Amrima’ruf va nahiymunkar

Bismillahir rohmanir rohim

Olloh taologa hamdu sanolar, Rasulullohga salavotu salomlar bo‘lsin …

Jannatdagi baland maqomlar, bu dunyodagi eng qiyin maqomdan o‘tishni talab qiladi. Bu maqom – amrima’ruf va nahiymunkar maqomidir. Bu – barcha rasul va anbiyolarning vazifasi bo‘lib, o‘ta muhim va sharafli vazifadir. Har bir payg‘ambar o‘z qavmiga shunday degan:

«Ey qavmim, Ollohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o‘zga biron Iloh yo‘qdir». (A’rof: 59);

«Aniqki, Biz har bir ummatga: «Ollohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo‘linglar», (degan vahiy bilan) bir payg‘ambar yuborganmiz». (Nahl: 36).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ham shunday xitob kelgan:

«Siz (odamlarni) Parvardigoringizga da’vat qiling! Albatta siz To‘g‘ri yo‘l ustidadirsiz». (Haj: 67);

«Siz (odamlarni ham yolg‘iz) Parvardigoringiz- ga (ibodat qilishga) chorlang va mushrik kimsalardan bo‘lmang!» (Qasas: 87).

Modomiki, hukmning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlarigagina xos ekanini ta’kidlagan dalil yo‘q ekan, bu majburiyat Islom ummatining zimmasiga ham yuklangandir.

Olloh yo‘liga chorlash «najot kemasi bo‘lib, unga o‘tirgan najot topadi, undan kech qolgan esa halok bo‘ladi». Qilinayotgan munkar ishlarga og‘iz ochilmasa, savobli narsadek bo‘lib qoladi. Hatto, hozirgi hayotimizda ko‘rib turibmizdek, munkar ishlarni qilishga chorlanib, savobli ishlardan qaytariladi. Munkar ishlar kemaning tagidan ochilgan teshikka o‘xshaydi va «bu teshik o‘qyonus qa’ridagi qabrga tengdir».

«Ollohning sarhadlarida turadigan va unga tushadigan odamning misoli, kemaga o‘tirgan odamlarning misoliga o‘xshaydi. Ulardan ayrimlari kemaning yuqori qismida va boshqalari pastki qismlariga joylashadilar. Pastdagilar suv ichmoqchi bo‘lsalar, yuqoridagi odamlar oldidan o‘tib (bezovta qilishar), shuning uchun(o‘zaro): Tepamizdagi odamlarni bezovta qilmay o‘zimiz turgan joydan bir teshik ochsak!» – deyishdi. Agar ularni shu holatda qo‘yilsa, hammalari halok bo‘ladilar. Agar ularni to‘xtatib qolishsa, o‘zlari ham, boshqalar ham najot topishadi». (Imom Buxoriy, 2493).

«Fitnalar qalbga bo‘yra misoli bitta-bitta ta’sir qiladi. Undan qaysi qalb sipqorsa, unda qora dog‘ paydo bo‘ladi. Qaysi qalb inkor etsa, unda oppoq dog‘ paydo bo‘ladi va har ikki qalbning (oq dog‘i) uni silliq toshdek oppoq qiladi va unga Eru osmoncha bo‘lsa ham fitna ta’sir qila olmaydi. (Qora dog‘) esa qalbni qop-qora qiladi va to‘ntarilgan ko‘zadek bo‘lib, na yaxshilikka buyuradi va na gunohdan qaytaradi. Nafsu havosi istagan narsalarni qilaveradi». (Imom Muslim, 207).

Amrima’ruf va nahiymunkarga uzoq zamonlardan beri e’tibor berilmadi va imom Navaviy rahimahulloh aytganidek, uning ismigina qoldi, xolos. Balki birov: Bu qanday bo‘lishi mumkin?! Axir Azhar ulamolari odamlarga xutba qilib, va’zlar o‘qishmoqda-ku?! – deb savol berishi mumkin.

Bunga shunday javob beriladi: Farz amalga oshishining ma’nosi farzga amal qilish haqidagi buyruqning savob savobga, gunoh esa gunohga aylanadigan darajada voqe’da namoyon bo‘lishidir. Bu esa hanuz amalga oshmadi. Binobarin, iqtidorli har bir bandaning haqiqatni amalga oshirishi va botilni bekor qilishi, Shariat va Din asoslari fakulьtetlarini bitirib chiqqan kishilarni hujjat qilmasligi kerak. Chunki, ular bilan etarli ishlar amalga oshmadi. Bu birinchi tarafdan.

Ikkinchi tarafdan esa, savob ishdan voz kechilishi, gunoh ishni esa qilinishiga shohid bo‘lgan va qaytarishga kuchi etgan va boshqalar qaytarishmayotganini ko‘rgan har bir bandaga, u gunohdan qaytarishi zaruratdir. Bunday paytda uning biron diplomga ega bo‘lishi shart emas! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari va siyratlarini tekshirib ko‘rgan odam, buni juda yaxshi biladi. Jumladan, ulamolar shunday deyishgan: «Piyonistalarning (ichmaslik haqida) o‘zaro nasihat qilishlari farzdir. O‘zaro nasihat qilishmasa gunoh ikkiga qatlanadi: aroq ichish va nasihatni tark qilish gunohlari». Chunki, amrima’ruf va nahiymunkar qilayotgan odamlarning adolatli bo‘lishlari shart emas. Agar shart bo‘lsa edi, biron kimsa savob ishlarga chorlamas edi. Chunki, «Har bir odamzot xatokordir va xatokorlarning yaxshirog‘i tavbakorrog‘idir». (Termiziy (2687). Bu hadisni alloma Alboniy rahimahulloh hasan degan).

Olloh taoloning:

«Odamlarni yaxshilikka chorlab, o‘zlaringizni unutasizlarmi? Holbuki, o‘zlaringiz Kitob tilovat qilasizlar. Aqlingizni yurgizmaysizlarmi?» (Baqara: 44) oyatida amrima’ruf va nahiymunkar qilgan odam uchun emas, aksincha, o‘z bilimiga amal qilmagan odamni mazammat qilingan. Suluk bilan qilingan da’vat, og‘iz bilan qilingan da’vatdan ko‘ra ta’sirchandir. Chunki, odamzot qilayotgan ishi bilan odamlarni nafratlantirar ekan, og‘zi bilan da’vat qilishi mumkin. Shuning uchun ham payg‘ambar Shu’ayb alayhissalom:

«Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani (ya’ni, halol-haromga aralashtirishni) o‘zim qilishni istamayman», – degan. (Hud: 88).

Shunday ekan, chorlanganlar haqiqat va ezgulikka ijobat qilishlari, nasihat qilayotgan odamning holatiga qaramasliklari va holati shunday bo‘lishi kerak: «Haqiqatni, olib kelgan har qanday odamdan qabul qilinadi. Botilni esa, kimdan bo‘lishidan qat’iy nazar rad qilinadi».

Da’vatchi buyurayotgan va ta’qiqlayotgan narsalarini bilishi, da’vat qilar ekan shafqatli va mehribon bo‘lishi kerak. Olimlardan biri podshohlardan birining huzuriga kirib, unga qo‘pol muomala qildi. Shunda podshoh Olloh taolo sendan ko‘ra yaxshiroq odamni, mendan ko‘ra yomonroq bo‘lgan podshoh oldiga yuborar ekan:

«Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki (Mening qahrimdan) qo‘rqsa», dedi (Toha: 44), dedi. Ya’ni, Olloh taolo payg‘ambari Muso alayhissalomni Robbul olamiynga o‘ta kofir bo‘lgan Fir’avnga yubordi va Muso alayhissalomga muloyim bo‘lishni amr qildi.

Savollarga javob berilar ekan, hissiyotlarga berilish yaramaydi. Foyda bo‘lishi, zarar va fasodlar ketishi uchun, Ollohning dinini o‘rganish kerak. Buning dalili Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning (munofiq) Abdulloh ibn Salulni o‘ldirmasliklaridir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu haqda: «Yasribda uning ko‘p tarafdorlari bor. Odamlar: Muhammad ashoblarini o‘ldirayapti? – deyishsa nima bo‘ladi?!» – degan edilar. Ibn Salul fitnalarni ko‘paytirib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va da’vatga qarshi hiylalar qilgan bo‘lsada, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni o‘ldirmadilar. Chunki, Ollohning shariati – manfaatlarning o‘zginasidir. Qaerda manfaat bo‘lsa, o‘sha erda Ollohning shariati bordir.

Shayxulislom Ibn Taymiyya rahimahulloh (o‘lkasini bosib olgan) mo‘g‘ul-tatarlarning aroq ichishlariga qarshi bo‘lgan do‘stlaridan norozi bo‘lar va: «Aroq Ollohni zikr qilish va namoz o‘qishga mone’ bo‘lsa, tatarlarni musulmonlarni o‘ldirish va ularning nomuslarini bulg‘ashlariga mone’ bo‘ladi», – der edi.

Biz ishlarning oqibatiga qarashimiz va gunoh ishlarni gunohlar bilan qaytarmasligimiz, gunohni ustivor ko‘rmasligimiz, boshqa gunohni keltirib chiqarmasligimiz, shar’iy manfaat bo‘lmagan narsalarda jonni qiynamasligimiz, inkor qilish bilan oila va yoru do‘stlarga ozor bermasligimiz kerak. Chunki, inkor etish ba’zi o‘rinlarda farz bo‘lsa, ba’zi o‘rinlarda haromdir. Gumonga g‘olib kelgan bo‘lsa, amrima’ruf va nahiymunkar qilgan odamning ozorlanishi mustahabdir. «Shahidlarning sayyidi – Hamza ibn Abdulmuttalib va zolim imomga (qarshi turib) unga amrima’ruf va nahiymunkar qilgan, natijada, podshoh o‘ldirgan odamdir». (Hokim (4884). Bu osorni alloma Alboniy sahih dedi).

Ishlarning eng yaxshisi – mo‘’tadilidir. O‘rinsiz joyda loqaydlik yoki intilish yaxshi bo‘lmaganidek, jur’at o‘rinlarida qo‘rqoqlik va orqaga chekinish maqtovga sazovor emas. Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu yo‘ldoshlariga: «Sizlar shunday zamonda yashayapsizlarki, unda amrima’rufga shoshilganingiz eng yaxshirog‘ingiz bo‘ladi. Odamlarga shunday zamonlar keladiki, shubhalar ko‘paygani bois, ularning yaxshirog‘i – to‘xtab, tekshirib ko‘rganlaridir», – degan edi.

G‘urbatning kuchayishi va taqvoning ozayishi tufayli masalalar, jumladan, balosi ko‘payganlari haqida o‘z bilimdoniga murojaat etish lozim. Biz shunday masalalarga duch kelayapmizki, agar ular haqida Umar raziyallohu anhuga murojaat etilsa, Badr janggida ishtirok etgan barcha sahobalarni to‘plagan bo‘lar edi!! Xavorijlar ahvolidan voqif bo‘lganlar, ular hissiyotga berilish va fiqhiy bilimlarning ozligi sababli qanday falokatlarni qilishgan ekaniga guvoh bo‘lishadi. Ibn Kasiyr rahimahulloh hikoya qiladi: «Bizga Rosibiy purma’no xutba qildi. Uning xutbasini eshitib ko‘zlardan yoshlar quyildi, ko‘ngillar yumshadi. U o‘z xutbasida odamlarni Oxiratga rag‘batlantirib, dunyoda zohid bo‘lishga chorlab, jihod qilishga chaqirdi va odamlar jannatdan mujdalangan sahobalar kabi jang qilish uchun safarbar bo‘ldilar».

Shu bois Ibn Kasiyr rahimahulloh: «Xavorijlar turi qanday ajoyib-a?! Ularning orasida bironta ham sahoba yo‘q hamda Qur’on o‘qisalarda halqumlaridan nariga o‘tmagan!» – degan edi.

Garchi ijobat bo‘lmaslik gumoni ustun bo‘lsada, amrima’ruf va nahiymunkar qilish mashru’ qilingan bo‘lsa, pishib etilgan mevalar va yuzaga kelib rivojlanayotgan «dindorlik» to‘fonini ko‘rish bilan nima qilish kerak?! Siz foydasiz ishni va dengizda dehqonchilikni qilmaysiz! Olloh taolo aytdi:

«Bas, agar pand-nasihat foyda bersa (kishilarga) pand-nasihat qiling!» (A’lo: 9). Ulamolar: «Uning ma’nosi: Garchi foyda bermasa ham eslatavering!» – dedilar. Bu shu oyatga ham o‘xshaydi:

«sizlar uchun issiq (sovuq)dan asraydigan kiyimlar». (Nahl: 81). Aslida bu kiyimlar ko‘proq sovuqdan himoya qiladi.

Biz xalq orasida da’vat va tablig‘ni ommalashtirishimiz va Islom dinini jahonning to‘rt burchagiga etkazishimiz kerak

«Barcha olamlarni (oxirat azobidan) qo‘rqitguvchi bo‘lsin deb O‘z bandasi (Muhammad sollallohu alayhi va sallam)ga Furqon — Qur’on nozil qilgan zot — Olloh barakotli – Buyukdir». (Furqon: 1);

«(Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam), darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat (ya’ni Ollohning rahmati-jannatiga etaklaguvchi) qilib yubordik». (Anbiyo: 107);

«(Ushbu Qur’on) faqat barcha olamlar uchun (Olloh taolo tomonidan nozil qilingan) bir eslatmadir, xolos». (Sod: 87, 88).

