Turkistonliklar qurultoyi Markaziy Osiyo davlatlarini birlashishga chaqirdi

Istanbulda qurultoyini o`tkazgan “Xalqaro turkistonliklar” hamkorlik jamiyati tarqatgan bayonotga ko`ra, Ukraina voqealarining Markaziy Osiyo mintaqasiga yetib kelishi xavfi mavjud. Shu bois zudlik bilan O`rta Osiyo davlatlari hamkorligi tashkilotini tuzish kerak, deyiladi qurultoy bayonotida.

Jamiyat raisi o`rinbosari Namoz Normo`min Qrimning ishg`ol qilinishi mintaqa uchun xavfli ishorat ekanini aytib, bunga qarshi mintaqada shoshilinch choralar ko’rilishi lozimligini ta’kidlaydi.

“Qurultoy bir bayonot qabul qildi, ya’ni O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlari rahbarlariga murojaat. Biz buni juda muhim va shoshilinch bayonot deb atadik. Hozir bu davlatlar turli MDH, ShXT va boshqa turli geosiyosiy tashkilotlarda  ham mavjud. Biz buning o`rniga  O`rta Osiyo davlatlari hamkorligi tashkilotini zudlik bilan tuzishga kirishish lozimligi haqidagi murojaat bilan chiqdik”, – deydi Namoz Normo`min.

Ukraina hududi bo`lgan Qrimning rus millati manfaatlarini himoyalash shiori ostida Rossiya tomonidan tortib olinishi ruslar ko`p yashovchi Markaziiy Osiyoda ham jiddiy xavotir uyg`otadi.

Shu bois so’nggi paytlarda ko`plab ekspertlar Rossiya tahdidi qarshisida mintaqa davlatlari birlashishi lozimligini,  bir necha yillar avval faoliyatdan to`xtagan Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi tashkilotini tiklash zaruriyatini ta`kidlay boshladi.

Namoz Normo`minga ko`ra, Tukiston davlatlari o`rtasida hozirgacha o`zaro ishonchga asoslangan hamkorlik muhiti yaratilmagan, lekin shunga qaramay,  geosiyosiy vaziyat mintaqa davlatlarini  birlashishga majbur etmoqda.

“O`rta Osiyo davlatlari istalgan darajadagi yaxshi hamkorlikni yo`lga qo`ya olmadilar. Aksincha, o`zaro ziddiyat, bir-birlariga qarshi siyosat olib borish, hatto janjalga tayyor turish kuzatildi. Mana, Qirg`izistonda o`zbeklar va qir`gizlar o`rtasida qonli voqealar bo`lib o`tdi, bular bizni qattiq ranjitadi”, – deydi tahlilchi.

“Xalqaro turkistonliklar” hamkorlik jamiyati qurultoyida mintaqadagi vaziyat,  Turkiston birligi va o`zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

“Avvalo, Turkiston atamasining o`zi, uning tarixiy kelib chiqishi va buguni muhokama qilindi. Turkiston jumhuriyatlaridagi hozirgi vaziyat, ulardagi siyosiy ahvol, madaniyat, ma`rifat masalalari, ularning bugungi dunyo siyosatida tutayotgan o`rni haqida muhokamalar bordi”, – deydi Jamiyat raisi muovini Namoz Normo’min.

“Turkistonliklar” jamiyati Turkiyadagi turkistonlik muhojirlarga ijtimoiy ko`mak ko`rsatish maqsadida tuzilgan. Hozir bu yerda o’rta osiyolik muhojirlar soni 100 mingga yaqinlashgani aytiladi.

“So`nggi o`n yilda O`rta Osiyodan kelgan muhojirlar soni ham ortdi. Jamiyat ularga ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa yordamlarni ko`rsatish uchun tuzilgan. Safimizda o`zbeklar, qozoqlar, tojik, turkman va qir`gizlar ham bor, a`zolarimizning rasmiy soni mingdan oshib ketdi”, – deydi Namoz Normo`min.

