde eğitim almalarını sağlamak. Bunun için de dernek olarak faaliyetlerimizi yürütüyoruz.” dedi.

Ziyaret, karşılıklı hediye takdimi ve fotoğraf çekiminin ardından sona erdi.

 

IMG-20141201-WA0017IMG-20141201-WA0019

 

IMG-20141201-WA0023IMG-20141201-WA0014

IMG-20141201-WA0009IMG-20141201-WA0016

 

IMG-20141201-WA0008

Devami

Ahıska Türkleri’nden ‘geri dönüş’ü hızlandırın çağrısı

Ahıska Türkleri geri dönüş sürecini hızlandırmak için Gürcü liderlerine çağrıda bulundu

Ahıska Türkler, Gürcistan hükümetine, 2011 yılında başlayan geri dönüş sürecini hızlandırması için çağrıda bulundu. 28 Kasım’da Tiflis’te Ahıska Türklerinin sürgün edilmesinin 70. yıldönümünü konu edinen bir Konferans düzenlendi.
Konferansta Ahıska Türklerinin Gürcistan, Türkiye, Azerbaycan, Kazakistan, Tacikistan ve Türkmenistan’da yaşayan temsilcileri katıldı.

“Kafkas Uzel” ajansının duyurduğu habere göre Konferansta Gürcistan hükümeti tarafından hazırlanan geri dönüş stratejisi tartışıldı.  Gürcistan Kamu savunucusu Ucha Nanuashvili “Hükümetin teklifi Ahıska Türklerinin kendi topraklarına geri dönmesi için özel mekanizmalar geliştirilmesini içeriyor” dedi.

Ucha Nanuashvili “Hükümetin konu ile ilgili resmi belgesi hazır, şimdi sıra geri dönüşle ilgili ayrıntılı bir program geliştirmektir” dedi.

2011 yazında, Gürcistan Ahıska Türklerine geri dönüş izni vermeye başlamıştı. 2011 yılı Mayıs ayında Azerbaycan’da yaşayan yaklaşık 13 bin Ahıska Türkü Gürcistan’a dönmek için dilekçe verdi. Ahıska Türklerinin Azerbaycan’daki sivil toplum örgütü olan “Samshoblo” (Anavatan) liderlerinden biri olan Şemseddin Sarvarova kendilerinin İkinci Dünya Savaşı sırasında sürüldü yer olan Gürcistan’ın Samtskhe-Javakheti bölgesine dönmek istediklerini söyledi.

Dünya Bülteni

Devami

Kırgızistan’daki Uygurlar endişeli

Kırgızistan’daki Uygurlar Çin etkisinden korkuyorlar

Kırgızistan’daki Uygurların oluşturduğu “İttifak” cemiyetinin başkanı Artık Hadiyev Kırgızistan’da yaşan Uygurların Çin etkisinden korktuklarını bildirdi.

Orta Asya yaşanan olaylarla ilgili yayın yapan eurasianet.org sitesi konu hakkında bir makale yayınladı. Makalede özetle şöyle denildi:
“Çin Kırgızistan’ın en büyük ticaret ortağı ve Bişkek Pekin’i memnun etmek peşinde. Bu nedenle Kırgızistan’daki Uygur aktivistler her iki ülkenin güvenlik servislerinin dikkatini çekiyor.

Çin hükümet yetkilileri Kırgızistan’da yaşayan Uygurları ve Kurdukları “İttifak” cemiyetini terörist, ayrılıkçı ve aşırılık yanlısı gruplar olarak adlandırıyor. Uygurlar ise sadece kendi temel hak ve özgürlüklerinin Pekin’den korunmasını istediklerini belirtiyorlar. 1991 yılında Sovyetler Birliği’nin dağılmasından sonra, Çin’in Orta Asya cumhuriyetlerindeki siyasi ve ekonomik etkisi önemli ölçüde arttı. İkili ilişkilerin güçlendirilmesi ile Kırgızistan’da yaşayan Uygurlar iki ülkenin güvenlik servisleri tarafından artan ilgi ve saldırganlığı hissetmeye başladılar.
Uygur analistlere göre, son yıllarda Kırgız yetkililer sık sık Uygurlar tarafından düzenlenen etkinliklerin yapılmasını yasaklıyorlar. Ayrıca, Dünya Uygur Kongresi’ne göre 2001-2011 yılları arasında Bişkek Çin’e 50 Uygur’u teslim etti. Uluslararası İnsan Hakları Örgütü (HRW) Kırgız yetkililerin ülkede yaşayan Uygurlara karşı sık sık uydurma terör suçları isnat etmesinin endişe verici olduğunu dile getirmişti.”

Dünya Bülteni

Devami

Farzand tarbiyasidagi muhim 10 qoida (1 qoida)

Muallif: Doktor Abdulkarim Bakkor

Olamlar Rabbi Allohga hamdu-sanolar boʻlsin! Paygʻambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam, u zotning barcha oilalari va ashoblariga Allohning salom va salovotlari boʻlsin!

Birinchi qoida

Agar bir kishi ilgari bilmagan va koʻrmagan biron bir murakkab zamonaviy jihoz sotib olgudek boʻlsa, albatta bu jihozni ishlab chiqaruvchi tarafidan tayyorlangan  katalog (Foydalanish yoʻl-yoʻriqlari)ni oʻqish orqali, yoxud bu jihozni ishlatib koʻrgan kishilardan soʻrab-surishtirish orqali uni ishlatishga va undan foydalanishga harakat qiladi. Aksar hollarda ishlab chiqaruvchi mijozlarni jihoz toʻgʻrisida yetarli ma’lumotga ega boʻlmasdan turib uni ishlatishdan ogohlantiradi. Shuningdek, odamlar bunday jihozlarni ishlatish mobaynida jiddiy xatoga yoʻl qoʻyadilar va oqibatda katta mablagʻ evaziga qoʻlga kiritilgan bu jihozlarning ishdan chiqishiga olib boradi.

Bola har qanday jihozdan koʻra murakkabroqdir. Unga toʻgʻri tarbiya berish puxta bilim, tajriba va mahorat talab qiladi. Biroq, odamlar buni tan olgisi kelmaydi. Shuning uchun boʻlsa kerak, bamaylixotir yetti-sakkizta farzand koʻrishga jur’at qiladilaru, farzand tarbiyasi toʻgʻrisida  bitta kitobcha boʻlsada mutolaa qilish, yo biron bir ma’ruza tinglash, yoxud mutaxassisdan maslahat soʻrash xayollariga ham kelmaydi. Biz bu loqaydlikning achchiq samarasini tatib kelmoqdamiz. Koʻp sonli oʻspirin yigit va qizlarning qingʻir-qiyshiq yoʻllarga kirib ketishi, yana qanchadan-qancha yosh-avlodning oʻqish va amaliy hayotdagi muvaffaqiyatsizligi mana shu loqaydlikning mudhish natijasidir. Biroq bizlarni quvontiradigan xushxabar shuki, keyingi paytlarda odamlarda farzandlarining yaxshi tarbiya topishi va namunali ta’lim olishi muhim ekani haqidagi ong-tushunchalari oʻsib borayotganini his qilmoqdamiz.

Men bu borada quyidagi fikr-mulohazalarni bildirmoqchiman:

1-    «Tarbiya madaniyati» deganda – tarbiyaviy muhitni hosil qilish, bolalar tarbiyasi va ularni salohiyatli oʻstirish uslublari borasida, shuningdek, bolalar muammolari va ulardagi xato-kamchiliklarga qanday yondashish borasida talab qilingan ma’lumot va tajribalar yigʻindisi nazarda tutiladi.