Masjid va uning muammolari bilan shug‘ullanish Falastin, Iroq va Afg‘onistondagi musulmonlarning muammolariga, yoshlar va ularning tarbiyalariga e’tibor berishga mone’ bo‘lmasligi hamda xotin-qizlar, bolalar va qariyalarni da’vat qilishdan chalg‘itmasligi lozim. Buning uchun fikrimiz keng bo‘lishi kerak. Chunki Robbimiz buyuk va sharafli ishlarni suyub, pastkashliklarni yoqtirmaydi.

Da’vat yo‘lida yurish, do‘stu dushman, shar’iy va koinaviy yo‘llarni bilishni xuddi xitob qilinayotgan odamlarning ahvolini bilishni talab qilganidek talab qiladi. Ishlarning muhimrog‘ini muqaddam qo‘yish bilim, amal va Olloh yo‘liga da’vat qilishda vojib bo‘lgan ishlardandir. Buning uchun e’tiborni e’tiqod ma’nolari va «Agar bilsalar avvalo tavhid!»ni amalga oshirishga bo‘lgan ishonchga markazlashtirish lozim.

Olloh yo‘liga da’vat qilish payg‘ambaru rasullar manhajiga rioya qilish bilan ro‘yobga chiqadigan ongga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin Olloh taolo shunday degan:

«Ayting: «Mening yo‘lim shudir. Men Ollohga da’vat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga — ishonchga egamiz. (Har qanday sherikdan) Ollohni poklayman. (Zero) men mushrik- lardan emasman». (Yusuf: 108). Ushbu oyat Yusuf surasining oxirlarida kelgan bo‘lib, u – qalbi bo‘lgan va guvohlik bilan quloq solgan har bir kishini o‘ylantiradigan sura va hikoyadir.

Biz nohaq ishlarni qilib baloga sabab bo‘lgach, ortidan: «Balolarning kelishi payg‘ambaru rasullarning sunnatidir!» deya tavbayu tazarruda bo‘lmasligimiz kerak. Bunday ishni qilgan odam Robbisiga tavba qilib, istig‘forlar aytishi hamda yomon muhitdan chiqish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak. Agar banda haq yo‘lda bo‘lib, o‘zidan avvalgilarning yo‘lidan ketayotgan va musibat etgan bo‘lsa, chidashi va savobni Olloh taoloning o‘zidangina kutishi kerak:

«Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar)». (Asr surasi).

Mazkur sura tafakkur qilishga loyiqdir. Chunki u (da’vat unsurlarini) o‘zida etarlicha jamlagan va tushuntirgan.

Olloh taolo barchamizni O‘zi suygan va rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq aylasin!

——————————————-

Бисмиллаҳир роҳманир роҳим

Оллоҳ таолога ҳамду санолар, Расулуллоҳга салавоту саломлар бўлсин …

Жаннатдаги баланд мақомлар, бу дунёдаги энг қийин мақомдан ўтишни талаб қилади. Бу мақом – амримаъруф ва наҳиймункар мақомидир. Бу – барча расул ва анбиёларнинг вазифаси бўлиб, ўта муҳим ва шарафли вазифадир. Ҳар бир пайғамбар ўз қавмига шундай деган:

«Эй қавмим, Оллоҳга ибодат қилинглар! Сизлар учун Ундан ўзга бирон Илоҳ йўқдир». (Аъроф: 59);

«Аниқки, Биз ҳар бир умматга: «Оллоҳга ибодат қилинглар ва шайтондан йироқ бўлинглар», (деган ваҳий билан) бир пайғамбар юборганмиз». (Наҳл: 36).

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга ҳам шундай хитоб келган:

«Сиз (одамларни) Парвардигорингизга даъват қилинг! Албатта сиз Тўғри йўл устидадирсиз». (Ҳаж: 67);

«Сиз (одамларни ҳам ёлғиз)  Парвардигорингиз- га (ибодат қилишга) чорланг ва мушрик кимсалардан бўлманг!» (Қасас: 87).

Модомики, ҳукмнинг Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ўзларигагина хос эканини таъкидлаган далил йўқ экан, бу мажбурият Ислом умматининг зиммасига ҳам юклангандир.

Оллоҳ йўлига чорлаш «нажот кемаси бўлиб, унга ўтирган нажот топади, ундан кеч қолган эса ҳалок бўлади». Қилинаётган мункар ишларга оғиз очилмаса, савобли нарсадек бўлиб қолади. Ҳатто, ҳозирги ҳаётимизда кўриб турибмиздек, мункар ишларни қилишга чорланиб, савобли ишлардан қайтарилади. Мункар ишлар кеманинг тагидан очилган тешикка ўхшайди ва «бу тешик ўқёнус қаъридаги қабрга тенгдир».

«Оллоҳнинг сарҳадларида турадиган ва унга тушадиган одамнинг мисоли, кемага ўтирган одамларнинг мисолига ўхшайди. Улардан айримлари кеманинг юқори қисмида ва бошқалари пастки қисмларига жойлашадилар. Пастдагилар сув ичмоқчи бўлсалар, юқоридаги одамлар олдидан ўтиб (безовта қилишар), шунинг учун(ўзаро): Тепамиздаги одамларни безовта қилмай ўзимиз турган жойдан бир тешик очсак!» – дейишди. Агар уларни шу ҳолатда қўйилса, ҳаммалари ҳалок бўладилар. Агар уларни тўхтатиб қолишса, ўзлари ҳам, бошқалар ҳам нажот топишади». (Имом Бухорий, 2493).

«Фитналар қалбга бўйра мисоли битта-битта таъсир қилади. Ундан қайси қалб сипқорса, унда қора доғ пайдо бўлади. Қайси қалб инкор этса, унда оппоқ доғ пайдо бўлади ва ҳар икки қалбнинг (оқ доғи) уни силлиқ тошдек оппоқ қилади ва унга Еру осмонча бўлса ҳам фитна таъсир қила олмайди. (Қора доғ) эса қалбни қоп-қора қилади ва тўнтарилган кўзадек бўлиб, на яхшиликка буюради ва на гуноҳдан қайтаради. Нафсу ҳавоси истаган нарсаларни қилаверади». (Имом Муслим, 207).

Амримаъруф ва наҳиймункарга узоқ замонлардан бери эътибор берилмади ва имом Нававий раҳимаҳуллоҳ айтганидек, унинг исмигина қолди, холос. Балки биров: Бу қандай бўлиши мумкин?! Ахир Азҳар уламолари одамларга хутба қилиб, ваъзлар ўқишмоқда-ку?! – деб савол бериши мумкин.

Бунга шундай жавоб берилади: Фарз амалга ошишининг маъноси фарзга амал қилиш ҳақидаги буйруқнинг савоб савобга, гуноҳ эса гуноҳга айланадиган даражада воқеъда намоён бўлишидир. Бу эса ҳануз амалга ошмади. Бинобарин, иқтидорли ҳар бир банданинг ҳақиқатни амалга ошириши ва ботилни бекор қилиши, Шариат ва Дин асослари факультетларини битириб чиққан кишиларни ҳужжат қилмаслиги керак. Чунки, улар билан етарли ишлар амалга ошмади. Бу биринчи тарафдан.

Иккинчи тарафдан эса, савоб ишдан воз кечилиши, гуноҳ ишни эса қилинишига шоҳид бўлган ва қайтаришга кучи етган ва бошқалар қайтаришмаётганини кўрган ҳар бир бандага, у гуноҳдан қайтариши заруратдир. Бундай пайтда унинг бирон дипломга эга бўлиши шарт эмас! Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг суннатлари ва сийратларини текшириб кўрган одам, буни жуда яхши билади. Жумладан, уламолар шундай дейишган: «Пиёнисталарнинг (ичмаслик ҳақида) ўзаро насиҳат қилишлари фарздир. Ўзаро насиҳат қилишмаса гуноҳ иккига қатланади: ароқ ичиш ва насиҳатни тарк қилиш гуноҳлари». Чунки, амримаъруф ва наҳиймункар қилаётган одамларнинг адолатли бўлишлари шарт эмас. Агар шарт бўлса эди, бирон кимса савоб ишларга чорламас эди. Чунки, «Ҳар бир одамзот хатокордир ва хатокорларнинг яхшироғи тавбакорроғидир». (Термизий (2687). Бу ҳадисни аллома Албоний раҳимаҳуллоҳ ҳасан деган).

Оллоҳ таолонинг:

«Одамларни яхшиликка чорлаб, ўзларингизни унутасизларми? Ҳолбуки, ўзларингиз Китоб тиловат қиласизлар. Ақлингизни юргизмайсизларми?»  (Бақара: 44) оятида амримаъруф ва наҳиймункар қилган одам учун эмас, аксинча, ўз билимига амал қилмаган одамни мазаммат қилинган. Сулук билан қилинган даъват, оғиз билан қилинган даъватдан кўра таъсирчандир. Чунки, одамзот қилаётган иши билан одамларни нафратлантирар экан, оғзи билан даъват қилиши мумкин. Шунинг учун ҳам пайғамбар Шуъайб алайҳиссалом:

«Мен сизларга хилоф қилиб, сизларни қайтараётган нарсани (яъни, ҳалол-ҳаромга аралаштиришни) ўзим қилишни истамайман», – деган. (Ҳуд: 88).

Шундай экан, чорланганлар ҳақиқат ва эзгуликка ижобат қилишлари, насиҳат қилаётган одамнинг ҳолатига қарамасликлари ва ҳолати шундай бўлиши керак: «Ҳақиқатни, олиб келган ҳар қандай одамдан қабул қилинади. Ботилни эса, кимдан бўлишидан қатъий назар рад қилинади».

Даъватчи буюраётган ва таъқиқлаётган нарсаларини билиши, даъват қилар экан шафқатли ва меҳрибон бўлиши керак. Олимлардан бири подшоҳлардан бирининг ҳузурига кириб, унга қўпол муомала қилди. Шунда подшоҳ Оллоҳ таоло сендан кўра яхшироқ одамни, мендан кўра ёмонроқ бўлган подшоҳ олдига юборар экан:

«Бас, унга юмшоқ сўз сўзланглар! Шояд панд-насиҳат олса ёки (Менинг қаҳримдан) қўрқса», деди (Тоҳа: 44), деди. Яъни, Оллоҳ таоло пайғамбари Мусо алайҳиссаломни Роббул оламийнга ўта кофир бўлган Фиръавнга юборди ва Мусо алайҳиссаломга мулойим бўлишни амр қилди.

Саволларга жавоб берилар экан, ҳиссиётларга берилиш ярамайди. Фойда бўлиши, зарар ва фасодлар кетиши учун, Оллоҳнинг динини ўрганиш керак. Бунинг далили Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг (мунофиқ) Абдуллоҳ ибн Салулни ўлдирмасликларидир. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бу ҳақда: «Ясрибда унинг кўп тарафдорлари бор. Одамлар: Муҳаммад асҳобларини ўлдираяпти? – дейишса нима бўлади?!» – деган эдилар. Ибн Салул фитналарни кўпайтириб, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ва даъватга қарши ҳийлалар қилган бўлсада, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам уни ўлдирмадилар. Чунки, Оллоҳнинг шариати – манфаатларнинг ўзгинасидир. Қаерда манфаат бўлса, ўша ерда Оллоҳнинг шариати бордир.

Шайхулислом Ибн Таймийя раҳимаҳуллоҳ (ўлкасини босиб олган) мўғул-татарларнинг ароқ ичишларига қарши бўлган дўстларидан норози бўлар ва: «Ароқ Оллоҳни зикр қилиш ва намоз ўқишга монеъ бўлса, татарларни мусулмонларни ўлдириш ва уларнинг номусларини булғашларига монеъ бўлади», – дер эди.

Биз ишларнинг оқибатига қарашимиз ва гуноҳ ишларни гуноҳлар билан қайтармаслигимиз, гуноҳни устивор кўрмаслигимиз, бошқа гуноҳни келтириб чиқармаслигимиз, шаръий манфаат бўлмаган нарсаларда жонни қийнамаслигимиз, инкор қилиш билан оила ва ёру дўстларга озор бермаслигимиз керак. Чунки, инкор этиш баъзи ўринларда фарз бўлса, баъзи ўринларда ҳаромдир. Гумонга ғолиб келган бўлса, амримаъруф ва наҳиймункар қилган одамнинг озорланиши мустаҳабдир. «Шаҳидларнинг саййиди – Ҳамза ибн Абдулмутталиб ва золим имомга (қарши туриб) унга амримаъруф ва наҳиймункар қилган, натижада, подшоҳ ўлдирган одамдир». (Ҳоким (4884). Бу осорни аллома Албоний саҳиҳ деди).

Ишларнинг энг яхшиси – мўътадилидир. Ўринсиз жойда лоқайдлик ёки интилиш яхши бўлмаганидек, журъат ўринларида қўрқоқлик ва орқага чекиниш мақтовга сазовор эмас. Абдуллоҳ ибн Масъуд разияллоҳу анҳу йўлдошларига: «Сизлар шундай замонда яшаяпсизларки, унда амримаъруфга шошилганингиз энг яхшироғингиз бўлади. Одамларга шундай замонлар келадики, шубҳалар кўпайгани боис, уларнинг яхшироғи – тўхтаб, текшириб кўрганларидир», – деган эди.