Uning fikrlashicha, ayni paytda ichki ziddiyatlarga  tortilgan Turkiya mintaqada faol siyosat yuritish qudratida emas. Markaziy Osiyo esa keskin geosiyosiy kurashlarga yuz tutishi ehtimoli mavjud. Agar mintaqa davlatlari bugungidek tarqoq qoladigan bo’lsa, buning regiondagi har bir davlat uchun xavfli oqibatlari juda chuqur bo’ladi, deya ogohlantiradi kuzatuvchilar.

http://www.amerikaovozi.com/content/turkistanian-summit/1903275.html

 

Devami

‘O‘rta Osiyo davlatlari hamkorlik tashkiloti tuzilishi shart’

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Turkiston qurultoyi mintaqa davlatlari rahbarlariga ana shunday murojaat bilan chiqdi.
“Sovet Ittifoqi tarqalib ketgandan keyin, afsuski, davlatlarimiz orasida hamkorlik va xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlash istalgan darajada amalga oshmadi. Xalqaro siyosat maydonidagi keyingi voqealar, xususan Qrimning Rusiya tarafidan qayta ishg‘ol qilinishi, Ukrainadagi voqelarning fuqaroviy urush tomon ketayotgani, bu fojeaviy voqealarning tarixiy ismi Turkiston bo‘lgan O‘rta Osiyo hududlariga ham yetib kelishi mumkinligiga ishorat qilmoqda. Bu esa xalqlarimizning asrlar davomida kutgan haqiqiy mustaqilligini va tarixiy haqiqatlarga asoslangan hamkorliklarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham Xalqaro Turkistonliklar qurultoyi sizlarni tarixiy bir vazifani ado etishga da’vat qiladi. Bu zudlik bilan O‘rta Osiyo Davlatlari Hamkorlik Tashkilotining tuzilishi va e’lon qilinishidir”, deyiladi Istanbuldagi anjuman yakunida qabul qilingan bayonotda.


Istanbul shahriga Markaziy Osiyo respublikalari vakillari, bu o‘lkalarning yurt tashqarisidagi vatandoshlari, mintaqa siyosatiga ixtisoslashgan ekspertlar to‘planganlar.
Bu Xalqaro Turkistonliklar Hamkorlik Jamiyatining birinchi qurultoyi deb e’lon qilingan.
Tashkilotchilarga ko‘ra, jamiyatdan ko‘zlangan maqsad, turkistonliklarni birlashtirish, mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda mavjud muammolarni hal etishda ishtirok etish, qadimdagi “Turkiston hamkorligini qayta tiklash”ga hissa qo‘shish.
Ushbu maqsad yo‘lidagi bir qadam sifatida O‘zbek va Qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash “marosimi” uyushtirildi: O‘zbek va Qirg‘iz bir-biri bilan quchoqlashib ko‘rishdi, ikkovi 2010 yil iyunidagi hodisalar takrorlanmasligiga so‘z berdilar, milliy bosh kiyimlari – do‘ppi va qalpoqlarini almashdilar.
Mintaqa mamlakatlari mustaqillikka erishganlaridan keyin Turkiston g‘oyasini tiklashga urinish bo‘ldi.

Bundan 20 yil oldin “Turkiston – umumiy uyimiz” shiori ostida Toshkentda buyuk yozuvchilar Chingiz Aytmatov, Odil Yoqubov rahbarligida yirik anjuman tashkil qilindi.
Toshkent markazidagi konsert saroyiga “Turkiston” nomi berildi va bu sayroga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan yig‘ilgan mehmonlar xalqlar do‘stligini mustahkamlash zarurligi haqida so‘zladilar.
Bu g‘oya asosida tashkiliy tuzilma, uning o‘z banki va ro‘znomasi ta’sis etildi.
Biroq oradan ko‘p o‘tmay mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi chegaralarga sim to‘rlar tortildi, minalar o‘rnatildi, viza tartiblari joriy qilindi va nihoyat mintaqada suv ustida hatto urush kelib chiqishi mumkinligi haqidagi bayonotlar ham yangradi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/

Devami

“ORTA ASYA DEVLETLERİ İŞBİRLİĞİ TEŞKİLATI” KURULMASI ŞARTTIR

ORTA ASYA DEVLETLERİ İŞBİRLİĞİ TEŞKİLATI KURULMASI ŞARTTIR

ULUSLAR ARASI TÜRKİSTANLILAR KURULTAYI’NIN ORTA ASYA HALKLARI VE DEVLET BAŞKANLARINA MÜRACAATI

Uluslararası Türkistanlılar Yardımlaşma Derneği tarafından 2014 yılının 27 Nisan’da  gerçekleştirdiği KURULTAYIMIZ sizlere acil bir çağrıda bulunmaktadır. Bu çağrının Türkistan halklarının tarihi gerçeklerine,  bugünkü jeopolitik şartlara ve devletlerimizin mevcut durumuna da uygun olduğu kanaatindeyiz.