Qolaversa, «Tarbiya madaniyati» deganda, avvalo tarbiya negizini, uning oʻzaro ta’sirlanish, ta’sir oʻtkazish va oʻzaro jamoaviy ruhiyat paydo qilish asosiga qurilganini anglab yetish va bu narsa talab qiladigan tamoyillar, qadriyatlar, fidokorlik, gʻoya va tushunchalar nazarda tutiladi. Tarbiya madaniyatini tashkil qiluvchi bu unsurlar mukammal tarzda yigʻilishi benihoyat mushkul ishdir. Shuning uchun biz doimo oʻzimizni tarbiyaviy muammolar iskanjasida his qilamiz, bu muammolarni bartaraf etish borasida munosib ravishda ish yuritishni bilmay boshimiz qotadi. Negaki, tarbiya ishi gʻoyat murakkab ish. Bu ish murabbiydan yaxshi bilim va hikmat, shuningdek, asabiy muvozanat va vazminlik bilan bir qatorda muayyan darajada amaliy tajriba ham talab qiladi. Agar bordi-yu  mazkur ishlar qatorida murabbiyga Allohning tavfiqi, hidoyati va toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishi hamrohlik qilmas ekan, u hoda bu narsalar aytarli hech narsa ifoda qilmaydi. Shu bois masalaning bu tomonidan gʻaflatda qolmasligimiz, muttasil ravishda Allohdan tavfiq va hidoyat  soʻrab duo qilishimiz zarur.

2-    Tarbiya ishi nihoyatda qiziqarli va ayni chogʻda oʻta mashaqqatli ish. Bu ishning mashaqqatli ekanining bir tomoni shundaki, tarbiya ishi bilan shugʻullanar ekanmiz bu ishning ogʻirligini his qilamiz, bu yoʻlda koʻp sa’y-harakat qilayotganimiz va koʻp qimmatbaho narsalarni qurbon qilayotganimizni his qilamizu, biroq bolalarning shaxsiyati va yurish-turishida buning asoratini payqamaymiz.

Shu oʻrinda tadqiqotchilardan birining Xitoyda oʻsadigan Bambuk daraxti haqida aytgan soʻzini eslatishni ma’qul deb bilaman.  Bu daraxt urugʻi yerga koʻmilgach qariyb toʻrt yil davomida uning popukli ildizlari yer ostida keng koʻlamda tarqaladi. Bu vaqt asnosida yer ustida uning urugʻdan yorib chiqqan nimjon gʻunchasidan boshqa narsa koʻrinmaydi. Buni qarangki, beshinchi yilga oʻtib bu daraxtning balandligi qariyb 25 metrga yetar ekan!

Ha, tarbiyaning holi ham shunday. Biz garchi natijani koʻrmasakda, oʻzgarishlarni his qilmasakda tarbiya ishini davom ettiraverishimiz zarur. Natijalar bor, oʻzgarishlar mavjud. Koʻpincha ular toʻsatdan paydo boʻladi. Shu bois umidsizlanish, zerikish va tushkunlikka oʻrin yoʻq.

3-    Jamiyatlar sodda va tor muhitlardan murakkab va keng muhitlarga oʻtish harakatini boshdan kechiradi. Bu harakat shiddatli kechadi va unga farzandlar tarbiyasida aks etadigan talay oʻzgarishlar hamrohlik qiladi.

Tor jamiyatlarda odamlar oʻrtasidagi oʻzaro mehr-oqibat va hamkorlik darajasi yuqori boʻladi. Chunki ularning oʻzaro aloqalari kuchlidir. Shundan kelib chiqqan holda bir-birlarining gʻam-tashvishlarini his qilish nisbati ham yuqoridir. Bu  oʻz oʻrnida bunday jamiyat a’zolarida qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni va oʻrtoqlari farzandlarining hatti-harakatlaridan qandaydir ma’naviy javobgarlik hissini paydo qiladi. Bunday jamiyat a’zolarining barchasi  tarbiya ishi bilan shugʻullanadi, oʻzaro yordam beradi va hamkorlik qiladi. Biroq bu holat salbiy tomonga rivojlanib boradi. Odamlarda xususiychilik va shaxsiylik doirasi kengayib, koʻpchilik otalar  farzandlari  hayotiga boshqalarning aralashuvini qabul qilmay qoʻydilar. Shuningdek hozirgi davrda odamlarda qandaydir oʻz qobigʻiga oʻralish, jamoaviy yigʻin va toʻy-hashamlar oʻrniga oʻzining shaxsiy koʻngilxushliklariga moyillikni kuzatish mumkin. Biz haqiqatdan ham borgan sayin koʻproq uzlat hayoti sari yoʻl olmoqdamiz! Bu degani bundan buyon ota-onalar farzandlar tarbiyasi borasida yaqin vaqtlargacha mavjud boʻlgan jamoaviy hamkorlikni kutmasdan, balki endi tarbiya mas’uliyatini faqat ulargina oʻz zimmalariga olishlari lozimdir. Bu boshqa bir tarafdan shuni ifoda qiladiki, endilikda hayotimizdagi qusur va kamchiliklarni isloh qilish jamiyatdan oila ichkarisiga yoʻnaltirilmasdan, aksincha oiladan jamiyatga yoʻnaladigan boʻlib qoldi.

Namunali va oliyjanob musulmon oilagina jamiyatdan yordam kutmagan holda unga  barchaga oʻrnak boʻladigan  andozalarni taqdim etadi. Biroq bu afsuslanarli hol!

4-    Madaniyatning tanazzulga yuz tutishi jamiyatning tanazzulidan kelib chiqadi. Jamiyatning tanazzuli esa oila tarqoqligining samarasidir. Negaki, oila jamiyatni tashkil qiluvchi asosiy birikmadir. Oila tarqoqligining sabablari juda koʻp. Biroq biz bu sabablardan eng muhimiga e’tibor qaratishimiz zarur.  U ham boʻlsa aqidaning inqirozga uchragani, qalblarda iymon choʻgʻining soʻnganidir. Qolaversa, ota-onalarda farzandlarga nisbatan mas’uliyat tuygʻusining zaifligi, hamda ularning turli xil tuban yoʻllar va uslublar bilan koʻngilochar tadbirlar va dunyoviy lazzatlarga berilishi va bu narsalarga ortiqcha qadr-qiymat va e’tibor qaratgan holda ota-onaning bunday ishlarga mukkasidan ketishi ham oila tarqoqligining eng muhim sabablaridan biridir.

Shundan kelib chiqqan holda, oilani himoya qilish yoʻlidagi sa’y-harakatlarimiz jamiyat va ummatni tanazzulga yuz tutishidan himoya qilish, hamda aqidani inqirozga uchrashidan asrash yoʻlida katta hissa qoʻshishga olib boradi.