Ғурбатнинг кучайиши ва тақвонинг озайиши туфайли масалалар, жумладан, балоси кўпайганлари ҳақида ўз билимдонига мурожаат этиш лозим. Биз шундай масалаларга дуч келаяпмизки, агар улар ҳақида Умар разияллоҳу анҳуга мурожаат этилса, Бадр жанггида иштирок этган барча саҳобаларни тўплаган бўлар эди!! Хаворижлар аҳволидан воқиф бўлганлар, улар ҳиссиётга берилиш ва фиқҳий билимларнинг озлиги сабабли қандай фалокатларни қилишган эканига гувоҳ бўлишади. Ибн Касийр раҳимаҳуллоҳ ҳикоя қилади: «Бизга Росибий пурмаъно хутба қилди. Унинг хутбасини эшитиб кўзлардан ёшлар қуйилди, кўнгиллар юмшади. У ўз хутбасида одамларни Охиратга рағбатлантириб, дунёда зоҳид бўлишга чорлаб, жиҳод қилишга чақирди ва одамлар жаннатдан муждаланган саҳобалар каби жанг қилиш учун сафарбар бўлдилар».

Шу боис Ибн Касийр раҳимаҳуллоҳ: «Хаворижлар тури қандай ажойиб-а?! Уларнинг орасида биронта ҳам саҳоба йўқ ҳамда Қуръон ўқисаларда ҳалқумларидан нарига ўтмаган!» – деган эди.

Гарчи ижобат бўлмаслик гумони устун бўлсада, амримаъруф ва наҳиймункар қилиш машруъ қилинган бўлса, пишиб етилган мевалар ва юзага келиб ривожланаётган «диндорлик» тўфонини кўриш билан нима қилиш керак?! Сиз фойдасиз ишни ва денгизда деҳқончиликни қилмайсиз! Оллоҳ таоло айтди:

«Бас, агар панд-насиҳат фойда берса  (кишиларга) панд-насиҳат қилинг!» (Аъло: 9). Уламолар: «Унинг маъноси: Гарчи фойда бермаса ҳам эслатаверинг!» – дедилар. Бу шу оятга ҳам ўхшайди:

«сизлар учун иссиқ (совуқ)дан асрайдиган кийимлар». (Наҳл: 81). Аслида бу кийимлар кўпроқ совуқдан ҳимоя қилади.

Биз халқ орасида даъват ва таблиғни оммалаштиришимиз ва Ислом динини жаҳоннинг тўрт бурчагига етказишимиз керак

«Барча оламларни (охират азобидан)  қўрқитгувчи бўлсин деб Ўз бандаси (Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам)га Фурқон — Қуръон нозил қилган зот — Оллоҳ баракотли – Буюкдир». (Фурқон: 1);

«(Эй Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам), дарҳақиқат Биз сизни барча оламларга фақат раҳмат (яъни Оллоҳнинг раҳмати-жаннатига етаклагувчи) қилиб юбордик». (Анбиё: 107);

«(Ушбу Қуръон) фақат барча оламлар учун (Оллоҳ таоло томонидан нозил қилинган) бир эслатмадир, холос». (Сод: 87, 88).

Масжид ва унинг муаммолари билан шуғулланиш Фаластин, Ироқ ва Афғонистондаги мусулмонларнинг муаммоларига, ёшлар ва уларнинг тарбияларига эътибор беришга монеъ бўлмаслиги ҳамда хотин-қизлар, болалар ва қарияларни даъват қилишдан чалғитмаслиги лозим. Бунинг учун фикримиз кенг бўлиши керак. Чунки Роббимиз буюк ва шарафли ишларни суюб, пасткашликларни ёқтирмайди.

Даъват йўлида юриш, дўсту душман, шаръий ва коинавий йўлларни билишни худди хитоб қилинаётган одамларнинг аҳволини билишни талаб қилганидек талаб қилади. Ишларнинг муҳимроғини муқаддам қўйиш билим, амал ва Оллоҳ йўлига даъват қилишда вожиб бўлган ишлардандир. Бунинг учун эътиборни эътиқод маънолари ва «Агар билсалар аввало тавҳид!»ни амалга оширишга бўлган ишончга марказлаштириш лозим.

Оллоҳ йўлига даъват қилиш пайғамбару расуллар манҳажига риоя қилиш билан рўёбга чиқадиган онгга боғлиқ бўлади. Бинобарин Оллоҳ таоло шундай деган:

«Айтинг: «Менинг йўлим шудир. Мен Оллоҳга даъват қиламан. Мен ва менга эргашган кишилар аниқ ҳужжатга — ишончга эгамиз. (Ҳар қандай шерикдан) Оллоҳни поклайман. (Зеро) мен мушрик- лардан эмасман». (Юсуф: 108). Ушбу оят Юсуф сурасининг охирларида келган бўлиб, у – қалби бўлган ва гувоҳлик билан қулоқ солган ҳар бир кишини ўйлантирадиган сура ва ҳикоядир.

Биз ноҳақ ишларни қилиб балога сабаб бўлгач, ортидан: «Балоларнинг келиши пайғамбару расулларнинг суннатидир!» дея тавбаю тазарруда бўлмаслигимиз керак. Бундай ишни қилган одам Роббисига тавба қилиб, истиғфорлар айтиши ҳамда ёмон муҳитдан чиқиш учун бор имкониятини ишга солиши керак. Агар банда ҳақ йўлда бўлиб, ўзидан аввалгиларнинг йўлидан кетаётган ва мусибат етган бўлса, чидаши ва савобни Оллоҳ таолонинг ўзидангина кутиши керак:

«Аср (вақти)га қасамки, (барча) инсон зиён-бахтсизликдадир. Фақат иймон келтирган ва яхши амаллар қилган, бир-бирларига Ҳақ (йўли)ни тавсия этган ва бир-бирларига (мана шу Ҳақ йўлида) сабр-тоқат қилишни тавсия этган зотларгина (нажот топгувчидирлар)». (Аср сураси).

Мазкур сура тафаккур қилишга лойиқдир. Чунки у (даъват унсурларини) ўзида етарлича жамлаган ва тушунтирган.

Оллоҳ таоло барчамизни Ўзи суйган ва рози бўлган ишларга муваффақ айласин!

Manba: IslamHouse/Uzbek

Devami

30 odimda farzand tarbiyasi (2 Odim)

Чиройли исм қўймоқ

Исмлар, нафақат инсоннинг шахсияти ва хулқ-атворининг шаклланишида, ҳатто жамиятнинг барпо бўлишида ҳам муҳим таъсир кучига эгадир. Мана Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам Мадинага ҳижрат қилиб келганларида шаҳарнинг эски номи бўлган “Ясриб”ни “Тоба” ёки “Мадина” номларига ўзгартирдилар. Бу исмларнинг (яъни “Мадина”, “Тоба” ва “Тойба”лар) ҳаммаси гўзал маъноларни ифодалайди.[1] Бундан кўринадики, чиройли маънони англатган исмлар асосида яхшиликка йўиш бўлган янги ҳаётнинг бошланишида психологик таъсирга эга экан. Фарзандларга ижобий таъсири бўладиган муносиб исмларни танлаб қўйиш эса, ота-онанинг зиммасидаги масъулият ҳисобланади.

Чиройли исм қўйишнинг аҳамиятига доир амалий мисоллар:

1. Чиройли исмнинг ижобий таъсири:

Абдурраҳмон ибн Авфдан (Оллоҳ ундан рози бўлсин) ривоят қилинади: “Менинг исмим Абдуамр эди, мусулмон бўлганимда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам менга “Абдурраҳмон” исмини қўйдилар”.[2]

Ривоят қилинишича, Абдурраҳмон ибн Авф (Оллоҳ ундан рози бўлсин) ўзининг бир ерини сотиб, даромадини Бани Зуҳра қабиласининг камбағалларига, муҳожирларга ва мўминларнинг оналарига тақсимлади…

Ровий Мисвар айтади: “Оишага (Оллоҳ ундан рози бўлсин) улушини олиб бордим, шунда у:

—    “Буни ким бериб юборди?” — деб сўради.

—    “Абдурраҳмон ибн Авф”, — дедим. Шунда Оиша (Оллоҳ ундан рози бўлсин):

—    “Ҳа, мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг: “Мендан кейин сизларга сабрли кишиларгина марҳамат қила оладилар”, деганларини эшитганман”, — деди.[3]

“Абдурраҳмон” деган исм “Раҳмон” исмидан олинган бўлиб, ундан раҳмат, марҳамат сифати келиб чиқади. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам Ибн Авфда раҳмат, марҳамат ва шафқат сифатлари борлигини пайқаб, унга Абдурраҳмон исмини қўйган эдилар.

2. Хунук исмнинг салбий таъсири

Ибнул Мусаййаб отасидан ривоят қилади: Унинг отаси (яъни Ибнул Мусаййабнинг бобоси) Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига келганда, Пайғамбар алайҳиссалоту вассалом ундан:

—    “Исминг нима?” — деб сўрадилар. У:

—    “Ҳазн”[4], — дея жавоб берди.

—    “Сен Саҳл[5] бўлақол”, — дедилар. У эса:

—    “Отам қўйган исмни ўзгартирмайман”, — деди.

Ибнул Мусаййаб айтади: “Ўшандан бери бизда (яъни бизнинг наслимизда) ўша ҳузунат (дағаллигу қўполлик) давом этиб келаяпти”.[6]

Довудий бу ҳақида: “Ибнул Мусаййаб бу гапи билан ахлоқларидаги дағаллик, қўполликни назарда тутган эди. Бироқ Саид (ибн Мусаййаб) бу дағаллигу қўполликни Оллоҳ учун ғазабланиш йўлида фойдаланди…”, — дейди.

Яна баъзилар бу ҳақида: “Ибнул Мусаййаб бу гапи билан ахлоқларида қолиб кетган қаттиққўллик, бераҳмликни назарда тутган эди”, — дейдилар.[7]

Хуллас калом, агар фарзандларимизни солиҳ бўлишларини хоҳласак, тарбиядаги иккинчи одимни қўйишимиз, у ҳам бўлса, уларга чиройли, яхши маънони англатган исмларни қўйишимиз керак экан.

Юқоридаги мисолларда исмларнинг болажонлар шахсиятининг шаклланишида таъсири борлигига гувоҳ бўлдик.

* * *



[1] “Ясриб” сўзи “Койимоқ”, “Гина қилмоқ”, “Ўпкаламоқ” ўзагидан келиб чиққан.

“Тоба” ва “Тойба” сўзлари “Ёқимли”, “Гўзал” деган маъноларни билдиради.

“Мадина” эса, “Шаҳар” дегани бўлиб, маданият ўзагидан олинган. (Таржимон).

[2] Сияру аълам ан-нубала (1/74).

[3] Сияру аълам ан-нубала (1/86).

[4] “Ҳазн” исми “Дағал”, “Қўпол”, “Қаттиққўл” деган маъноларни беради. (Таржимон).

[5] “Саҳл” исми “Осон”, “Юмшоқ”, “Хушмуомала” деган маъноларни беради. (Таржимон).

[6] Бухорий “Китабул адаб”, Ҳазн исми ҳақидаги боб (6190).

[7] Фатҳул Борий (10/703).

Manba: IslamHouse.com/Uzbek

Devami

Tarihsiz kelajak ildizsiz daraxtdir

ТАРИХСИЗ КEЛАЖАК ИЛДИЗСИЗ ДАРАХТДИР
(Арабчадан таржима)

Француз ёзувчиси Александр Дюма 1844 йилда “Уч мушкетёр” номли бир роман ёзади. Романда подшоҳнинг уч ароқхўр қўриқчилари яна бир тўртинчи шериклари билан бирга Франция қироличасининг бир топшириғини бажарадилар. Хуллас, французлар бу тўқима саргузаштларни дунёга тарқатиб, уч ароқхўр француз чавандозларидан афсонавий қаҳрамонлар ясайдилар. Ҳолбуки, улар ўша қиссанинг ўзида ҳам мақташга арзигулик ҳеч иш қилмайдилар…

Энди эътиборингизни шу ҳодисадан 1200 йил олдин юз берган бошқа бир воқеага қаратсам. Буниси тўқима эмас, тарих зарварақларига битилган ҳақиқатдир. 3000 сонли исломий мужоҳидлардан тузилган қўшин билан уч асл чавандоз 200 000 қўшинли Рим империясига қарши жанг қилиш учун араб саҳросидан Шом диёрлари сари йўл олади. Мана шу оз сонли қўшин тарихда мисли кўрилмаган ғалабага эришди ва бу афсонавий зафар жанг майдонидаги шу уч асл чавандознинг ўз жонларини фидо қилишлари эвазига қучилганди. Улар қандайдир бир подшоҳ йўлида эмас, Франция қироличаси учун эмас, мана шу Диннинг сиз билан бизга етиб келиши йўлида жон фидо қилгандилар. Бу уч чавандоз Зайд ибн Ҳориса, Жаъфар ибн Абу Толиб ва Абдуллоҳ ибн Равоҳалардир. Аллоҳ улардан рози бўлсин ва уларни рози қилсин. Хўш, сиз уларни танийсизми? Улар ҳақида ҳеч ўқиганмисиз, эшитганмисиз?