Sovyetler Birliği dağıldıktan sonra maalesef devletlerimiz kendi aralarında istenen işbirliği ve uluslararası meydanda dayanışmayı orta koyamamıştır. Ancak son gelişmeler, özellikle Kırımın Rusya tarafından yeniden işgal edilmesi, Ukrayna’da olayların hızlıca iç çatışmaya sürüklenmesi bu olayların o ya da bu şekilde tarihi ismi Türkistan olan Orta Asya hudutlarına da taşınabileceğine de işaret etmektedir. Bu da halklarımızın yüz yıllar devamında beklediği gerçek bağımsızlıkları ve kendi aralarında tarihi iplere dayalı işbirliğini yoka çıkarabilir.

Bundan dolayı Uluslararası Türkistanlılar KURULTAYI sizleri tarihi bir göreve davet etmektedir. Bu da hiç vakit kayıp etmeden Orta Asya Devletleri İşbirliği Teşkilatının kurulması ve ilan edilmesidir.

ULUSLARARASI TÜRKİSTANLİLAR KURULTAYI

27 Nisan, 2014 yıl

İstanbul, Türkiye

 

ЎРТА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ ҲАМКОРЛИК ТАШКИЛОТИ ТУЗИЛИШИ ШАРТ

ХАЛҚАРО ТУРКИСТОН ҚУРУЛТОЙИНИНГ ЎРТА ОСИЁ ХАЛҚЛАРИ ВА ДАВЛАТ РАҲБАРЛАРИГИ МУРОЖААТИ

Халқаро Туркистонликлар Ҳамкорлик Жамияти тарафидан ташкил қилинган ҚУРУЛТОЙИМИЗ сизларга шоошилинч бир мурожаат билан чиқмоқда. Бу мурожаатимиз Туркистон халқларининг тарихий ҳақиқатларига, бугунги геополитик шартларга ва давлатларимизнинг мавжуд аҳволига мос эканлигидан шубҳа қилмаймиз.

Совет Иттифоқи тарқалиб кетгандан кейин афсуски давлатларимиз орасида ҳамкорлик ва халқаро майдонда бир бирини қўллаб қувватлашлари исталган даражада амалга ошмади. Халқаро сиёсат майдонидаги кейинги воқеалар, хусусан Қримнинг Русия тарафидан қайта ишғол қилиниши, Украинадаги воқеларининг фуқаровий уруш томон кетаётгани, бу фожеавий воқеаларнинг тарихий исми Туркистон бўлган Ўрта Осиё ҳудудларига ҳам етиб келиши мумкинлигига ишорат қилмоқда. Бу эса халқларимизнинг асрлар давомида кутган ҳақиқий мустақиллигини ва тарихий ҳақиқатларга асосланган ҳамкорликларини йўққа чиқариши мумкин.

Шунинг учун ҳам Халқаро Туркистонликлар ҚУРУЛТОЙИ сизларни тарихий бир вазифани адо этишга даъват қилади. Бу даъват зудлик билан Ўрта Осиё Давлатлари Ҳамкорлик Ташкилотининг тузилиш ва эълон қилинишидир.

ХАЛҚАРО ТУРКИСТОН ҚУРУЛТОЙИ

Стамбул, Туркия

27 апрель 2014 йил

Devami

Çin Vietnam sınırında 5 Doğu Türkistanlı öldürüldü

19 Nisan 2014

Şinhua haber ajansına göre 18 Nisan 2014 tarihinde yerel saatle 15:15’de Çin Vietnam sınırında çatışma meydana geldi ve 7 kişi hayatını kaybetti.
Vietnamlı yetkililer ülkeye kaçak girmeye çalışan bir grubun gözaltına alındığını, Çin’e geri gönderilmeleri işlemleri sırasında kaçaklardan birinin sınır muhafızlarının silahını ele geçirerek ateş açtığını, bir sınır muhafızını öldürdüğünü ve Vietnam askerlerinin de karşılık vererek 5 kaçağı öldürdüğünü ve olay sonrası 2 sınır muhafızıyla beraber 7 kişinin hayatını kaybettiğini bildirdiler. Çin Dışişleri Bakanlığı olayları doğruladı.

Yayınlanan fotoğraflardan yakalanan grubun Çin zulmünden kaçan Doğu Türkistan Türkleri olduğu açıkça anlaşılıyor,  sağ kalanlarise  Çin’e gönderiliyorlar.
5 kardeşimize Allah’tan rahmet diliyoruz ve çine geri gönderilenlerin de Allah yardımcısı olsun..