5-     Shuni aytib oʻtish ham lozimki, odamlarning bolalar tarbiyasi sohasida boshdan kechirgan qiyinchiliklari turlichadir. Shunday farzandlar borki, ularni koʻrganingizda oʻzidan kichik ukalarini tarbiyalash borasida ota-onasiga yordam berish uchun berilgan ilohiy in’om ekanini his qilasiz. U odobli, dono, itoatgoʻy, oliyjanob, tirishqoq…

Ayni damda shunday farzandlar borki, ular oʻn yil yoki yigirma yil davomida oila a’zolariga tinchlik bermaydilar. Shu bois, oldin ishora qilib oʻtganimdek, muttasil farzandlarimizga hidoyat va dinu-diyonat soʻrab Allohga duo qilishimiz va bundan aslo zerikmasligimiz zarur. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, xarakteri ogʻir va shoʻx farzandlarimizni tarbiyalash bizning oila va tarbiya madaniyatimiz uchun “kalit” vazifasini bajarsin. Misol uchun, bolalarimizdan birining qaysarligi, nasihat va yoʻl-yoʻriqlarga osonlikcha quloq solavermasligidan qiynaladigan boʻlsak, u holda bu muammoning yechimi boladan nolish va shikoyat qilish boʻlmasligi kerak. Aksincha, agar farzandlardan biri shizofreniya kasalligi yoxud alohida qarovga muhtoj boʻladigan boshqa biron gʻaroyib kasalga chalinganida bu kasallikni davolash uchun oʻqib izlanganimizdek, qaysar bolalar bilan qanday muomala qilish haqida ham oʻqib-oʻrganish zarur.

Ogʻir xarakterli, oʻziga xos farzandlar bilan muomala qilish biz uchun bir sinov boʻlib, bu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtish bizning vazifamizdir.

Bir oilaning dangasa, oʻqishni sevmaydigan farzandi bor. Xoʻsh, bu oilaning bunday farzandga nisbatan burchi nima?

Bu oila dangasa bolalar bilan qanday muomala qilish toʻgʻrisida mutolaa qilishi va bu xususdagi tarbiya madaniyatini boyitishi, hamda oila a’zolari uning maktabga bormaslikka urinishiga qarshi qat’iy va yagona munosabat bildirishlari zarur. Qolaversa, bu borada mutaxassislardan maslahat soʻrashlari va ta’lim olishga qiziqtiruvchi barcha vositalarni ishga solishlari kerak. Shunday qilib, tarbiyaviy qiyinchilik va muammolar bizlarni beparvo va loqayd yoki ojizlik va taslim boʻlish mavqeida turish oʻrniga, tarbiya madaniyatimizni boyitish va bolalarni tarbiyalash, ularga bu borada lozim boʻlgan yoʻl-yoʻriqlarni koʻrsatish sohasida ildam qadam tashlashga boʻlgan qat’iyatimizni yangilash manbaiga aylanadi.

6-    Tarbiya madaniyatini hosil qilish faqat ota-onaninggina vazifasi boʻlmay, balki bu butun oila a’zolarining vazifasidir. Yolgʻiz ota-onaning oʻzi aslo barcha tarbiya mashaqqatini koʻtara olmaydilar. Oilangizda yoshi uchinchi oʻn yillik (20-30), ikkinchi oʻn yillik (10-20) va birinchi oʻn yillik (1-10) da boʻlgan, shuningdek, maktab yoshiga yetmagan  farzandlaringiz boʻlsa, u holda oila a’zolari boʻlmish bu farzandlar oilada oʻzaro islomiy odob-axloqlarni oʻstirish va xato-kamchiliklarni bartaraf etishga hamkorlik qilmoqliklari kerak.

Biz farzandlardan sodir boʻladigan xato-kamchiliklar va muvaffaqiyatsizliklardan oilaning umumiy madaniyatini paydo qilish yoʻlida foydalanmogʻimiz lozim. Aytaylik, qizingiz oʻquv yili yakuniy imtihonidan oʻta olmadi va bundan tushkunlikka tushib yigʻlay boshladi. Bu siz oila a’zolari uchun qizingizga nisbatan hamdardlik, mehribonlik va yordam qoʻlini choʻzish uchun qulay fursat.

Farzandlaringizdan biri oʻz inisi bilan janjallashib qoldi, deylik. Bu janjal asnosida ular oʻrtasida oʻzaro tushunmovchilik va odob doirasidan chiqish yuz berdi. Bu holat ular ikkisidan xato sodir qilganining uzr soʻrashi, boshqa birining esa oʻz saxovati va kechirimliligini izhor qilishi uchun munosib fursatdir.

Shuningdek, farzandlardan biri qaysidir shaxsni gʻiybat qildi, deylik. Bu holat gʻiybat qilingan bu gʻoyib shaxs sha’nini himoya qilish va bolaning bu hatti-harakatining notoʻgʻri ekanini eslatish uchun munosib fursatdir…

Biz johil va tarqoq oilalar a’zolari oʻrtasiga rahna soladigan  ishlarni oʻzaro oilaviy rishtalarni kuchaytiruvchi, jamoaviy mehr-oqibat tuygʻularini oʻstiruvchi, hamda ularning bu boradagi ong darajasini oshirishga yordam beradigan omillarga aylanishini istaymiz. Albatta biz Allohning madadi va tavfiqi ila bu ishlarga qodirmiz.

7-    Biz ommaviy va oilaviy hayotimizda sodir etadigan eng katta xatolardan biri – “Boshqalar ham xuddi biz singari fikr yuritadi, ularning yon-atrofdagi narsalarga nisbatan munosabati ham aynan biznikiga oʻxshash boʻlishi kerak”, deb oʻylashimiz boʻlsa kerak.

Darhaqiqat, Alloh taolo bizning yuz-chehralarimizni biri-biridan farqli qilib yaratganidek, fe’l-atvorimiz va aqllarimizni ham tafovutli qilib yaratdi. Odamlar yuz tuzilishining oʻzaro farqli ekanida katta boylik va behisob foydalar boʻlganidek, ularning aql darajalari va xohish-istaklarining xilma-xilligida ham koʻplab manfaatlar bor. Farzandlardan biri bilan muomala qilishda yaragan bir uslub, ehtimol uning ukasi bilan muomala qilishda qoʻl kelmasligi, shuningdek, ulardan biri xohlagan narsani boshqa biri xush koʻrmasligi mumkin va hokazo… Maqsad, tarbiya madaniyatimizni muttasil ravishda boyitib borish va farzandlarimizga qoʻllamoqchi boʻlgan tarbiyaviy uslublarimizni xilma-xilligini ta’minlashdir. Men bilaman, bu ish nihoyatda ogʻir va mashaqqatli, biroq, buni qilmay ilojimiz yoʻq. Aks holda muvaffaqiyatsizlik bizga hamrohdir. Koʻp ota-onalarni koʻramizki, ular biron bir tarbiya uslubi qaysidir farzandiga qoʻl kelgani va ayni uslubning boshqa farzandiga kor qilmaganidan ajablanadilar. Aslida  birgina tarbiya uslubining bir necha farzandga mos kelishi ajablanishga haqliroqdir.