Мен ўзларининг сохта, тўқима қиссалaрини жар солиб, дунёга тарқатаётган французларни эмас, ўзларининг ҳақиқий, тарихий қаҳрамонларини унутаётган, йўқламаётган, ёдга олмаётган мусулмонларни айблайман. Французлар ўзларининг тўқима уч чавандозини мактабларда таълим бериб, мултфильмлар ишлаётган бир пайтда мусулмон болалари ва ҳатто ўсмирлари ўзларининг шонли тарихларидан мутлақо бехабар қолмоқдалар.

Мана шу кўргулик туфайли болаларимиз аллақандай ўргимчак одам (спайдерман) ёки афсонавий шахс (суперман) бўлишни орзу қиладилар. Қодисия жангида ёлғиз ўзи оқ филни ўлдириб, жасорат кўрсатган Қаъқаъ ибн Амр Тамимий эса бировнинг хаёлига ҳам келмайди. Ўргимчак одам (спайдерман) ўзи кимлигини биласизларми? У Нью-Йoрк шаҳарларини ҳимоя қиладиган тўқима яҳудийдир. Ҳатто шу ролни ижро этадиган актёр ҳам яҳудий бўлиши керак. Бу иш албатта, яҳудийларнинг зарарига эмас, фойдасига хизмат қилади. Зеро, унда яҳудий маданиятига, яҳудий вужудига нисбатан эҳтиром мужассамдир. Нима учун болаларимиз спонге бооб (спонж боб) каби мултфильмларни кўрадилар? Ахир бу мултфильмни кўришни болаларига Американинг ўзидаги айрим оилалар ҳам тақиқлайдилар-ку! Негаки, унда бир хил жинслилар никоҳи тарғиб этилади. Украина каби бир давлат болаларини эҳтиёт қилиш учун уни ТВ орқали эфирга узатишни қонунан тақиқлаган. Шуни биласизларми?! Мусулмон болаларичи? Наҳотки уларга намойиш қилиш мумкин бўлган мусулмон қаҳрамонлар бўлмаса?! Ё алҳазар!

Хўш, ҳозирги болаларимиз танийдиган, биладиган тарихий араб шахслар кимлар? Синдбодми, Аловуддинми ёки Алибобоми? Бу шахслар аввало тўқима образлар, қолаверса, улар араб ҳам эмас. Уларни ёзган одам “Минг бир кеча”нинг муаллифидир. Унинг-да арабларга ҳам, мусулмонларга ҳам ҳеч қандай алоқаси йўқ. Болаларимиз Аловуддиндан нимани ҳам ўрганарди? Унинг бор қиладиган иши сеҳрли чироқни сийпалаб, унинг ичидаги жинга истагини айтишдан ўзга нарса эмас. Халқи учун, миллати учун, ҳатто ўзи учун нима қилдики, болаларимиз ундан бирор ибрат олсалар. Алибободан нимани ўрганадилар. Қирқ қароқчининг одамлардан ўғирлаб олган бойликларини ўмаришними? Ва шу билан қирқ биринчи қароқчига айланишними?

Биз бу кўрсатувимизда шу вақтга қадар бўяб кўрсатилиб келинаётган исломий тарих воқеини ўзгартиришга, уни босиб олган ғуборларни кетказиб, буюкларнинг унутилган қиссаларини, кўрсатган қаҳрамонликларини намойиш этишга ҳаракат қиламиз. Улар нафақат Ислом тарихидаги, балки бутун инсоният тарихидаги ҳақиқий буюк шахслардир.

Тарихий ҳужум (тарихга қаратилган ҳужум) нафақат ҳозиримиз, балки ўтмишимизга – илдизимизга болта уришга уринмоқда. У тарих саҳнидаги вужудимизнинг устунларини йиқитиш мақсадида умматнинг ўз пешволарига бўлган ишончини заифлaштириш, унинг қалбига турли хил шак-шубҳалар солиш назарияси асосида иш олиб бормоқда. Аблаҳлар қаҳрамонларимизни жиноятчи қотилларга, олимларимизни эса савдойиларга айлантирмоқчи ёки энг камида уларни тарих саҳифасидан ўчириб юбориб, ўрнига хаёлий, тўқима қаҳрамонларни олиб келмоқчи бўлмоқдалар. Чунончи, Амр ибн Оcдек (Аллоҳ у кишидан рози бўлсин) буюк қўмондонни ҳарбий жиноятчи (уруш очиш жиноятини содир этган шахс)га чиқариб, Наполеондек ҳарбий жиноятчидан эса миллий қаҳрамон ясаб, у ҳақда мактабларда, бизнинг мактабларимизда дарс бермоқдалар. Учишга ҳаракат қилган Аббос ибн Фарнос савдойига чиқарилиб, худди шу ишни қилган Райддаги ака-укалар улуғланмоқда. Ҳолбуки, Аббос ибн Фарнос ўз мақсадига эришиб, учишга муваффақ бўлганди. Улар талқин қилаётганларидек, ўша пайтдаёқ ўлиб кетмаганди.

Ёшларимиз орасида Рембони танимайдигани бўлмаса керак. Аслида у Вьетнам мағлубиятидан кейин руҳиятни тетиклаштириш мақсадида ўйлаб топилган уйдирмадан бошқа нарса эмас. Бу билан мен уларни айбламоқчи эмасман. Зеро, ўзини ўзи ҳурмат қиладиган ҳар қандай давлатнинг шундай йўл тутиши табиий.

Во ажаб! Нима бўляпти ўзи! Наҳотки мусулмон ёшларимиз қаердаги асли йўқ, тўқима Рембони қаҳрамон деб билсалару, Рембодан кўра неча баробар каттароқ қаҳрамонликлар кўрсатган ҳақиқий тарихий қаҳрамонларни танимасалар?! Масалан, улуғ саҳоба Муҳаммад ибн Маслама каби довюраклар кўрсатган қаҳрамонликлар ақлларни лол қолдириб келган. Кўрсатувимизда ҳали бу ҳақда алоҳида тўхталиб ўтамиз, иншооллоҳ.

Че Геварага қойил қоладиган, фантастик ва танк остида қолса ҳам ўлмайдиган қаҳрамонлар ҳақидаги киноларга муккасидан кетган ёшларимизга бир саволим бор. Геваранинг ўзи эътироф этган бир ҳақиқатни биласизми? Исломий мағриб афсонаси ва амир Муҳаммад ибн Абдулкарим Хаттобий ҳақида ўқиганмисиз, эшитганмисиз? Геваранинг шахсан ўзи партизанлар урушини мана шу исломий қўмондондан ўрганганини эътироф этган. Ўша пайтда саҳобаларнинг фидойи гуруҳлари форсларнинг Тастур шаҳрини ишғол қилишда ер остидан, анҳорлару шалолалар остидан шаҳарга кириб борган эдилар.

Шуни эсдан чиқармайликки, тарихимиздан бегоналашаётганимизнинг асосий сабабларидан бири тарихимизга қаратилган ҳужумдир. Улар буюк Ислом тарихини бўяб кўрсатишга уриняптилар. Масалан, Аҳмад ибн Фазлон каби ноёб паҳлавонлар хотираси йўқ қилиниб, ўрнига Алибобо каби тўқима, сохта паҳлавонлар жойлаштириляпти. Шу билан тарихимизда жиноятчи қўмондонлару савдойи олимлар қоляпти, холос. Қаҳрамонларимиз эса сеҳрли чироқлару учар гиламларсиз ҳеч иш қила олмайдиган нотавонлар бўлиб қоляпти. Мусулмонмисан, тамом, қаҳрамон бўлишинг учун ё саҳрога чиқиб кетишинг ёки қоп-қоронғу ғорга кириб кетишинг лозим.

Ғанимлар қалбингизга шу ҳис-туйғуни экканларидан кейин ўзингиз сезмаган ҳолингизда намуна-ўрнак бўлиш неъматидан мосуво бўла бошлайсиз. Шу билан ёшларимизда руҳий синиш, жароҳатланиш пайдо бўлиб, алалоқибат, анави ғанимларга тобе бўлишдан ўзга чора қолмагандек туюла бошлайди. Ана шу пайтда сиз билан биз осонгина ачиган мевадек чиқиндига чиқамиз-қоламиз…

Лекин энди уларнинг бу номери ўтмайди. Энди замон ўзгарди. Энди ўз тарихимизни ўз қўлларимиз билан ёзурмиз. Энди Ислом умматининг асл ўғлонлари, тарих йўналишини ўзгартира олган буюк қаҳрамонлари ҳақидаги уйдирмалар йўқ қилинур, ғуборлар кетказилур…

Muqim Mahmud

TARIXSIZ KELAJAK ILDIZSIZ DARAXTDIR
(Arabchadan tarjima)

Frantsuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma 1844 yilda “Uch mushketyor” nomli bir roman yozadi. Romanda podshohning uch aroqxo‘r qo‘riqchilari yana bir to‘rtinchi sheriklari bilan birga Frantsiya qirolichasining bir topshirig‘ini bajaradilar. Xullas, frantsuzlar bu to‘qima sarguzashtlarni dunyoga tarqatib, uch aroqxo‘r frantsuz chavandozlaridan afsonaviy qahramonlar yasaydilar. Holbuki, ular o‘sha qissaning o‘zida ham maqtashga arzigulik hech ish qilmaydilar…

Endi e’tiboringizni shu hodisadan 1200 yil oldin yuz bergan boshqa bir voqeaga qaratsam. Bunisi to‘qima emas, tarix zarvaraqlariga bitilgan haqiqatdir. 3000 sonli islomiy mujohidlardan tuzilgan qo‘shin bilan uch asl chavandoz 200 000 qo‘shinli Rim imperiyasiga qarshi jang qilish uchun arab sahrosidan Shom diyorlari sari yo‘l oladi. Mana shu oz sonli qo‘shin tarixda misli ko‘rilmagan g‘alabaga erishdi va bu afsonaviy zafar jang maydonidagi shu uch asl chavandozning o‘z jonlarini fido qilishlari evaziga quchilgandi. Ular qandaydir bir podshoh yo‘lida emas, Frantsiya qirolichasi uchun emas, mana shu Dinning siz bilan bizga etib kelishi yo‘lida jon fido qilgandilar. Bu uch chavandoz Zayd ibn Horisa, Ja’far ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Ravohalardir. Alloh ulardan rozi bo‘lsin va ularni rozi qilsin. Xo‘sh, siz ularni taniysizmi? Ular haqida hech o‘qiganmisiz, eshitganmisiz?

Men o‘zlarining soxta, to‘qima qissalarini jar solib, dunyoga tarqatayotgan frantsuzlarni emas, o‘zlarining haqiqiy, tarixiy qahramonlarini unutayotgan, yo‘qlamayotgan, yodga olmayotgan musulmonlarni ayblayman. Frantsuzlar o‘zlarining to‘qima uch chavandozini maktablarda ta’lim berib, multfilьmlar ishlayotgan bir paytda musulmon bolalari va hatto o‘smirlari o‘zlarining shonli tarixlaridan mutlaqo bexabar qolmoqdalar.

Mana shu ko‘rgulik tufayli bolalarimiz allaqanday o‘rgimchak odam (spayderman) yoki afsonaviy shaxs (superman) bo‘lishni orzu qiladilar. Qodisiya jangida yolg‘iz o‘zi oq filni o‘ldirib, jasorat ko‘rsatgan Qa’qa’ ibn Amr Tamimiy esa birovning xayoliga ham kelmaydi. O‘rgimchak odam (spayderman) o‘zi kimligini bilasizlarmi? U Nьyu-York shaharlarini himoya qiladigan to‘qima yahudiydir. Hatto shu rolni ijro etadigan aktyor ham yahudiy bo‘lishi kerak. Bu ish albatta, yahudiylarning zarariga emas, foydasiga xizmat qiladi. Zero, unda yahudiy madaniyatiga, yahudiy vujudiga nisbatan ehtirom mujassamdir. Nima uchun bolalarimiz sponge boob (sponj bob) kabi multfilьmlarni ko‘radilar? Axir bu multfilьmni ko‘rishni bolalariga Amerikaning o‘zidagi ayrim oilalar ham taqiqlaydilar-ku! Negaki, unda bir xil jinslilar nikohi targ‘ib etiladi. Ukraina kabi bir davlat bolalarini ehtiyot qilish uchun uni TV orqali efirga uzatishni qonunan taqiqlagan. Shuni bilasizlarmi?! Musulmon bolalarichi? Nahotki ularga namoyish qilish mumkin bo‘lgan musulmon qahramonlar bo‘lmasa?! Yo alhazar!

Xo‘sh, hozirgi bolalarimiz taniydigan, biladigan tarixiy arab shaxslar kimlar? Sindbodmi, Alovuddinmi yoki Alibobomi? Bu shaxslar avvalo to‘qima obrazlar, qolaversa, ular arab ham emas. Ularni yozgan odam “Ming bir kecha”ning muallifidir. Uning-da arablarga ham, musulmonlarga ham hech qanday aloqasi yo‘q. Bolalarimiz Alovuddindan nimani ham o‘rganardi? Uning bor qiladigan ishi sehrli chiroqni siypalab, uning ichidagi jinga istagini aytishdan o‘zga narsa emas. Xalqi uchun, millati uchun, hatto o‘zi uchun nima qildiki, bolalarimiz undan biror ibrat olsalar. Alibobodan nimani o‘rganadilar. Qirq qaroqchining odamlardan o‘g‘irlab olgan boyliklarini o‘marishnimi? Va shu bilan qirq birinchi qaroqchiga aylanishnimi?