Kaynak: https://www.facebook.com/DoguTurkistan.KanAgliyor.Haberin.Var.Mi?fref=nf

 

Devami

Qozog‘istonda Ovrosiyo Ittifoqiga qarshi ovozlar

Olma ota shahrida yig‘ilgan 500 ga yaqin fuqaro va ekspertlar Ovrosiyo ittifoqiga qarshi chiqishdi.

“Aksil Ovrosiyo forumi” deb nom olgan tadbir shahar mehmonxonalarning birida bo‘lib o‘tgan.

Unda chiqish qilgan iqtisodchi, siyosatchi va jamoat faollari Rossiya boshchiligidagi ushbu Ittifoq Qozog‘iston uchun foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishini ta‘kidlashgan.

“Aksil Ovrosiyo forumi”ga qatnashishni istovchilar ko‘pligi bois anjuman uchun buyurilgan zal to‘lib toshdi.

Tashkilotchilar forumning bosh maqsadi Rossiya bilan tuzilishi kutilayotgan Ovrosiya Ittifoqining Qozog‘istonga iqtisodiy va siyosiy jihatdan ma‘qul bo‘lmagan tashabbus ekanligini ilmiy jihatdan isbotlash ekanligini bildirishdi.

“Jamiyatdagi muammolar tahlili markazi” jamoatchilik jamg‘armasi direktori Meruyert Maxmutova Ovrosiyo Ittifoqining Qozog‘istonga iqtisodiy tomonlama foydadan ko‘ra zarar keltiruvchi tashkilot bo‘lishini ta‘kidladi.

Iqtisodchi Qozog‘iston 2010 yil Rossiya boshchiligidagi Bojxona Ittifoqiga kirguniga qadar dunyodagi eng liberal iqtisodga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lganini aytdi.

“Afsuski, Qozog‘iston hukumati Bojxona Ittifoqiga kirishda Rossiya fanlar akademiyasining ma‘lumotlariga tayandi. Shartnomani imzolagan prezident Nazarboyev Bojxona Ittifoqiga qo‘shilish ortidan 2015 yilga kelib 16 milliard dollardan ko‘proq foyda ko‘ramiz, dedi”, deydi Meruyert Maxmutova.

Iqtisodchi Qozog‘iston va Rossiyaning tashqi savdosiga e‘tibor qaratarkan, ushbu davlatlar bir birini to‘ldiruvchi ishlab chiqarishga emas, balki raqobatchi bo‘lgan mineral resurslarni eksport qilishga yo‘nalganiga e‘tibor qaratadi.

Bojxona ittifoqi to‘g‘risidagi hujjatga qo‘l qo‘yilishdan oldin Qozog‘istonning eksport daromadi 74 foizini mineral zahiralarni sotishdan kelgan. Ushbu mahsulotlarning asosiy qismi xalqaro bozorlarda sotilishi inobatga olinsa Qozog‘istonga Bojxona Ittifoqiga kirishdan katta foyda bo‘lmagan.

Qozog‘iston eksportiga asosan mineral boyliklarni sotish kirsa, mamlakat ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan barcha tovarlarni import qiladi.

Ya‘ni ishlab chiqarish rivojlanmagan. Qozog‘iston iqtisodining bunday shakllanishi Bojxona ittifoqiga qo‘shilganidan so‘ng foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirgan.

“Rossiyaga eksportimiz tushib ketdi. Agar u 2009 yili Qozog‘istonning umumiy eksportidan 8,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugunga kelib 7 foizga tushib ketdi. Rossiyadan import 2009 yili 31 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, ayni damga kelib 36 foizga ko‘tarildi. Hozircha savdo siyosatimiz bo‘yicha Rossiyadan foyda ko‘rganimiz yo‘q”, – deydi Meruyert Maxmutova.

Rossiya MDH davlatlari orasida IYaM hajmi bo‘yicha yaqqol yetakchilik qilmoqda.

Mutaxassislar bunday holatda teng huquqli Ittifoq tuzish amri maholligini ta‘kidlashadi.

Qozog‘istonning MDH davlatlari orasidagi IYaM 7 foizni Belarusniki esa 2 foizni tashkil qiladi.

Siyosatshunos Dastan Qadirjonov Rossiya Qrimni o‘ziga anneksiya qilib olganidan boshlab dunyoda tartib keskin o‘zgarganini aytadi.