8-    Zamonaviy tarbiya talablari bilan tanishar ekanmiz, biz ota-onalar farzandlar tarbiyasi borasida juda koʻp ishlarni amalga oshirimiz kerakligini chuqur his qilamiz. Amalga oshirishimiz lozim boʻlgan bu ishlar balki bizning imkoniyat darajamizdan ortiq boʻlishi, zimmamizga ogʻir majburiyatlarni yuklashi mumkin. Men bu his-toʻygʻuning aniq va chinakam toʻygʻu ekaniga aminman. Zero, tarbiya ishi haftada yetti kun, bir kunda yigirma toʻrt soat toʻxtovsiz mehnat talab qiladi. Tarbiya ishi ba’zi holatlarda partizanlar urushi, yoxud toshloq yerda xandaq qazishga oʻxshab ketadi. Darhaqiqat, tarbiya jarayoni shunday, uning tabiati shundan iborat. Biroq bu oʻrinda biz ikkita narsani doimo yodda saqlamogʻimiz kerak:

Birinchisi: Farzandlarimizni toʻgʻri tarbiyalash borasida sarflagan barcha sa’y-harakatlarimiz inshaalloh ajr-savobga doxildir. Zero, ularni vujudga kelishlariga biz sababchi boʻldik,  ularni toʻgʻri yoʻlga boshlagan ham bizmiz. Ularning qalblariga Alloh va Rasulining muhabbatini solgan, fozil insonlar boʻlib yetishishlariga harakat qilgan va bu xususda koʻp narsalarni qurbon qilgan ham biz ota-onalarmiz.

Alloh taolodan umidimiz farzandlarimizning solih amallarini bizning nomai a’mollarimizga kiritsin, hayotdan koʻz yumgach farzandlarimizning duolari sabab darajalarimizni yuksaltirsin. Agar bu narsa roʻyobga chiqadigan boʻlsa, farzandlarimizning tarbiyasi borasida sarflagan sa’y-harakatlarimiz uchun bizga benihoyat katta mukofot berilgan boʻladi.

Ikkinchisi: Shuni esdan chiqarmasligimiz kerak-ki, bugun farzandlarimizga nisbatan bizdan talab qilinayotgan narsa, oʻtmishda ota-onalarimizdan bizlarga nisbatan talab qilingan narsa edi. Shuningdek, bu narsa kelajakda farzandlarimizdan ham ularning farzandlariga nisbatan talab qilinajakdir. Demak, masala qarz va majburiyat, oldi-berdi masalasi ekan.

Bilim va tajriba, kelajakka umid, sabr va matonat bilan koʻp narsalarga erishish mumkin. Allohning izni va madadi ila inshaalloh koʻp narsalarga erishamiz.

(Davomi bor)

Manba: IslamNuri.com

 

Devami

Qabriston manzaralari yoxud fuqarosiz qolgan vatan…(Kiril va Lotin harflarida)

ҚАБРИСТОН МАНЗАРАЛАРИ ЁХУД ФУҚАРОСИЗ ҚОЛГАН ВАТАН…

(Kiril va Lotin harflarida)

Бисмиллaҳир Роҳманир Роҳим

“Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун”

“Шубҳасиз, биз Аллоҳга оидмиз ва яна шубҳасиз Унинг ҳузурига қайтамиз” (Бақара сураси 156 оят)

Бундан икки ҳафта олдин, жамоатимиздаги дўстимиз доктор Олим Бейнинг муҳтарама оналари вафот этти. Жаноза намозига бордик биродарлар билан. 3 ҳафта олдин эса муҳтарама Ойдин Солиҳ хоним вафот этганда қабристонга боргандим. Ундан аввал эса тахминан уч ой олдин Истанбулдаги яқин суҳбатдошим, Қуръони Карим ҳофизи Ахмад Хўжа (ўзбекчаси домла) вафот этганида боргандим қабристонга..Ундан олдин эса..билмайман неча ой олдин…

Муҳожирликда қабр зиёрати ватандаги каби бўлмайди. Айниқса Оврупода, Америкада муҳожирликда юрганлар бундай зиёратдан деярли маҳрумлар. Ўзим Оврупода яшаган пайтимда бир икки мартагина жанозага қатнашганимни эслайман, холос..

Инсонлар Расулуллоҳ (сав)дан ақлли киши ким деб сўрашганида “Ўлимни унутмаган одам”, деб жавоб берганлар. Албатта, бир академик, профессор, машҳур ёзувчи ва ҳакоза кишилар ҳам ақлли кишилар ҳисобланади. Аммо ақллилар ичида энг ақллиси эса ҳеч шубҳасиз, ҳадиси шарифда айтилгани каби, ўлимнинг ҳақиқатини унутмаган ва ўлимдан кейин қиёмат куни қайта тирилиб Аллоҳ таолонинг ҳузурида ҳисоб беришни унутмаган мўминлардир…

Қабристон зиёратидан мақсад ҳам аввало маҳумлар ҳаққига дуо қилиш ва ўлим ҳақиқатини эсга олишдир. Унутиш инсонга хос сифатдир, аммо ақлли кишилар ўлимни унутмайдилар…

Ўлимнинг ҳақиқати оддийдир. Ўлим ҳаётнинг зидди, яъни бу дунё ҳаётидан охират ҳаётига кўчиш…руҳнинг вужуди тарк қилиши…Вафот этганларнинг бу дунё билан алоқалари қолмайди, улар охират ҳаётининг йўлчиларига айланадилар..Марҳумлар баъзилар иддио қиладигани каби тирикларга ҳеч бир масалада ёрдам бера олмайдилар, уларнинг оғирини енгил қила олмайдилар…Шунинг учун Ислом динида марҳум ким, улуғ олим ёки тақволи мўмин, бўлишидан қатъий назар ундан тирикларнинг ёрдам сўраши хато, яъни ширк амали ҳисобланади. Тирикларнинг эса мўмин ва мўмина бўлиб яшаган марҳумлар ҳаққига дуо қилиб, эй Парвардигаро, шу марҳум (а)нинг гуноҳларини кечиришингни сўрайман, деб дуо қилишлари яхши амаллардан ҳисобланади…

…Ўша куни уч масжидда уч аёлнинг жаноза намози ўқилди. Уларнинг ҳар бирига алоҳида жаноза намози ўқилди. Намоздан кейин ҳар марҳуманинг яқинлари тобутларни елкаларига олиб қабристон тарафга юра бошладилар. Марҳума Ойдин опанинг қабри қабристоннинг чеккароғида бўлгани учун жамоат тобутни бир неча юз метр елкасидан қўймай кўтариб борди..Масофанинг узоқлиги марҳумага нисбатан эъзознинг буюклиги эди гўё…

Эй инсон, бу дунё келганингда дунё сени бағрига босишга тайёр туради, вафот этгангида эса, истиснолар мустасно, қабринг ҳам сенга қучоқ очиб туради. Дунё ҳаётининг ҳақиқатларидан бири шу эканда..

Марҳума Ойдин опа тупроққа берилар экан, Қуръон ҳофизлари Мулк сурасини тиловат қилдилар. Ривоятда айтилганига кўра, бу сура вафот этган мўмин ва мўминаларни қабр азобидан қўрийди…

Бошқа манзара эса яқинларининг кўз ёшлари, жамоатнинг ҳузуни эди. Чунки ўлим бир тарафли эмас, кўп тарафли айрилиқдир. Тупроққа берилаётган марҳума аёл халқ табобатининг устозларидан эди. Ким билади ўзи ҳозир ўлимга таслим бўлган опамиз қанча кишининг хасталиклардан шифо топиб, уларнинг умрларининг узайишига сабаб бўлганди…Кўз ёши тўкаётганлар орасида табиба шифо топишига ёрдам берган жуда кўп киши борлиги шубҳасизди..

Дафн маросими битиб, қабристондан ташқарига чиқар эканмиз, Туркиялик ёзувчи дўстим Фаруқ Кўса “Муҳаммад Солиҳ” чўкиб қолибди, деди. Ҳа дедим, унга жавобан “у киши фуқаросиз қолган ватан каби қайғу ичида эди..”