Biz bu ko‘rsatuvimizda shu vaqtga qadar bo‘yab ko‘rsatilib kelinayotgan islomiy tarix voqeini o‘zgartirishga, uni bosib olgan g‘uborlarni ketkazib, buyuklarning unutilgan qissalarini, ko‘rsatgan qahramonliklarini namoyish etishga harakat qilamiz. Ular nafaqat Islom tarixidagi, balki butun insoniyat tarixidagi haqiqiy buyuk shaxslardir.

Tarixiy hujum (tarixga qaratilgan hujum) nafaqat hozirimiz, balki o‘tmishimizga – ildizimizga bolta urishga urinmoqda. U tarix sahnidagi vujudimizning ustunlarini yiqitish maqsadida ummatning o‘z peshvolariga bo‘lgan ishonchini zaiflashtirish, uning qalbiga turli xil shak-shubhalar solish nazariyasi asosida ish olib bormoqda. Ablahlar qahramonlarimizni jinoyatchi qotillarga, olimlarimizni esa savdoyilarga aylantirmoqchi yoki eng kamida ularni tarix sahifasidan o‘chirib yuborib, o‘rniga xayoliy, to‘qima qahramonlarni olib kelmoqchi bo‘lmoqdalar. Chunonchi, Amr ibn Ocdek (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) buyuk qo‘mondonni harbiy jinoyatchi (urush ochish jinoyatini sodir etgan shaxs)ga chiqarib, Napoleondek harbiy jinoyatchidan esa milliy qahramon yasab, u haqda maktablarda, bizning maktablarimizda dars bermoqdalar. Uchishga harakat qilgan Abbos ibn Farnos savdoyiga chiqarilib, xuddi shu ishni qilgan Rayddagi aka-ukalar ulug‘lanmoqda. Holbuki, Abbos ibn Farnos o‘z maqsadiga erishib, uchishga muvaffaq bo‘lgandi. Ular talqin qilayotganlaridek, o‘sha paytdayoq o‘lib ketmagandi.

Yoshlarimiz orasida Remboni tanimaydigani bo‘lmasa kerak. Aslida u Vьetnam mag‘lubiyatidan keyin ruhiyatni tetiklashtirish maqsadida o‘ylab topilgan uydirmadan boshqa narsa emas. Bu bilan men ularni ayblamoqchi emasman. Zero, o‘zini o‘zi hurmat qiladigan har qanday davlatning shunday yo‘l tutishi tabiiy.

Vo ajab! Nima bo‘lyapti o‘zi! Nahotki musulmon yoshlarimiz qaerdagi asli yo‘q, to‘qima Remboni qahramon deb bilsalaru, Rembodan ko‘ra necha barobar kattaroq qahramonliklar ko‘rsatgan haqiqiy tarixiy qahramonlarni tanimasalar?! Masalan, ulug‘ sahoba Muhammad ibn Maslama kabi dovyuraklar ko‘rsatgan qahramonliklar aqllarni lol qoldirib kelgan. Ko‘rsatuvimizda hali bu haqda alohida to‘xtalib o‘tamiz, inshoolloh.

Che Gevaraga qoyil qoladigan, fantastik va tank ostida qolsa ham o‘lmaydigan qahramonlar haqidagi kinolarga mukkasidan ketgan yoshlarimizga bir savolim bor. Gevaraning o‘zi e’tirof etgan bir haqiqatni bilasizmi? Islomiy mag‘rib afsonasi va amir Muhammad ibn Abdulkarim Xattobiy haqida o‘qiganmisiz, eshitganmisiz? Gevaraning shaxsan o‘zi partizanlar urushini mana shu islomiy qo‘mondondan o‘rganganini e’tirof etgan. O‘sha paytda sahobalarning fidoyi guruhlari forslarning Tastur shahrini ishg‘ol qilishda er ostidan, anhorlaru shalolalar ostidan shaharga kirib borgan edilar.

Shuni esdan chiqarmaylikki, tariximizdan begonalashayotganimizning asosiy sabablaridan biri tariximizga qaratilgan hujumdir. Ular buyuk Islom tarixini bo‘yab ko‘rsatishga urinyaptilar. Masalan, Ahmad ibn Fazlon kabi noyob pahlavonlar xotirasi yo‘q qilinib, o‘rniga Alibobo kabi to‘qima, soxta pahlavonlar joylashtirilyapti. Shu bilan tariximizda jinoyatchi qo‘mondonlaru savdoyi olimlar qolyapti, xolos. Qahramonlarimiz esa sehrli chiroqlaru uchar gilamlarsiz hech ish qila olmaydigan notavonlar bo‘lib qolyapti. Musulmonmisan, tamom, qahramon bo‘lishing uchun yo sahroga chiqib ketishing yoki qop-qorong‘u g‘orga kirib ketishing lozim.

G‘animlar qalbingizga shu his-tuyg‘uni ekkanlaridan keyin o‘zingiz sezmagan holingizda namuna-o‘rnak bo‘lish ne’matidan mosuvo bo‘la boshlaysiz. Shu bilan yoshlarimizda ruhiy sinish, jarohatlanish paydo bo‘lib, alaloqibat, anavi g‘animlarga tobe bo‘lishdan o‘zga chora qolmagandek tuyula boshlaydi. Ana shu paytda siz bilan biz osongina achigan mevadek chiqindiga chiqamiz-qolamiz…

Lekin endi ularning bu nomeri o‘tmaydi. Endi zamon o‘zgardi. Endi o‘z tariximizni o‘z qo‘llarimiz bilan yozurmiz. Endi Islom ummatining asl o‘g‘lonlari, tarix yo‘nalishini o‘zgartira olgan buyuk qahramonlari haqidagi uydirmalar yo‘q qilinur, g‘uborlar ketkazilur…

Muqim Mahmud

 

Devami

30 odimda farzand tarbiyasi (1 Odim)

Биринчи одим

Солиҳ ота ва солиҳа она

Фарзанд тарбиясидаги бу одимларнинг биринчиси, энг муҳими ва асоси, “ОТА-ОНАНИНГ СОЛИҲ БЎЛИШИДИР”. Модомики улар солиҳ бўлсалар, фарзандлар ҳам солиҳ бўлишади. Ёшларимиз оталари берган тарбияга кўра улғаядилар. Ҳолбуки тарбияда она отадан олдин туради, чунки ота оила тебратиш ташвишида юраркан, фарзандлар билан узун замон бирга бўладиган она ҳисобланади ва шу сабабдан фарзанд тарбиясидаги энг оғир юк онанинг зиммасига тушади. Болаларни Исломга меҳр қўйиб, унга амал қилиш иштиёқида улғайишлари учун бу чечакларга яроқли ва унумдор тупроқ лозим бўлади. Мана шоир Шавқийга қулоқ тутинг:

Гар етиштирсанг, она бир мактаб

Унинг қўлида етишар яхши бир миллат.

Она шундай зотки, унинг даргоҳида олимлар, даъватчилар ва паҳлавон мужоҳидлар етишадиган илк мадрасадир. Солиҳа онанинг (умр йўлдошининг) жамиятнинг барпо бўлишида ва етук шахсларни етиштиришида буюк аҳамияти бўлганидан Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам солиҳа умр йўлдоши танлашга қизиқтирдилар ва тарғиб қилдилар:

“Аёл тўрт нарса учун никоҳга олинади: моли, насаби, ҳусни-жамоли ва дини учун. Шундай экан, диндорини танла, қўлинг тупроққа қорилгур (барака топкур)”, дедилар[1].

Умматга уламоларни дунёга келтирсин дея олима, солиҳа аёлни танлаган киши барака топсин!

Умматга ботирларни дунёга келтирсин дея мужоҳид аёлни танлаган киши барака топсин!

Умматга даъватчиларни дунёга келтирсин дея даъватчи аёлни танлаган киши барака топсин!

Умматга иботадгўйларни дунёга келтирсин дея художўй аёлни танлаган киши барака топсин!

Барака топсин…

Шунинг учун, болаларнинг шахсиятларининг шаклланишида ва бу динга хизмат қиладиган қилиб тарбиялашда оналарнинг зиммаларига улуғ ва буюк вазифалар тушмоқда. Албатта, бу масалада оталарнинг зиммаларига тушган вазифа ҳам оналарникидан кам эмас.

Муҳим танбеҳ:

Ота-оналар айрим масалаларга, айниқса болаларнинг шахсиятларининг шаклланишида катта таъсири бўлган масалаларга эътиборли бўлишлари керак. Бу масала ота-онанинг ҳамкорликда иш олиб боришларидир. Яъни ота-она фарзандларнинг кўз ўнгида кундалик дарсларни бериб боришлари ва қуйидагиларга риоя қилишлари лозим:

  1. Ота ва онанинг ҳар бири бир-бирини қадрлаши, ҳурмат қилиши лозим, айниқса фарзандлар олдида;
  2. Ота-она фарзандлар олдида сен-менга бормасликлари;
  3. Ота-она оила ҳақ-ҳуқуқларида пайғамбарона йўлга эргашишлари ва улардан ҳар бири ўз зиммасидаги ҳақ-ҳуқуқларга риоя қилишлари.

Болаларнинг шахсиятларининг шаклланишида ота-онанинг
солиҳ бўлишларининг аҳамиятига доир амалий мисол

Она ҳар доим муаззиннинг намозга азон айтганини эшитган заҳоти барча ишларини йиғиштиради ва фарзандларидан ҳам шуни талаб қилади ҳамда уларга “Агар биз намозни аввалги вақтида адо қилсак, Оллоҳ бизни яхши кўради”, дея ўргатади. Кейин таҳорат қилиб, намоз ўқийди.

Шу тариқа болажонлар илк болалик давридан бошлаб намозни ўз вақтида ўқишга одатланадилар. Нима учун дейсизми? Чунки улар ёшликларидан ким намозни вақтида ўқиса, Оллоҳ уни яхши кўришини ўрганганлар, шу сабабдан. Бу эса болалар осон тушуна оладиган маънолардан биридир.

Болаларнинг шахсиятларининг шаклланишида ота-онанинг аҳамиятига доир қиссалар

Исломнинг шонли тарихи бизлар учун болаларнинг ота-оналарнинг шахсиятларидан таъсирланганликларини ифодалаган намуналар ва қиссаларни ўзида мужассам қилган. Булар жулмасидан:

1) Абдуллоҳ ибн Зубайрнинг ота-онасининг (Оллоҳ улардан рози бўлсин) шижоатларидан таъсрлангани ва довюрак бўлиб етишгани:

Жасур ота: Зубайр ибн Аввомнинг (Оллоҳ ундан рози бўлсин) шижоати

Лайс Абул Асваддан, у Урвадан ривоят қилади. Урва айтади: “Зубайр саккиз ёшлигида мусулмон бўлди. Кунлардан бир кун Макканинг юқори томонида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам мушриклар томонидан ушланибди, деган шайтондан бўлган ёлғон хабар тарқалди. Шунда Зубайр қўлига қилич олганича остона ҳатлаб кўчага чиқди, ўшанда у ўн икки ёшда эди. Уни кўрганлар ҳайратланар ва “Қилич кўтарган болакайга қаранглар!” дер эдилар. Зубайр Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг олдиларига етиб келди. Буни кўрган Пайғамбар:

—    “Сенга нима бўлди, эй Зубайр?!” дедилар. Шунда Зубайр ҳолатни билдирди ва

—    “Сизни ушлаб турганни қиличим билан чопиб ташлагани келдим”, деб жавоб берди”.[2]

Жасур она: Асмо бинти Абу Бакрнинг (Оллоҳ улардан рози бўлсин) шижоати

Имом Заҳабий айтади: “Абул Муҳайят ибн Яъло Таймий бизга отасидан ривоят қилиб деди: “Маккага Ибн Зубайр ўлдирилгандан уч кундан кейин кирдим, унинг жасади осилган турарди. Шу пайт Ибн Зубайрнинг новчадан келган, кўзлари аъмо, кекса онаси келди ва Ҳажжожга:

—    “Суворийнинг (яъни, осилиб турган ўғлим Абдуллоҳнинг) пастга тушадиган пайти келмадими?” деди.

—    “Мана шу мунофиқни назарда тутяпсанми?” деди.

—    “Оллоҳга қасамки, у мунофиқ эмасди, билъакс саввом (кўп рўза тутувчи), қаввом (кечалари кўп намоз ўқувчи) яхши бир инсон эди”, деди.

—    “Эй кампир, бор кет бу ердан, ақлдан озибсан!” — деди Ҳажжож.