“Qrimning anneksiyasi va Qozog‘istonning Ovrosiyo iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilish masalasi bir biriga chambar chas bog‘liq ekanligi shubha uyg‘otmaydi. Ya‘ni bu bugungi kunda bitta masala bo‘lib qoldi. Bu nafaqat geosiyosiy masala, balki tsivilizatsion tanlov masalasidir. Eng muhimi gap bizning G‘arb va Rossiya o‘rtasidan birini tanlashimizda emas, balki o‘z milliy manfaatlarimizni tanlab uni himoya qila olishimizda”, – deydi Dastan Qadirjanov.

So‘zga chiqqan jurnalist va jamoat faollari Rossiyaning o‘z qardosh qo‘shnisi Ukrainaga nisbatan xalqaro huquqiy me‘yorlarga zid amallarni bajarib turganda bu kabi davlat bilan ittifoq tuzish o‘zini chohga itarish bilan teng ekanligini bildirishdi.

“Mana shu tadbir boshlanganidan beri Ovro‘osiyo ittfoqiga qarshi 300 mingdan ortiq imzo yig‘ildi. Shu bilan xalq o‘zining Bojxona va Ovrosiyo Ittifoqiga qarshi ekanligini isbotladi. Bugungi hukumat referendum o‘tkazishdan qo‘rqishining sababi shuki, xalq qarshi chiqadi. Mamlakat Nazarboyevning xususiy tomorqasi emasku, nega xalq bilan maslahatlashmaydi. Chunki bizning javobimizni biladi. Biz qarshimiz”, – deydi “Jas Alash” gazetasi bosh muharriri Risbek Sarsenbayev.

Ovrosiyo iqtisodiy Ittifoqi hujjatlari Qozog‘iston, Belarus va Rossiya davlatlari o‘rtasida shu yilning may oyida imzonaladi. Forum ishtirokchilari ushbu ittifoqqa Qozog‘istonning qo‘shilishiga qarshi rezolyutsiya qabul qildi.

Forum ishtirokchilari hukumat ularning taklifiga quloq solmagan taqdirda mamlakat bo‘ylab tinch namoyishlarni o‘tkazishni bildirishdi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/

Devami

KırgızGaz, 1 dolara Gazprom’a satıldı

KırgızGaz, aralık ayında kabul edilen anlaşma gereği Gazprom’a 1 dolara satıldı

KırgızGaz’ın Gazprom’a satışına ilişkin anlaşma imzalandı.

Cumhurbaşkanlığı Konutları’nda gerçekleştirilen törende imzalar, KırgızGaz Genel Müdürü Turgunbek Kulmurzayev ve Gazprom Yönetim Kurulu Başkanı Aleksey Miller tarafından atıldı.

Kırgızistan Meclisi, Rusya ile yapılan anlaşma çerçevesinde Gazprom’un, KırgızGaz şirketinin 1 dolara satın almasını öngören anlaşmayı aralık ayında kabul etmişti.

Kırgızistan Cumhurbaşkanı Almazbek Atambayev Gazprom Başkanı Miller’ı kabulü sırasında, KırgızGaz şirketinin Rusya’ya 1 dolara satışının ülkede çok eleştirildiğini anımsatırken, “Bu anlaşmanın detaylarını açıklamamız lazım. Gazprom şirketi bu sektöre 600 milyon dolardan fazla yatırım yapacak. Şirketin 40 milyon dolarlık borcunu üstlenecek. En önemlisi bundan sonra kış mevsiminde vatandaşlar doğalgazsız kalmayacak” açıklamasını yaptı.

Miller da, Gazprom’ın ülkede sektörün gelişmesine, modernleşmesine ve genişlemesine büyük katkı sağlayacağını ifade etti.

 