Фаруқ сўзимни яхши тушунмади. Мен унга Муҳаммад Солиҳнинг “Аёлнинг ватани эридир”, деган машҳур жумласи борлигини айтдим. Балки у бугун бу жумланинг ҳақиқатини англаб тургандир, дедим…

Ва яна шундай дедим: Фаруқ биласанми, қабристонда бугун яна қандай дуо қилдим. Эй бор Павардигаро, агар қисматимда шу бор бўлса, аввал мени, сўнгра хотинимни вафот эттир..

Фаруқ билан қисқа аёлларимизнинг ҳаётимиздаги ўрни ҳақида суҳбатлашдик. Ҳақиқатан ҳам агар эркаклар шоирнинг таъбири билан ватан бўлсак, аёлларимиз ҳақиқий фуқаролардир…Эрни эр қиладиган ҳам, қора ер қиладиган ҳам хотиндир, деб бекорга айтмаган ўзбеклар ахир…Ҳозиргина қўйган нарсани топа олмайди “ватанг” агар фуқароси” ёнида бўлмаса…Қани дейди тобора кўзи ўтмаслашиб бораётган “ватан” қани кўз ойнагим, ҳозиргина шу ерга қўйгандим…”Фуқаро” эса кўз ойнак “ватанга” тегишли бўлишига қарамай, уни дарров топиб беради…Хуллас, бечора “ватан” ҳақиқатан ҳам ҳувиллаб қолади севгили “фуқаро”уни тарк этганида…

Аҳмад Хўжанинг ҳам аёли аввал вафот этганди. Раҳматли холамиз яхши мўмина аёл эдилар. Хўжа билан суҳбатларимизда бот бот холани эсга олардик.

“У менга шундай дер эди”, дерди Аҳмад Хўжа ҳар гал хотини эсига тушганда кўз ёшлари ичида: “Хўжам агар сиз олдин вафот этсангиз мен орқангиздан кўп қийналмасам керак. Чунки мен ҳамма жойга сиғаман, ўзимизнинг уйимизга ҳам, болаларнинг уйига ҳам…Аммо аввал мен вафот этсам, сизга жуда қийин бўлади..Сиз ҳеч жойга сиғмай қоласиз мен ўлгандан кейин… ”.

Аёли вафот этганда эркак киши ёлғиз, ҳувиллаган уйда..нима ҳам қила оларди. Айниқса ёши етмиш ёки саксонни қоралаб қолган бўлса..

Муҳожирликда бир биродаримизнинг онасининг вафот хабари келганди. Таъзияга бордик. “Онажоним вафот эттилар” дея қаршилади кўз ёшлари билан биродаримиз бизни. Суҳбат давомида ҳеч кўз ёшлари тинмади дўстимизнинг…”Дадам учун ҳам йиғлаяпман деди у. Акам билан биз бу ёқдамиз. У ёқда дадам ёлғиз қолдилар. Энди ҳоллари нима бўлади?”.

Бир йигит Расулуллоҳ (сав) дан сўради: Эй Аллоҳнинг Расули, аввал кимга салом берай, отамгами, онамгами? “Онангга” дедилар. Кейинчи: Яна “Онангга” дедилар. Кейинчи: Яна “Онангга” дедилар. Тўртинчи марта сўраганида: “Отангга” дедилар…

Бошқа ҳадиси шарифда эса “Жаннат мўмина оналарнинг оёқларининг остидадир”, дейилгандир…

Ҳаётда қолганларга Аллоҳ ёрдам берсин!
Марҳумларни Аллоҳ раҳмат қилган бўлсин! Омин!

Намоз НОРМЎМИН
29.11.2014

QABRISTON MANZARALARI YOXUD FUQAROSIZ QOLGAN VATAN…

Bismillahir Rohmanir Rohim

“Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”
“Shubhasiz, biz Allohga oidmiz va yana shubhasiz Uning huzuriga qaytamiz” (Baqara surasi 156 oyat)

Bundan ikki hafta oldin, jamoatimizdagi do‘stimiz doktor Olim Beyning muhtarama onalari vafot etti. Janoza namoziga bordik birodarlar bilan. 3 hafta oldin esa muhtarama Oydin Solih xonim vafot etganda qabristonga borgandim. Undan avval esa taxminan uch oy oldin Istanbuldagi yaqin suhbatdoshim, Qur’oni Karim hofizi Axmad Xo‘ja (o‘zbekchasi domla) vafot etganida borgandim qabristonga..Undan oldin esa..bilmayman necha oy oldin…
Muhojirlikda qabr ziyorati vatandagi kabi bo‘lmaydi. Ayniqsa Ovrupoda, Amerikada muhojirlikda yurganlar bunday ziyoratdan deyarli mahrumlar. O‘zim Ovrupoda yashagan paytimda bir ikki martagina janozaga qatnashganimni eslayman, xolos..

Insonlar Rasululloh (sav)dan aqlli kishi kim deb so‘rashganida “O‘limni unutmagan odam”, deb javob berganlar. Albatta, bir akademik, professor, mashhur yozuvchi va hakoza kishilar ham aqlli kishilar hisoblanadi. Ammo aqllilar ichida eng aqllisi esa hech shubhasiz, hadisi sharifda aytilgani kabi, o‘limning haqiqatini unutmagan va o‘limdan keyin qiyomat kuni qayta tirilib Alloh taoloning huzurida hisob berishni unutmagan mo‘minlardir…
Qabriston ziyoratidan maqsad ham avvalo mahumlar haqqiga duo qilish va o‘lim haqiqatini esga olishdir. Unutish insonga xos sifatdir, ammo aqlli kishilar o‘limni unutmaydilar…
O‘limning haqiqati oddiydir. O‘lim hayotning ziddi, ya’ni bu dunyo hayotidan oxirat hayotiga ko‘chish…ruhning vujudi tark qilishi…Vafot etganlarning bu dunyo bilan aloqalari qolmaydi, ular oxirat hayotining yo‘lchilariga aylanadilar..Marhumlar ba’zilar iddio qiladigani kabi tiriklarga hech bir masalada yordam bera olmaydilar, ularning og‘irini yengil qila olmaydilar…Shuning uchun Islom dinida marhum kim, ulug‘ olim yoki taqvoli mo‘min, bo‘lishidan qat’iy nazar undan tiriklarning yordam so‘rashi xato, ya’ni shirk amali hisoblanadi. Tiriklarning esa mo‘min va mo‘mina bo‘lib yashagan marhumlar haqqiga duo qilib, ey Parvardigaro, shu marhum (a)ning gunohlarini kechirishingni so‘rayman, deb duo qilishlari yaxshi amallardan hisoblanadi…

…O‘sha kuni uch masjidda uch ayolning janoza namozi o‘qildi. Ularning har biriga alohida janoza namozi o‘qildi. Namozdan keyin har marhumaning yaqinlari tobutlarni yelkalariga olib qabriston tarafga yura boshladilar. Marhuma Oydin opaning qabri qabristonning chekkarog‘ida bo‘lgani uchun jamoat tobutni bir necha yuz metr yelkasidan qo‘ymay ko‘tarib bordi..Masofaning uzoqligi marhumaga nisbatan e’zozning buyukligi edi go‘yo…
Ey inson, bu dunyo kelganingda dunyo seni bag‘riga bosishga tayyor turadi, vafot etgangida esa, istisnolar mustasno, qabring ham senga quchoq ochib turadi. Dunyo hayotining haqiqatlaridan biri shu ekanda..