—    “Бекорларни айтибсан, Оллоҳга қасамки, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг “Сақифдан каззоб (қип-қизил ёлғончи) ва ҳалокат келтирувчи (кўп қон тўкувчи икки киши) чиқади”, деганларини эшитганимдан бери эс-ҳушим жойида”, деди Асмо”.[3]


Жасур ўғил: Мазкур ота-онанинг ўғли Абдуллоҳ ибн Зубайрнинг (Оллоҳ ундан рози бўлсин) шижоати

Исҳоқ ибн Абу Исҳоқ ривоят қилади: “Ибн Зубайр ўлдирилган кун ўша ерда эдим. Аскар масжид эшикларидан унинг устига бостириб кира бошлади. Ҳар қачон эшикдан бир тўп аскар кирганда Ибн Зубайр уларга ҳамла қилиб, уларни чиқариб ташларди. Аҳвол мана шу тарзда давом этаркан, тўсатдан масжиднинг айвонларидан бири Ибн Зубайрнинг бошига қулаб, уни ағдарди. У шу ҳолида қуйидагича хиргойи қиларди:

Эй Асмо, Асмо! Мен учун йиғламагин,

Ортимда қолди шарафу диним,

Яна ўнг қўлимда тутганим кескир қиличим.[4]


2) Фузайл ибн Иёзнинг ўғли Алининг отасидан таъсирлангани:

Оллоҳдан қўрқувчи ота: Фузайл ибн Иёзнинг (Оллоҳ уни раҳмат қилсин) Оллоҳ азза ва жалладан қандай қўрққанлиги

Муҳаммад ибн Ноҳия ривоят қилади: “Бомдод намозида Фузайлнинг орқасида намоз ўқидим. У “Ҳааққо” сурасини ўқиди ва (Оллоҳ жаҳаннам қўриқчиларига дерки): “Уни ушлаб, кишанланглар!” оятига келганда ўзини йиғидан тўхтата олмай қолди…”.[5]

Исҳоқ ибн Иброҳим Табарий ривоят қилади: “Фузайлдан кўра ўзи учун хавфсираган, одамларга эса умидвор бўлган бирор кишини кўрмадим. Унинг қироати гўёинки бир кишига хитоб қилаётгандек, кишининг раҳмини келтирадиган, ёқимли, оҳиста ва дона-дона эди. Агар жаннат зикр қилинган оятга келса, уни такрор-такрор ўқирди”.[6]

Оллоҳдан қўрқувчи ўғил: Али ибн Фузайл ибн Иёзнинг (Оллоҳ уни раҳмат қилсин) Оллоҳ азза ва жалладан қандай қўрққанлиги

Абу Бакр ибн Айёшдан ривоят қилинади: “Шом намозини Фузайл ибн Иёзнинг орқасида ўқидим. Ўғли Али ёнида эди. Фузайл Такосур сурасини ўқиди: “1-2. (Эй инсонлар), сизлар то қабрларни зиёрат қилгунларингизча (яъни ўлиб, қабрга киргунларингизча) сизларни (мол-дунё) тўплаб-кўпайтириш (Оллоҳга тоат-ибодат қилишдан) машғул қилди! 3. Йўқ, сизлар яқинда (бу қилмишларингизнинг оқибатини) билурсизлар! 4. Яна бир бор йўқ, сизлар яқинда билурсизлар. 5. Йўқ, агар сизлар (дунёга қул бўлиб қолишнинг оқибати нима эканлигини) аниқ билиш билан билсаларингиз эди (унга қул бўлиб қолмас эдингизлар)! 6. Қасамки, албатта сизлар дўзахни кўрурсизлар!”.

У “Қасамки, албатта сизлар дўзахни кўрурсизлар!”, оятини ўқиганида Али ҳушидан кетиб, юзтубан йиқилди. Фузайл шу оятда тўхтади”.[7]

Абу Сулаймон Дороний айтади: “Али ибн Фузайл Қориъа сурасини ўқишни ҳам, ҳузурида ўқилишини ҳам кўтара олмасди”.[8]

3) Ҳабиб ибн Зайднинг ота-онасидан таъсирлангани:

Фидокор она: Умму Сулаймнинг (Оллоҳ ундан рози бўлсин) Абу Талҳанинг ҳидоятга келишига ўзини фидо қилгани

Анасдан (Оллоҳ ундан рози бўлсин) ривоят қилинади: “Абу Талҳа Умму Сулаймга оғиз солди. Умму Сулайм мушрикка турмушга чиқиши мумкин эмаслигини айтди…

Кейин шундай деди: “Эй Абу Талҳа! Сизларнинг бутларингизни Фалончи оиланинг қули йўниб, ясаганини ва бордию уларга ўт қўйсангиз ёниб кул бўлишини билмайсанми?”

Анас айтади: “Абу Талҳа қалбида мана шу ўйлар билан чиқиб кетди, бир муддатдан кейин яна келди-да “Сенинг таклифингни (яъни Исломга киришни) қабул қилдим”, деди. Шундай қилиб, Умму Сулаймнинг маҳри Абу Талҳанинг Исломга киришининг ўзи бўлди, холос”.[9]

Фидокор ота: Абу Талҳа Зайд Ансорийнинг (Оллоҳ ундан рози бўлсин) ўзини Пайғамбарга фидо қилгани

Анасдан (Оллоҳ ундан рози бўлсин) ривоят қилинади: “Уҳуд куни одамлар Набий соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг атрофидан тарқалиб кетдилар, Абу Талҳа эса Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ёнларида туриб, у зотни қалқони билан ҳимоя қилди. Абу Талҳа камон ипини қаттиқ тортувчи камонкаш эди, у ўша куни икки ёки уч камонни синдирди. Шу аснода ўқ тўла садоқ (ўқдон) билан бир киши ўтиб қолди. Пайғамбар алайҳиссалоту вассалом унга: “Абу Талҳанинг садоғини тўлдириб кет”, дедилар.

Сўнгра Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам одамларга қарамоқчи бўлиб бошларини кўтардилар, шунда Абу Талҳа: “Ота-онам сизга фидо бўлсин, бошингизни кўтарманг, мушрикларнинг дайди ўқи тегиши мумкин. Жоним сизга фидо бўлсин!” деди”.[10]

Шаҳид ўғил: Ҳабиб ибн Зайднинг (Оллоҳ ундан рози бўлсин) Оллоҳ йўлида жонини фидо қилгани

Ибн Касир (Оллоҳ уни раҳмат қилсин) ўзининг “ал-Бидоя ван-Ниҳоя” китобида шундай дейди: “Ҳабиб ибн Зайдни Мусайлима Каззоб ўлдирди. Воқеа шундай бўлган эди: Мусайлима Каззоб унга:

—    “Муҳаммадни Оллоҳнинг расули деб гувоҳлик берасанми?” — деди. У:

—    “Ҳа”, деди.

—    “Ундай бўлса, мени ҳам Оллоҳнинг расули деб гувоҳлик берасанми?” — деди. У:

—    “Мен эшитмаяпман”, деди.

Шунда Мусайлима унинг аъзоларини бирма-бир кесишни бошлади, у эса ўша гапидан бошқа нарсани айтмасди. Ҳабиб охири унинг қўлида жон берди”.[11]


[1] Саҳиҳул Бухорий (5090), “Никоҳ китоби”.

[2] Сияру аълам ан-нубала (1/41-42).

[3] Сияру аълам ан-нубала (2/294).

[4] Сияру аълам ан-нубала (3/377).

[5] Сияру аълам ан-нубала (8/444).

[6] Сияру аълам ан-нубала (8/427-428).

[7] Сияру аълам ан-нубала (8/443-444).

[8] Сияру аълам ан-нубала (8/445).

[9] Сияру аълам ан-нубала (2/306).

[10] Бухорий (3811), Фатҳул Борий (7/506).

[11] Ал-Бидоя ван-Ниҳоя (3/116).

Manba: IslamHouse.com/Uzbek

—————-

 

Birinchi odim

Solih ota va soliha ona

Farzand tarbiyasidagi bu odimlarning birinchisi, eng muhimi va asosi, “OTA-ONANING SOLIH BO‘LIShIDIR”. Modomiki ular solih bo‘lsalar, farzandlar ham solih bo‘lishadi. Yoshlarimiz otalari bergan tarbiyaga ko‘ra ulg‘ayadilar. Holbuki tarbiyada ona otadan oldin turadi, chunki ota oila tebratish tashvishida yurarkan, farzandlar bilan uzun zamon birga bo‘ladigan ona hisoblanadi va shu sababdan farzand tarbiyasidagi eng og‘ir yuk onaning zimmasiga tushadi. Bolalarni Islomga mehr qo‘yib, unga amal qilish ishtiyoqida ulg‘ayishlari uchun bu chechaklarga yaroqli va unumdor tuproq lozim bo‘ladi. Mana shoir Shavqiyga quloq tuting:

Gar etishtirsang, ona bir maktab

Uning qo‘lida etishar yaxshi bir millat.

Ona shunday zotki, uning dargohida olimlar, da’vatchilar va pahlavon mujohidlar etishadigan ilk madrasadir. Soliha onaning (umr yo‘ldoshining) jamiyatning barpo bo‘lishida va etuk shaxslarni etishtirishida buyuk ahamiyati bo‘lganidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam soliha umr yo‘ldoshi tanlashga qiziqtirdilar va targ‘ib qildilar:

“Ayol to‘rt narsa uchun nikohga olinadi: moli, nasabi, husni-jamoli va dini uchun. Shunday ekan, dindorini tanla, qo‘ling tuproqqa qorilgur (baraka topkur)”, dedilar[1].

Ummatga ulamolarni dunyoga keltirsin deya olima, soliha ayolni tanlagan kishi baraka topsin!

Ummatga botirlarni dunyoga keltirsin deya mujohid ayolni tanlagan kishi baraka topsin!

Ummatga da’vatchilarni dunyoga keltirsin deya da’vatchi ayolni tanlagan kishi baraka topsin!

Ummatga ibotadgo‘ylarni dunyoga keltirsin deya xudojo‘y ayolni tanlagan kishi baraka topsin!

Baraka topsin…

Shuning uchun, bolalarning shaxsiyatlarining shakllanishida va bu dinga xizmat qiladigan qilib tarbiyalashda onalarning zimmalariga ulug‘ va buyuk vazifalar tushmoqda. Albatta, bu masalada otalarning zimmalariga tushgan vazifa ham onalarnikidan kam emas.

Muhim tanbeh:

Ota-onalar ayrim masalalarga, ayniqsa bolalarning shaxsiyatlarining shakllanishida katta ta’siri bo‘lgan masalalarga e’tiborli bo‘lishlari kerak. Bu masala ota-onaning hamkorlikda ish olib borishlaridir. Ya’ni ota-ona farzandlarning ko‘z o‘ngida kundalik darslarni berib borishlari va quyidagilarga rioya qilishlari lozim:

Ota va onaning har biri bir-birini qadrlashi, hurmat qilishi lozim, ayniqsa farzandlar oldida;
Ota-ona farzandlar oldida sen-menga bormasliklari;
Ota-ona oila haq-huquqlarida payg‘ambarona yo‘lga ergashishlari va ulardan har biri o‘z zimmasidagi haq-huquqlarga rioya qilishlari.
Bolalarning shaxsiyatlarining shakllanishida ota-onaning
solih bo‘lishlarining ahamiyatiga doir amaliy misol

Ona har doim muazzinning namozga azon aytganini eshitgan zahoti barcha ishlarini yig‘ishtiradi va farzandlaridan ham shuni talab qiladi hamda ularga “Agar biz namozni avvalgi vaqtida ado qilsak, Olloh bizni yaxshi ko‘radi”, deya o‘rgatadi. Keyin tahorat qilib, namoz o‘qiydi.

Shu tariqa bolajonlar ilk bolalik davridan boshlab namozni o‘z vaqtida o‘qishga odatlanadilar. Nima uchun deysizmi? Chunki ular yoshliklaridan kim namozni vaqtida o‘qisa, Olloh uni yaxshi ko‘rishini o‘rganganlar, shu sababdan. Bu esa bolalar oson tushuna oladigan ma’nolardan biridir.

Bolalarning shaxsiyatlarining shakllanishida ota-onaning ahamiyatiga doir qissalar

Islomning shonli tarixi bizlar uchun bolalarning ota-onalarning shaxsiyatlaridan ta’sirlanganliklarini ifodalagan namunalar va qissalarni o‘zida mujassam qilgan. Bular julmasidan:

1) Abdulloh ibn Zubayrning ota-onasining (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) shijoatlaridan ta’srlangani va dovyurak bo‘lib etishgani:

Jasur ota: Zubayr ibn Avvomning (Olloh undan rozi bo‘lsin) shijoati

Lays Abul Asvaddan, u Urvadan rivoyat qiladi. Urva aytadi: “Zubayr sakkiz yoshligida musulmon bo‘ldi. Kunlardan bir kun Makkaning yuqori tomonida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mushriklar tomonidan ushlanibdi, degan shaytondan bo‘lgan yolg‘on xabar tarqaldi. Shunda Zubayr qo‘liga qilich olganicha ostona hatlab ko‘chaga chiqdi, o‘shanda u o‘n ikki yoshda edi. Uni ko‘rganlar hayratlanar va “Qilich ko‘targan bolakayga qaranglar!” der edilar. Zubayr Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldilariga etib keldi. Buni ko‘rgan Payg‘ambar:

— “Senga nima bo‘ldi, ey Zubayr?!” dedilar. Shunda Zubayr holatni bildirdi va

— “Sizni ushlab turganni qilichim bilan chopib tashlagani keldim”, deb javob berdi”.[2]

Jasur ona: Asmo binti Abu Bakrning (Olloh ulardan rozi bo‘lsin) shijoati

Imom Zahabiy aytadi: “Abul Muhayyat ibn Ya’lo Taymiy bizga otasidan rivoyat qilib dedi: “Makkaga Ibn Zubayr o‘ldirilgandan uch kundan keyin kirdim, uning jasadi osilgan turardi. Shu payt Ibn Zubayrning novchadan kelgan, ko‘zlari a’mo, keksa onasi keldi va Hajjojga:

— “Suvoriyning (ya’ni, osilib turgan o‘g‘lim Abdullohning) pastga tushadigan payti kelmadimi?” dedi.