Devami

Türk Konseyi Kültür Bakanları Toplantısı İstanbul’da Yapıldı

imagesK2JNXA5I
Türkiye, Azerbaycan, Kırgızistan ve Kazakistan turizm çatısı altında birleşerek, kültür ve turizm alanında işbirliği yapıyor.
Tarihi İpek Yolu coğrafyasını canlandırmak üzere bir araya gelen Türk dünyasına gelecek yıllarda Özbekistan ve Türkmenistan’ın da katılması bekleniyor.
Nahçivan Anlaşması ile 2009 yılında kurulan ve her yıl farklı temalar altında buluşan ‘Türkçe Konuşan Devletler İşbirliği Konseyi – Türk Konseyi’ bu yıl Bodrum’da ‘Turizm İşbirliği’ zirvesi yapacak.
Türkiye’de gerçekleştirilecek bu zirveye hazırlık amacıyla İstanbul Tarabya Otel’de üye ülkelerin Turizm Bakanlarının katılımıyla ‘Türk Konseyi Turizmden Sorumlu 1. Bakanlar Toplantısı’ gerçekleştirildi.
Türk tarihinin ilklerinden olan ve Kültür ve Turizm Bakanı Ömer Çelik’in ev sahipliğinde gerçekleştirilen toplantıya Azerbaycan Turizm Bakanı Abulfas Garayev, Kırgızistan Turizm Bakan Yardımcısı Maksat Chakiyev, Kazakistan Turizm Komitesi Başkanı Murat İgaliyev ve Türk Konseyi Genel Sekreteri Halil Akıncı katıldı.
Türk dili konuşan ülkeler arasında ortak bir strateji olarak modern İpek Yolu’nun turizm faaliyetlerinin içine alınması kararını son derece önemsediklerini kaydeden Kültür ve Turizm Bakanı Ömer Çelik ise toplantının açılışında yaptığı konuşmada bunun tanıtılmasına Bakanlar olarak hep birlikte destek vereceklerini söyledi.
TURİZMİ İNSANİ DİPLOMASİ ÇERÇEVESİ OLARAK GÖRÜYORUZ
“Biz turizm meselesini bir insani diplomasi çerçevesi olarak görüyoruz. Günümüzde turizm ulusal ve uluslararası boyutlarıyla yatırımları ve iş hacmini geliştiren, gelir oluşturan, döviz sağlayan, istihdam alanları açan, sosyal ve kültürel hayatı etkileyen önemli toplumsal ve insancıl fonksiyonları başaran büyük bir nitelik kazanmıştır.
Turizm sektörünün nitelikleri dünyada turizme yönelik ilgiyi artırmış, turizmden beklentileri bulunan ülkeleri bu endüstrinin gelişmesine daha çok önem vermeye yöneltmiştir.
Herkesin bildiği gibi toplum hayatı küreselleşmeyle birlikte sürekli gelişim ve değişim içine girmiş, bu durumla eş zamanlı olarak, refah atışıyla birlikte turizm kavramı ve sektörü hızla yeniden yapılanmış, küresel bir fenomen haline gelmiştir.
Turizmi sadece ekonomiye ilişkin bir alan olarak da görmüyoruz. Turizmi farklı kültürler arasında iletişimi diyaloğu ve anlayışı geliştiren, bu haliyle dünya barışına da katkıları bulunan bir alan olarak görüyoruz
TARİHİ İPEK YOLUNUN CANLANDIRILMASI STRATEJİMİZİN TEMELİDİR
Türk Konseyi üye ülkelerinin sahip oldukları turizm potansiyelinin aramızda kurmaya çalıştığımız çok boyutlu ve derinlikli işbirliği süreci bağlamında ayrıcalıklı bir yere sahip olduğunu düşünüyoruz.
Ülkemiz turizm alanında dünya çapında mesafe kaydetmiş bir ülke durumundadır. Türkiye turizm alanında verdiği eğitimlerle bilgi ve tecrübelerini dost ve kardeş Azerbaycan, Kazakistan ve Kırgızistan ile paylaşmaktan büyük bir memnuniyet duymaktadır.
Türk Konseyi çalışma grubu toplantıları kararları çerçevelerinde 2014 yılı içinde birer hafta süreyle Azerbaycan, Kazakistan ve Kırgızistan’da Bakanlığımız tarafından turizm eğitim toplantıları düzenlenmesi planlanmaktadır.
Turizm işbirliği kapsamında üye ülkeler arasında turistik ziyaretlerin artırılmasının yanı sıra tarihi İpek Yolu’nun üzerinde yer alan üye ülkelerin tarihi ve kültürel zenginlikleriyle doğal güzelliklerinin tanıtımı öngörülmektedir.
Bu toplantı vesilesiyle bir kere daha vurgulamak isterim ki tarihi İpek Yolu’nun canlandırılması stratejimiz açısından temel bir nitelik taşımaktadır.
Bu tür tanıtım faaliyetleri bize özgü kültürel ve düşünsel değerlerin, geleneksel el sanatlarının, dans ve müzik gibi zenginliklerimizin paylaşılmasına imkân verecektir.
Diğer yandan modern İpek Yolu güzergâhlarının belirlenerek, ortak bir tur paketi oluşturulması yönündeki turizm çalışma grubu toplantılarında ele alınan çalışmaların önem taşıdığı ve desteklenmesi gerektiği kanaatindeyiz.
T.C. Kültür Bakanlığı
Devami