Marhuma Oydin opa tuproqqa berilar ekan, Qur’on hofizlari Mulk surasini tilovat qildilar. Rivoyatda aytilganiga ko‘ra, bu sura vafot etgan mo‘min va mo‘minalarni qabr azobidan qo‘riydi…

Boshqa manzara esa yaqinlarining ko‘z yoshlari, jamoatning huzuni edi. Chunki o‘lim bir tarafli emas, ko‘p tarafli ayriliqdir. Tuproqqa berilayotgan marhuma ayol xalq tabobatining ustozlaridan edi. Kim biladi o‘zi hozir o‘limga taslim bo‘lgan opamiz qancha kishining xastaliklardan shifo topib, ularning umrlarining uzayishiga sabab bo‘lgandi…Ko‘z yoshi to‘kayotganlar orasida tabiba shifo topishiga yordam bergan juda ko‘p kishi borligi shubhasizdi..

Dafn marosimi bitib, qabristondan tashqariga chiqar ekanmiz, Turkiyalik yozuvchi do‘stim Faruq Ko‘sa “Muhammad Solih” cho‘kib qolibdi, dedi. Ha dedim, unga javoban “u kishi fuqarosiz qolgan vatan kabi qayg‘u ichida edi..”
Faruq so‘zimni yaxshi tushunmadi. Men unga Muhammad Solihning “Ayolning vatani eridir”, degan mashhur jumlasi borligini aytdim. Balki u bugun bu jumlaning haqiqatini anglab turgandir, dedim…

Va yana shunday dedim: Faruq bilasanmi, qabristonda bugun yana qanday duo qildim. Ey bor Pavardigaro, agar qismatimda shu bor bo‘lsa, avval meni, so‘ngra xotinimni vafot ettir..
Faruq bilan qisqa ayollarimizning hayotimizdagi o‘rni haqida suhbatlashdik. Haqiqatan ham agar erkaklar shoirning ta’biri bilan vatan bo‘lsak, ayollarimiz haqiqiy fuqarolardir…Erni er qiladigan ham, qora yer qiladigan ham xotindir, deb bekorga aytmagan o‘zbeklar axir…Hozirgina qo‘ygan narsani topa olmaydi “vatang” agar fuqarosi” yonida bo‘lmasa…Qani deydi tobora ko‘zi o‘tmaslashib borayotgan “vatan” qani ko‘z oynagim, hozirgina shu yerga qo‘ygandim…”Fuqaro” esa ko‘z oynak “vatanga” tegishli bo‘lishiga qaramay, uni darrov topib beradi…Xullas, bechora “vatan” haqiqatan ham huvillab qoladi sevgili “fuqaro”uni tark etganida…

Ahmad Xo‘janing ham ayoli avval vafot etgandi. Rahmatli xolamiz yaxshi mo‘mina ayol edilar. Xo‘ja bilan suhbatlarimizda bot bot xolani esga olardik.
“U menga shunday der edi”, derdi Ahmad Xo‘ja har gal xotini esiga tushganda ko‘z yoshlari ichida: “Xo‘jam agar siz oldin vafot etsangiz men orqangizdan ko‘p qiynalmasam kerak. Chunki men hamma joyga sig‘aman, o‘zimizning uyimizga ham, bolalarning uyiga ham…Ammo avval men vafot etsam, sizga juda qiyin bo‘ladi..Siz hech joyga sig‘may qolasiz men o‘lgandan keyin… ”.

Ayoli vafot etganda erkak kishi yolg‘iz, huvillagan uyda..nima ham qila olardi. Ayniqsa yoshi yetmish yoki saksonni qoralab qolgan bo‘lsa..

Muhojirlikda bir birodarimizning onasining vafot xabari kelgandi. Ta’ziyaga bordik. “Onajonim vafot ettilar” deya qarshiladi ko‘z yoshlari bilan birodarimiz bizni. Suhbat davomida hech ko‘z yoshlari tinmadi do‘stimizning…”Dadam uchun ham yig‘layapman dedi u. Akam bilan biz bu yoqdamiz. U yoqda dadam yolg‘iz qoldilar. Endi hollari nima bo‘ladi?”.

Bir yigit Rasululloh (sav) dan so‘radi: Ey Allohning Rasuli, avval kimga salom beray, otamgami, onamgami? “Onangga” dedilar. Keyinchi: Yana “Onangga” dedilar. Keyinchi: Yana “Onangga” dedilar. To‘rtinchi marta so‘raganida: “Otangga” dedilar…
Boshqa hadisi sharifda esa “Jannat mo‘mina onalarning oyoqlarining ostidadir”, deyilgandir…

Hayotda qolganlarga Alloh yordam bersin!

Marhumlarni Alloh rahmat qilgan bo‘lsin! Omin!

Namoz NORMO‘MIN
29.11.2014

Devami

” Önce Mültecilerin Yaşama Hakkı “

 

 

stk-lar-multeci-sorunu-na-dikkat-cekti_m

 

Uluslararası Mülteci Hakları Derneği, İHH İnsani Yardım Vakfı, Mazlum-Der Mülteci Hakları Merkezi, Mülteci-Der, Türkistan – Der, Doğu Türkistan Maarif ve Dayanışma Derneği, Uluslararası Af Örgütü son dönemlerde artan ve mültecileri konu alan problemlere ilişkin basın toplantısı düzenleyerek ortak bir bildiri yayınladılar.

Uluslararası Mülteci Hakları Derneği Başkanı Uğur Yıldırım: “Türkiye, 2 milyonu aşkın mülteciye ev sahipliği yapıyor. Sadece ekmeğimizi paylaşarak çözüm bulamayız. Halep koridorunun kapanma ihtimali mülteci sayısını arttırabilir. Mülteci sorunlarıyla ilgili acil çözüm gerektiren konular var”dedi.

Dünya genelinde mülteci hakları konusunda büyük sıkıntıların yaşandığını ifade eden Yıldırım, Türkiye ve dünyada bu alanda acil olarak çeşitli çalışmaların yapılması gerektiğinin altını çizdi. Mültecilerin dünya üzerinde insan kaçakçılığı ve insan ticareti yapan şebekelerin tuzağına düştüklerini, taciz edildiklerini, organ ticareti yapanların ellerine düştüklerini, sömürüldüklerini ve istismara uğradıklarını belirten Yıldırım, mültecilerin her geçen gün hayatlarını kaybettiklerine de vurgu yaptı.

İHH İnsani Yardım Vakfı Genel Sekreteri Yavuz Dede ise, mültecilik artık yalnızca Türkiye’nin değil dünyanın bir sorunu olduğuna dikkat çekti.

Doğu Türkistan Maarif Derneği Başkanı Hidayet Oğuzhan: “Tayland’a sığınan 300 Doğu Türkistanlı’nın Çin’e iadeleri ve kurşuna dizilme tehlikeleri mültecilerin durumunu özetliyor.” dedi. Oğuzhan, mülteciler için acil olarak yasal düzenlemelerin yapılması gerektiğini söyledi.

Uluslararası Af Örgütü Türkiye Direktörü Murat Çekiç ise yaptığı açıklamada, Türkiye gibi Ürdün ve Lübnan’ın da Suriyeli mülteciler konusunda uluslararası camia tarafından yalnız bırakıldığını ve uluslararası camianın mülteciler konusunda üzerine düşen görevleri yerine getirmediğini açıkladı.