— “Mana shu munofiqni nazarda tutyapsanmi?” dedi.

— “Ollohga qasamki, u munofiq emasdi, bil’aks savvom (ko‘p ro‘za tutuvchi), qavvom (kechalari ko‘p namoz o‘quvchi) yaxshi bir inson edi”, dedi.

— “Ey kampir, bor ket bu erdan, aqldan ozibsan!” — dedi Hajjoj.

— “Bekorlarni aytibsan, Ollohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning “Saqifdan kazzob (qip-qizil yolg‘onchi) va halokat keltiruvchi (ko‘p qon to‘kuvchi ikki kishi) chiqadi”, deganlarini eshitganimdan beri es-hushim joyida”, dedi Asmo”.[3]

 

Jasur o‘g‘il: Mazkur ota-onaning o‘g‘li Abdulloh ibn Zubayrning (Olloh undan rozi bo‘lsin) shijoati

Ishoq ibn Abu Ishoq rivoyat qiladi: “Ibn Zubayr o‘ldirilgan kun o‘sha erda edim. Askar masjid eshiklaridan uning ustiga bostirib kira boshladi. Har qachon eshikdan bir to‘p askar kirganda Ibn Zubayr ularga hamla qilib, ularni chiqarib tashlardi. Ahvol mana shu tarzda davom etarkan, to‘satdan masjidning ayvonlaridan biri Ibn Zubayrning boshiga qulab, uni ag‘dardi. U shu holida quyidagicha xirgoyi qilardi:

Ey Asmo, Asmo! Men uchun yig‘lamagin,

Ortimda qoldi sharafu dinim,

Yana o‘ng qo‘limda tutganim keskir qilichim.”[4]

 

2) Fuzayl ibn Iyozning o‘g‘li Alining otasidan ta’sirlangani:

Ollohdan qo‘rquvchi ota: Fuzayl ibn Iyozning (Olloh uni rahmat qilsin) Olloh azza va jalladan qanday qo‘rqqanligi

Muhammad ibn Nohiya rivoyat qiladi: “Bomdod namozida Fuzaylning orqasida namoz o‘qidim. U “Haaqqo” surasini o‘qidi va “(Olloh jahannam qo‘riqchilariga derki): “Uni ushlab, kishanlanglar!” oyatiga kelganda o‘zini yig‘idan to‘xtata olmay qoldi…”.[5]

Ishoq ibn Ibrohim Tabariy rivoyat qiladi: “Fuzayldan ko‘ra o‘zi uchun xavfsiragan, odamlarga esa umidvor bo‘lgan biror kishini ko‘rmadim. Uning qiroati go‘yoinki bir kishiga xitob qilayotgandek, kishining rahmini keltiradigan, yoqimli, ohista va dona-dona edi. Agar jannat zikr qilingan oyatga kelsa, uni takror-takror o‘qirdi”.[6]

Ollohdan qo‘rquvchi o‘g‘il: Ali ibn Fuzayl ibn Iyozning (Olloh uni rahmat qilsin) Olloh azza va jalladan qanday qo‘rqqanligi

Abu Bakr ibn Ayyoshdan rivoyat qilinadi: “Shom namozini Fuzayl ibn Iyozning orqasida o‘qidim. O‘g‘li Ali yonida edi. Fuzayl Takosur surasini o‘qidi: “1-2. (Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Ollohga toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi! 3. Yo‘q, sizlar yaqinda (bu qilmishlaringizning oqibatini) bilursizlar! 4. Yana bir bor yo‘q, sizlar yaqinda bilursizlar. 5. Yo‘q, agar sizlar (dunyoga qul bo‘lib qolishning oqibati nima ekanligini) aniq bilish bilan bilsalaringiz edi (unga qul bo‘lib qolmas edingizlar)! 6. Qasamki, albatta sizlar do‘zaxni ko‘rursizlar!”.

U “Qasamki, albatta sizlar do‘zaxni ko‘rursizlar!”, oyatini o‘qiganida Ali hushidan ketib, yuztuban yiqildi. Fuzayl shu oyatda to‘xtadi”.[7]

Abu Sulaymon Doroniy aytadi: “Ali ibn Fuzayl Qori’a surasini o‘qishni ham, huzurida o‘qilishini ham ko‘tara olmasdi”.[8]

3) Habib ibn Zaydning ota-onasidan ta’sirlangani:

Fidokor ona: Ummu Sulaymning (Olloh undan rozi bo‘lsin) Abu Talhaning hidoyatga kelishiga o‘zini fido qilgani

Anasdan (Olloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qilinadi: “Abu Talha Ummu Sulaymga og‘iz soldi. Ummu Sulaym mushrikka turmushga chiqishi mumkin emasligini aytdi…

Keyin shunday dedi: “Ey Abu Talha! Sizlarning butlaringizni Falonchi oilaning quli yo‘nib, yasaganini va bordiyu ularga o‘t qo‘ysangiz yonib kul bo‘lishini bilmaysanmi?”

Anas aytadi: “Abu Talha qalbida mana shu o‘ylar bilan chiqib ketdi, bir muddatdan keyin yana keldi-da “Sening taklifingni (ya’ni Islomga kirishni) qabul qildim”, dedi. Shunday qilib, Ummu Sulaymning mahri Abu Talhaning Islomga kirishining o‘zi bo‘ldi, xolos”.[9]

Fidokor ota: Abu Talha Zayd Ansoriyning (Olloh undan rozi bo‘lsin) o‘zini Payg‘ambarga fido qilgani

Anasdan (Olloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qilinadi: “Uhud kuni odamlar Nabiy sollallohu alayhi va sallamning atrofidan tarqalib ketdilar, Abu Talha esa Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning yonlarida turib, u zotni qalqoni bilan himoya qildi. Abu Talha kamon ipini qattiq tortuvchi kamonkash edi, u o‘sha kuni ikki yoki uch kamonni sindirdi. Shu asnoda o‘q to‘la sadoq (o‘qdon) bilan bir kishi o‘tib qoldi. Payg‘ambar alayhissalotu vassalom unga: “Abu Talhaning sadog‘ini to‘ldirib ket”, dedilar.

So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam odamlarga qaramoqchi bo‘lib boshlarini ko‘tardilar, shunda Abu Talha: “Ota-onam sizga fido bo‘lsin, boshingizni ko‘tarmang, mushriklarning daydi o‘qi tegishi mumkin. Jonim sizga fido bo‘lsin!” dedi”.[10]

Shahid o‘g‘il: Habib ibn Zaydning (Olloh undan rozi bo‘lsin) Olloh yo‘lida jonini fido qilgani

Ibn Kasir (Olloh uni rahmat qilsin) o‘zining “al-Bidoya van-Nihoya” kitobida shunday deydi: “Habib ibn Zaydni Musaylima Kazzob o‘ldirdi. Voqea shunday bo‘lgan edi: Musaylima Kazzob unga:

— “Muhammadni Ollohning rasuli deb guvohlik berasanmi?” — dedi. U:

— “Ha”, dedi.

— “Unday bo‘lsa, meni ham Ollohning rasuli deb guvohlik berasanmi?” — dedi. U:

— “Men eshitmayapman”, dedi.

Shunda Musaylima uning a’zolarini birma-bir kesishni boshladi, u esa o‘sha gapidan boshqa narsani aytmasdi. Habib oxiri uning qo‘lida jon berdi”.[11]
[1] Sahihul Buxoriy (5090), “Nikoh kitobi”.

[2] Siyaru a’lam an-nubala (1/41-42).

[3] Siyaru a’lam an-nubala (2/294).

[4] Siyaru a’lam an-nubala (3/377).

[5] Siyaru a’lam an-nubala (8/444).

[6] Siyaru a’lam an-nubala (8/427-428).

[7] Siyaru a’lam an-nubala (8/443-444).

[8] Siyaru a’lam an-nubala (8/445).

[9] Siyaru a’lam an-nubala (2/306).

[10] Buxoriy (3811), Fathul Boriy (7/506).

[11] Al-Bidoya van-Nihoya (3/116).

 

Manba: IslamHouse.com/Uzbek

Devami

Bulutlardan o’zmiş himmatlar (Bulutları geçen himmetler) -2

Ҳимматнинг турлилиги ва унинг жаннат талаби ҳамда дунё талабига таъсири

Ибнул Қаййим роҳимаҳуллоҳ айтадилар: «Аллоҳга қасамки, ҳимматлар нақадар муҳим ва улар бир-биридан нақадар фарқли! Баъзи ҳимматлар аршга осилган бўлса, баъзилари ҳожатхона атрофида айланади». Йигитлардан бир гуруҳи Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига келдилар, улардан ҳар бирининг ўз истаги бор эди. Бири шафоат-ҳомийлик истаса, бошқаси молу дунё истагида ва яна бири ҳожати битишини истарди. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам эса улардан иккисининг истакларини бажардилар. Учинчиларига навбат келганда, у Пайғамбари- миз соллаллоҳу алайҳи ва салламга: «Сиздан бир истагим бор, фақат бу ўз ўртамизда бўлсин», – деди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бу олийҳиммат йигитга қараб:

— Нима истагинг бор.

— Мен сиздан молу дунё ёки дунёвий бир ҳожат истамайман. Мен сиздан фақат бир нарса сўрайман.

— Нима нарса экан?

— Жаннатда сиз билан бирга бўлишни истайман.

Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам унга йўл кўрсатдилар ва:

— Бу тилагинг амалга ошиши учун кўп намоз ўқиб менга ёрдам бер. Чунки сен Аллоҳга ҳар сажда қилганингда, Аллоҳ таоло у сабабли сенинг даражангни бир поғона кўтаради ва шу сабабли сенинг бир гуноҳингдан ўтади.

Ҳимматлар инсонни ҳаракатга келтиради. Фалончи билан тугунчининг фарқига бир назар солинг! Нимага фалончи жуда қаттиқ совуқда иссиқ жойини ташлаб, Аллоҳнинг жарчисига (муаззинга) лаббай, деб ижобат қилади. У ўз парвардигори таборака ва таолонинг жарчисига қулоқ солиб, шаҳвати ва жойини ташлашига уни нима ундади?! Айни пайтда тугунчи Аллоҳнинг жарчиси «Намоз уйқудан афзал!», – деб жар солганини эшита туриб, ўрнидан тура олмади, ҳолбуки, у намозга чиқмаслиги сабабли мунофиқлар сафига қўшилиб қолишини яхши билади. Фалончини ҳаромдан бир сўм ҳам олмайдиган, тугучини эса ҳалолданми ё ҳаромдан еяётганига эътибор бермайдиган қилиб қўйган нарса нима? Унисини тоат қилишга нима ундамаоқдаю, бунисини тоатдан нима тўсиб қўймоқда? Унисини нима ҳаромдан тийиб қўймоқдаю бунисини ҳаром ишларни қилишига солиб қўйяётган нима? Бу жаннатдан бошқасини эваз бўлишига рози бўлмайдиган олий ҳимматлардир! Шунинг учун ҳам Ибнул Жавзий роҳимаҳуллоҳ айтганлар: «Умр жуда ҳам қимматбаҳо, уни жаннатдан бошқасига алиштирма!» Инсонлар икки турли бўлади, учинчиси йўқ: «Орангизда дунё истаган кишилар ҳам, охират истаган кишилар ҳам бор». Улар бир-бирларидан фарқлидирлар. Айтилган сўздан кўра қилинган ишниннг таъсири каттароқ. Бир мураббий фарзандларидан бирига айтган экан: «Сенинг асосий ғаминг асло еб-ичиш, турар жой ва уйланиш бўлмасин. Булар нафснинг ғами, қалбнинг ғами қаерда қолади? Ҳақиқий ғаминг – сени ғамга солган нарсадир. Шундай экан сенинг ғаминг Аллоҳнинг розилиги ва охират ҳовлисидаги саодатмандлик бўлсин!»