Mülteci konusuna dikkat çekmek için bir araya gelen sivil toplum örgütleri aşağıdaki ortak bildiriye imza attılar.
Mültecilerin yaşam hakkı en önemli öncelik olmalıdır!

Son dönemde artan ve mültecileri konu alan olay/problemlere ilişkin bu basın açıklamasını yapma zarureti hâsıl olmuştur.

Türkiye, sayıları 2 milyonu aşkın olduğu tahmin edilen mülteciye ev sahipliği yapıyor. Bu ülkemizin misafirperverliğini göstermekle birlikte tüm kamuoyuna vahim bir tabloyu da açıkça göstermek zorundadır; artık sadece evlerimizin kapılarını açarak, ekmeğimizi bölerek çözüm bulamayacağımız bir sorunla karşı karşıyayız.

Her gün yeni bir vakıa duyuyoruz; Edirne’de 3’ü çocuk 9 Afganlı mültecinin öldürülmesi, mültecilerin Romanya-Bulgaristan hattına geçmeye çalışırken meydana gelen tekne faciası, Türkiye’ye geçmek üzere Tayland’a sığınan 300 Doğu Türkistan uyruklu mültecinin Çin’e iade edilmek istenmeleriyle yüz yüze kaldıkları “kurşuna dizilme” tehlikesi gibi sıcak krizler yüzleşmek zorunda olduğumuz tablonun yalnızca bir yüzü.

Öte yandan soğukların başlamasıyla yersiz-yurtsuz insanların sığınacak bir damlarının olmayışı, soğuk zehirlenmesi vakıalarının mülteciler arasında artış göstermesi, mültecilerin yoğun olduğu bölgelerde sürekli tekrarlanan adli vakıalar, salt kılık-kıyafetine bakılarak ölüm tehlikesinin olduğu yerlere geri gönderilmek istenenler, geri gönderme merkezlerinin sağlıksız-güvenliksiz ortamları bizleri düşündürmektedir. Güncel bir başka sorun olarak Halep koridorunun kapanma ihtimaline karşılık başlayacak sayıları 2 milyona kadar varacağı tahmin edilen yeni bir mülteci akını haberleri de kaygılarımızı tetiklemekte.

Bu yoğun ve çaresiz nüfusun giderek artması insan ticaretini organize bir tehlikeye dönüştüren örgütlerin ekmeğine yağ sürmekte ve etkin bir denetimin olmayışı sebebiyle başta cinsel istismara dayalı kadın ticareti, zorla evlendirmeler, organ ticareti, iş gücü sömürüsü gibi mültecilere yönelik yaygınlaşan vakıalar tedirginliğimizi arttırmaktadır.

Tedirginiz, çünkü; bu denli kapsamlı bir problemle karşı karşıya olduğumuz halde gerek yetkililerde gerekse kamuoyunda lokal iyileştirmelerle, etkin olmayan çözümlerle mesele halledilmiş gibi bir algı var.

Tedirginiz, çünkü; sürekli artan mülteci sayısıyla orantılı olarak, kamuoyunda ve basın dilinde aynı oranda artan ve kendini “kaçak”, “yasadışı giriş yapan”, “kimliksiz” gibi tanımlamalarda gösteren mültecilere dönük ayrımcı/ötekileştirici/suçlayıcı bir dil var.

Tedirginiz, çünkü; mevzuat gelişmeleri tamamlanmaya çalışıldığı halde, bir türlü etkinleştirilemeyen kontrol mekanizmaları var. Savaşlardan kaçarak, canını zor kurtaran mülteciler sırf yanlarına pasaport/kimliklerini alamadıkları için “kaçak” damgası yiyebilmekte, her türlü haklarından onlara ilk rastlayan memurun iki dudağından çıkan bir sözle mahrum edilebilmekteler.

 

Bu bildiriye imza atan sivil toplum örgütleri olarak;

1. Yalnızca ve tek boyutlu bir mülteci problemi ile karşı karşıya olmadığımızı; buna bağlı olarak insan ticareti, fuhuş ticareti, göçmen kaçakçılığı gibi başka sorunların da giderek arttığını,

2. Öncelikli olarak Göç İdaresi Müdürlüğünün tüm organları ile birlikte derhal etkin bir şekilde kuruluşunun tamamlanması gerektiğini,

3. Etkin kontrol mekanizmalarının devreye sokularak mültecilerin etkin başvuru yollarının açılması gerektiğini,

4. Giderek artış gösteren gerek mültecilere yönelik gerekse mültecilerin sebep olduğu adli vakıalara ilişkin etkili kurumların devreye sokulması, gerekirse bu meseleye özgü kurumların kurulması gerektiğini,

5. Göçmen kaçakçılığı, fuhuş ve insan ticareti yapan çete/örgütlerinin mültecilerin zor şartlarından yararlanarak palazlanıp alan genişletmelerinin önüne geçilmesi ve bu suçlara özgü etkin-ağır-caydırıcı çözümler bulunması gerektiğini,

6. Soğukların başlamasıyla birlikte kışın zor şartlarında içerisinde bulundukları kötü koşulların katlanarak büyüdüğü mültecilerin barınak-sıcak yer ihtiyaçlarının acilen karşılanması gerektiğini,

7. Karşı karşıya kaldığımız yeni mülteci akınlarına hazırlıklı olabilmek adına, etkin-etkili-mükellef çözümler üretilmesi, bunun için başta mültecilerin ihtiyaçlarını gözeterek alanda çalışan sivil toplum örgütleri ile dirsek temasına geçilip ihtiyaç-beklenti-risk-çözüm analizlerinin yapılması gerektiğini,

8. Mülteci algısına yönelik ayrımcı/ötekileştirici/suçlayıcı dilin terk edilerek, “yeryüzü hepimizindir” düsturuyla kucaklayıcı/yaşam hakkını önceleyen/merhametli bir dilin kullanılması gerektiğini,

Gerek ilgili yetkililere gerekse kamuoyuna saygıyla bildiririz.

 

BİLDİRİYE İMZA ATAN SİVİL TOPLUM ÖRGÜTLERİ

ULUSLARARASI MÜLTECİ HAKLARI DERNEĞİ
İHH İNSAN HAK VE HÜRRİYETLERİ İNSANİ YARDIM VARKFI

MAZLUM-DER
SGDD (Sığınmacılar ve Göçmenlerle Dayanışma Derneği)
MÜLTECİ-DER

ULUSLARARASI TÜRKİSTANLILAR DAYANIŞMA DERNEĞİ (Türkistan-Der)
DOĞU TÜRKİSTAN MAARİF VE DAYANIŞMA DERNEĞİ
ULUSLARARASI AF ÖRGÜTÜ

Devami

Kazakistan, Rusya’ya elektrik vermeyi kesti

Kazakistan, rublenin değer kaybetmesi üzerine Rusya’ya elektrik vermeyi durdurdu

Kazakistan, Rus para birimi Rublenin çöküşü nedeniyle 24 Kasımdan itibaren Rusya’ya elektrik tedarikini durdurdu.

CA-News haber ajansı Kazakistan devlet şirketi “Samruk-Energo” şirketinin yöneticisi Almasadam Satkaliev’in konu ile ilgili açıklamasına yer verdi.

Satkaliyev, “Rusya’ya elektrik teminatı Rublenin aşırı değer kaybetmesi nedeni ile 24 Kasım’dan itibaren durduruldu. Çünkü bu durum bizim için zarara dönüştü. Tabii Rus pazarını kaybetmekte bizim için istenmeyen bir durumdur” dedi.

Şirket yöneticisine göre Kazakistan Rusya’ya elektriği Ruble üzerinden satıyordu. Ruble krizi ise bu satışın durdurulmasının ana nedeni.

“Interfax” ajansına göre, Kasım ayında dolar Moskova borsasında 1 ruble 12 kopek değer kazandı.

“Kommersant” gazetesine göre Rusya 2013 yılında Kazakistan’dan 3,9 milyar kilovat-saat elektrik ithal etmişti.

Dünya Bülteni

Devami

Rusya ve Özbekistan arasında göçmen işçi anlaşması

Özbekistan ve Rusya, göçmen işçilerin istihdamı ile ilgili ortak anlaşma imzalayacak…

Özbekistan ve Rusya hükümetleri göçmen işçilerin istihdamı konusunda bir anlaşma imzalayacak. Anlaşma öncesinde Rusya Başbakan Yardımcısı Dimitri Kozak, Özbekistan’ın başkenti Taşkent’te 26 Kasımda düzenlenen Özbek-Rus Hükümetler arası komisyon toplantısında konu ile ilgili açıklamalarda bulundu.

Anlaşma taslağı ve iki ülke arasındaki ekonomik işbirliği hükümetler arası komisyon toplantısında ele alındı.

Kozak, anlaşmanın Rusya ve Özbekistan arasında göçmen işçiler konusunda mevcut gerginlikleri ortadan kaldıracağını söyledi.

Resmi bilgilere göre Rusya’da 3,5 Milyon göçmen işçi bulunuyor. Bunların ülkelerine gönderdiği para Özbekistan bütçesinin yüzde 25’i değerinde, yani yaklaşık 6 Milyar dolardır.

Aralık ayında da Rusya Devlet Başkanı Vladimir Putin, Özbekistan’a bir resmi ziyaret gerçekleştirecek.

Dünya Bülteni

Devami

Çin Uygur yazar Tohti’nin yedi talebesini mahkemeye çıkarıyor (Türkçe ve O’zbekcha habar)

Doğu Türkistan’ın tanınmış aydını İlham Tohti bölücülük suçlamasıyla Çin mahkemesince Eylül ayında müebbet hapis cezasına çarptırılmıştı.

Tohti’ye verilen hapis cezası uluslararası insan haklarını koruma kuruluşları tarafından kınanmıştı.

Şimdi ünlü Uygur hocanın yedi talebesi ona Uygurlar hakkında bilgi veren internet sayfasını oluşturmada yardım etmekle suçlanarak mahkemeye çıkarılıyor.

BBC Pekin muhabiri Seliye Hatta’nın bildirdiğine göre bu mahkeme işi o kadar gizli yürütülmektedir ki, Çin’in Sincan ismini verdiği il yetkilileri bu mahkeme sürecini reddettiler.

İlham Tohti’nin avukatı Li Fangping’in BBC dediğine göre, onun talebeleri Uighur Online sayfasına makaleler yazmışlardı. Bu sayfada Çin’deki çeşitli milli azınlıkların sorunları tartışılıyordu.

Ancak resmi Pekin bu yazıları Doğu Türkistan bağımsızlığının propaganda olarak değerlendiriyor.

Tohti’nin talebeleri 5 ve 15 yıl arasında hapis cezası verilmesi bekleniyor. Bu 7 talebe Ocak ayında tutuklandıktan sonra kayıp olmuşlar, sonra ise Çin TV onların hocalarına karşı konuşmalarını yayınlamıştı.

İlham Tohti Çin hükümetinin bu memleketteki etnik azınlıklara karşı baskı siyasetini keskin bir dille eleştirmekle ünlü olmuştu.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2014/11/141126_uyghur_tohti_students

O’ZBEKCHA

Uyg‘ur domlaning yetti talabasi ham mahkamaga tortildi

Uyg‘ur olimi Ilhom To‘xtiga aloqador deb ko‘rilgan yetti talaba Xitoyning Shinjon hududida mahkamaga tortilganlari aytiladi.
Janob To‘xti sentyabrda bo‘lginchilik va etnik tanglikni keltirib chiqarishda ayblanib bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgandi.
Universitetning yetti talabasi janob To‘xtiga uyg‘urlar haqidagi vebsaytni yuritishga yordam berganlikda ayblanadilar.
To‘xtining qamalishini xalqaro inson haqlari tashkilotlari qoralaganlar.
Bi-bi-sining Pekindagi muxbiri Siliya Hattonning aytishicha, mahkama shunchalar xufyona tarzda o‘tayaptiki, Shinjon mahkamasi jarayon o‘tayotganini tasdiqlashdan bosh tortgan.

Faollar Xitoy hukumati uyg‘urlar dini va madaniyatini yo‘q qilayotganini aytishadi
To‘xtining advokati Li Fangpingning Bi-bi-siga bildirishicha, talabalar Janob To‘xtining hozirda yopib qo‘yilgan Uighur Online vebsaytiga maqolalar yozganlar. Bu vebsayt Xitoydagi uyg‘urlar va boshqa etnik guruhlar orasidagi bahsu-munozaralarni rag‘batlantirgan.
Biroq, rasmiy Pekinga ko‘ra, bu vebsayt Shinjon mustaqilligini targ‘ib qilgan.
Talabalar 5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolariga yuz tutishmoqda.
Yetti talaba o‘tgan yanvarda hibsga olinishlari ortidan g‘oyib bo‘lganlar, biroq keyinroq televideniye orqali paydo bo‘lib o‘z domlalari To‘xtiga qarshi ko‘rsatma berganlar.
Ilhom To‘xti Xitoy hukumatining uyg‘ur ozchiligiga bo‘lgan munosabatini qattiq qoralab kelgan.
Xitoyda bu yil uyg‘urlarning ommaviy hujumlari soni oshgan. Xitoy hukumati bunda, o‘z ta’birida, xorijdan moliyalangan uyg‘ur ekstremistlarini ayblaydi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2014/11/141126_uyghur_tohti_students

Devami

Afganistan’da İngiltere Büyükelçiliği’ne intihar saldırısı

Afganistan’daki İngiliz Büyükelçiliği’ne ait bir araca intihar saldırısı düzenlendi. Çok sayıda yaralı var

Afganistan’ın başkenti Kabil’deki İngiliz Büyükelçiliği’ne ait bir araca intihar saldırısı düzenlendi. Çok sayıda yaralının olduğu ve iki Afgan sivilin öldüğü ilk gelen bilgiler arasında.

Motosikletli bir intihar komandosunun İngiliz Büyükelçiliği’ne ait bir araca çarparak kendini havaya uçurduğu ve yaralıların olduğu belirtiliyor.

İngiliz Büyükelçiliği’nden bir sözcü “Büyükelçilik aracına saldırı düzenlendi. Yaralılar var. Afgan makamlarıyla birlikte çalışıyoruz” dedi.

Afganistan İçişleri Bakan Yardımcısı Eyüp Salangi de Twitter’dan yaptığı açıklamasında bunun motosikletle düzenlenmiş bir intihar saldırısı olduğunu duyurdu.

http://www.dunyabulteni.net/

Devami