Умар ибн Абдулазизнинг ҳиммати

Умар ибн Абдулазиз олий ҳиммати билан қандай қилиб улуғлар сафига қўшила олгани ҳақида сўров бўлди. У ўзининг қисқа халифалик даврида Хулафои Рошидинларнинг бешинчиси бўла олди. Унинг халифалиги икки йил, беш ой ва бир неча саноқли кунлар давом этган, холос. Лекин у шу вақтда қанча нарсани амалга оширгани Аллоҳга аён. Одамлар ўзаро бир-бирларидан сўрашади, қандай қилиб Умар Ибн Абдулазиз бунчалик ишларни амалга ошира олди? Жавоб шу эдики, у ҳар бир қадамини Ёлғиз Аллоҳ учун деган ниятда ташлаган. Ўз ҳаётини Аллоҳ таборака ва таоло учун бахшида қилган эди. Шу сабабдан бир ўзи қисқа вақт ичида, узоқ йиллар мобайнида бир қанча қавмлар қила олмаган ишларни рўёбга чиқарди. У киши амир бўлишидан илгари аёли Фотимага: «Эй Фотима, менинг ўч нафсим амирликни истаябди», – дер эди ва амир ҳам бўлди. Амир бўлганидан кейин ҳимматлари юксалиб кетди ва аёлига: «Эй Фотима, менинг ўч нафсим халифаликни истаябди», – деди ва халифаликка ҳам эришди. Барча мусулмонларга, қирқдан ортиқ ислом диёрларига амир бўлди. Ер юзининг шарқию ғарби у кишининг қўл остида, у кишига тобе бўлди. Халифа бўлганидан кейин ҳиммати янада юксалди ва аёлига: «Эй Фотима, менинг ўч нафсим жаннатни истаябди”, – деди ва жаннат сари интилиб, жаннат учун амал қилди. Ҳайит куни жон чиқиш вақти яқинлашганда одамларни ҳузуридан чиқиб кетишга буюрди. Улар чиқдилар ва кимнингдир ушбу оятни ўқиганини эшитдилар: «Биз ўша охират диёрини ер юзида зулму-зўравонлик ва бузғунчилик қилишни истамайдиган кишилар учун қилурмиз. Оқибат тақво қилувчи кишиларникидир». Аллоҳ унинг ажрларини мўл қилиб берсин. Унинг мақсади пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганларидек ягона эди: «Ким ғамларни битта ғам — охират ғами — қилса, Аллоҳ таоло унинг дунё ва охират ғамларини аритади».

(Давоми бор)

Манба: IslamNuri.com

Himmatning turliligi va uning jannat talabi ham da dunyo talabiga ta’siri

Ibnul Qayyim rohimahulloh aytadilar: «Allohga qasamki, himmatlar naqadar muhim va ular bir-biridan naqadar farqli! Ba’zi himmatlar arshga osilgan bo‘lsa, ba’zilari hojatxona atrofida aylanadi». Yigitlardan bir guruhi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, ulardan har birining o‘z istagi bor edi. Biri shafoat-homiylik istasa, boshqasi molu dunyo istagida va yana biri hojati bitishini istardi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam esa ulardan ikkisining istaklarini bajardilar. Uchinchilariga navbat kelganda, u Payg‘ambari- miz sollallohu alayhi va sallamga: «Sizdan bir istagim bor, faqat bu o‘z o‘rtamizda bo‘lsin», – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu oliyhimmat yigitga qarab:

— Nima istaging bor.

— Men sizdan molu dunyo yoki dunyoviy bir hojat istamayman. Men sizdan faqat bir narsa so‘rayman.

— Nima narsa ekan?

— Jannatda siz bilan birga bo‘lishni istayman.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam unga yo‘l ko‘rsatdilar va:

— Bu tilaging amalga oshishi uchun ko‘p namoz o‘qib menga yordam ber. Chunki sen Allohga har sajda qilganingda, Alloh taolo u sababli sening darajangni bir pog‘ona ko‘taradi va shu sababli sening bir gunohingdan o‘tadi.

Himmatlar insonni harakatga keltiradi. Falonchi bilan tugunchining farqiga bir nazar soling! Nimaga falonchi juda qattiq sovuqda issiq joyini tashlab, Allohning jarchisiga (muazzinga) labbay, deb ijobat qiladi. U o‘z parvardigori taboraka va taoloning jarchisiga quloq solib, shahvati va joyini tashlashiga uni nima undadi?! Ayni paytda tugunchi Allohning jarchisi «Namoz uyqudan afzal!», – deb jar solganini eshita turib, o‘rnidan tura olmadi, holbuki, u namozga chiqmasligi sababli munofiqlar safiga qo‘shilib qolishini yaxshi biladi. Falonchini haromdan bir so‘m ham olmaydigan, tuguchini esa haloldanmi yo haromdan yeyayotganiga e’tibor bermaydigan qilib qo‘ygan narsa nima? Unisini toat qilishga nima undamaoqdayu, bunisini toatdan nima to‘sib qo‘ymoqda? Unisini nima haromdan tiyib qo‘ymoqdayu bunisini harom ishlarni qilishiga solib qo‘yyayotgan nima? Bu jannatdan boshqasini evaz bo‘lishiga rozi bo‘lmaydigan oliy himmatlardir! Shuning uchun ham Ibnul Javziy rohimahulloh aytganlar: «Umr juda ham qimmatbaho, uni jannatdan boshqasiga alishtirma!» Insonlar ikki turli bo‘ladi, uchinchisi yo‘q: «Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor». Ular bir-birlaridan farqlidirlar. Aytilgan so‘zdan ko‘ra qilingan ishninng ta’siri kattaroq. Bir murabbiy farzandlaridan biriga aytgan ekan: «Sening asosiy g‘aming aslo yeb-ichish, turar joy va uylanish bo‘lmasin. Bular nafsning g‘ami, qalbning g‘ami qayerda qoladi? Haqiqiy g‘aming – seni g‘amga solgan narsadir. Shunday ekan sening g‘aming Allohning roziligi va oxirat hovlisidagi saodatmandlik bo‘lsin!»

Umar ibn Abdulazizning himmati

Umar ibn Abdulaziz oliy himmati bilan qanday qilib ulug‘lar safiga qo‘shila olgani haqida so‘rov bo‘ldi. U o‘zining qisqa xalifalik davrida Xulafoi Roshidinlarning beshinchisi bo‘la oldi. Uning xalifaligi ikki yil, besh oy va bir necha sanoqli kunlar davom etgan, xolos. Lekin u shu vaqtda qancha narsani amalga oshirgani Allohga ayon. Odamlar o‘zaro bir-birlaridan so‘rashadi, qanday qilib Umar Ibn Abdulaziz bunchalik ishlarni amalga oshira oldi? Javob shu ediki, u har bir qadamini Yolg‘iz Alloh uchun degan niyatda tashlagan. O‘z hayotini Alloh taboraka va taolo uchun baxshida qilgan edi. Shu sababdan bir o‘zi qisqa vaqt ichida, uzoq yillar mobaynida bir qancha qavmlar qila olmagan ishlarni ro‘yobga chiqardi. U kishi amir bo‘lishidan ilgari ayoli Fotimaga: «Ey Fotima, mening o‘ch nafsim amirlikni istayabdi», – der edi va amir ham bo‘ldi. Amir bo‘lganidan keyin himmatlari yuksalib ketdi va ayoliga: «Ey Fotima, mening o‘ch nafsim xalifalikni istayabdi», – dedi va xalifalikka ham erishdi. Barcha musulmonlarga, qirqdan ortiq islom diyorlariga amir bo‘ldi. Yer yuzining sharqiyu g‘arbi u kishining qo‘l ostida, u kishiga tobe bo‘ldi. Xalifa bo‘lganidan keyin himmati yanada yuksaldi va ayoliga: «Ey Fotima, mening o‘ch nafsim jannatni istayabdi”, – dedi va jannat sari intilib, jannat uchun amal qildi. Hayit kuni jon chiqish vaqti yaqinlashganda odamlarni huzuridan chiqib ketishga buyurdi. Ular chiqdilar va kimningdir ushbu oyatni o‘qiganini eshitdilar: «Biz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida zulmu-zo‘ravonlik va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qiluvchi kishilarnikidir». Alloh uning ajrlarini mo‘l qilib bersin. Uning maqsadi payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlaridek yagona edi: «Kim g‘amlarni bitta g‘am — oxirat g‘ami — qilsa, Alloh taolo uning dunyo va oxirat g‘amlarini aritadi».

(Davomi bor)

Devami

Salaflar ixlosidan namunalar

Бисмиллаҳир роҳманир роҳим

Маълумингизки, ихлос (амалларни фақат Оллоҳ учун, холисан лиллоҳ бажариш) банда амалининг негизини ташкил қилади.

Ихлос йўғрилмаган иш, дунё илинжларидан бири қўшилиб қолган амал нечоғли улкан ва залворли, одамлар кўзига жуда ажойиб ва ёрқин кўринса-да, Оллоҳ ҳузурида фойда бермайди, тарози босмайди.

Хўш, ўтганларимиз нималар қилар эдилар, амаллари ихлосли бўлиши учун нима чоралар кўрардилар?

Келинг, шу ҳақда келган ривоятлардан баъзиларига кўз ташлаб ўтайлик.

Имом Зайнул обидин (обидлар зийнати) лақабини олган Али ибн Ҳусайн кечаси алламаҳал бўлганида елкасига қоп ортиб, камбағаллар эшиги олдига билдирмасдан нон, таом тарқатиб чиқарди.

Амр ибн Собит шундай дейди:

Али бин Ҳусайн вафот этганида уни ювувчи кишилар елкасида қора чуқур изни кўрдилар. “Бу нима?” деб ҳайрон бўлишганида у кишини таниган баъзилар “кечалари қопда ун ва бошқа таомлар тарқатиб, камбағал оилалар ҳовлилари оралаб изғиб юрар эди”, деб жавоб беришди.

Салафлардан бири кечаси туриб (нафл) намоз ўқир эди. Бомдод маҳали бўлганда худди энди турган кишидек томоқ қириб, овозини кўтариб уйидагиларни уйғотар эди.

Имом Довуд ибн Абу Ҳинд (вафоти 139-ҳижрийда) қирқ йил билдирмай (нафл) рўза тутган бўлиб, унинг рўзадорлигини уйдагилари сезмаган экан! Касби кўнчи (тери ошлаб, ундан турли анжомлар тикиб сотадиган харроз)лик бўлиб, уйдан чиқаётганда тушлигини уйдагилари қўлига тутқазишар, бироз юргач, камбағалларга бериб, бориб ишини қилар, кечқурун уйга қайтгач, уйдагилари билан кечки овқатни ер экан.

Абдуллоҳ ибн Муҳайриз бир куни кўйлак олиш учун бир дўконга кирди. Дўконда ўтирганлардан бири у кишини таниб қолиб, “бу киши Ибн Муҳайриз бўладилар, тузуклаб (яъни, арзонроқ) сотинг”, деди. Қўлидаги кўйлакни қайтариб қўяр экан, Ибн Муҳайриз хийла ғазабланган эди. У “Биз пулимизга мол оламиз, динимизга эмас” дея дўконни тарк этди..

Айюб Сахтиёний пайғамбар ҳадисларини ривоят қилганда кўнгли юмшаб кетса, билдирмаслик учун тезда томоғини қириб, “тумов қаттиқ текканга ўхшайди” деб қўярди.

Авн ибн Абдуллоҳ шогирдларига уқтирар эди:

“Мискин-бечорага бир нарса берсанг, сенга “Оллоҳ барака берсин” деб дуо қилса, сен ҳам “Оллоҳ барака берсин” дегинки, шояд берганинг Оллоҳ учун холис бўлса”.

Муҳаммад ибн Юсуф Исфаҳоний кундалик нонини бир новвойдан сотиб олар, у таниш бўлиб бошласа, бошқа нотанишга қатнай бошлар эди, токи бу туфайли унга арзонроқ ёки нон яхшисини бериб қолмасин деб.

Мутарриф ибн Абдуллоҳ “Кечани уйқу билан ўтказиб, тонгда афсус-надомат билан уйғонишим тунни ибодатда ўтказиб, саҳар бунга мағрур бўлишимдан афзал”, дер эди.

Бишр ибн Ҳорис шундай дер эди:

“Охират ҳаловатини одамларга танилишни истаган одам топа олмайди”.

Салафлардан бу каби ҳикоялар талайгина ривоят этилган.

Ихлос моҳиятини, унинг заруратини англаш учун юқоридагилар кифоя бўлса керак.

Муҳими – биз ўзимиз ҳам ихлосли бўлишга интилишимиз, яхши амаллар кушандаси бўлмиш риёкорлигу хўжакўрсинга иш қилишлардан узоқ бўлишга ҳаракат қилмоғимиз лозим.

Оллоҳ таоло барчамизни ихлосли бандаларидан қилсин, турли қалб офатларидан, жумладан, риёкорликдан паноҳ берсин, омин.

Шайх Сайфуллоҳ Носир

——————

Bismillahir rohmanir rohim

Ma’lumingizki, ixlos (amallarni faqat Olloh uchun, xolisan lilloh bajarish) banda amalining negizini tashkil qiladi.

Ixlos yo‘g‘rilmagan ish, dunyo ilinjlaridan biri qo‘shilib qolgan amal nechog‘li ulkan va zalvorli, odamlar ko‘ziga juda ajoyib va yorqin ko‘rinsa-da, Olloh huzurida foyda bermaydi, tarozi bosmaydi.

Xo‘sh, o‘tganlarimiz nimalar qilar edilar, amallari ixlosli bo‘lishi uchun nima choralar ko‘rardilar?

Keling, shu haqda kelgan rivoyatlardan ba’zilariga ko‘z tashlab o‘taylik.

Imom Zaynul obidin (obidlar ziynati) laqabini olgan Ali ibn Husayn kechasi allamahal bo‘lganida elkasiga qop ortib, kambag‘allar eshigi oldiga bildirmasdan non, taom tarqatib chiqardi.

Amr ibn Sobit shunday deydi:

Ali bin Husayn vafot etganida uni yuvuvchi kishilar elkasida qora chuqur izni ko‘rdilar. “Bu nima?” deb hayron bo‘lishganida u kishini tanigan ba’zilar “kechalari qopda un va boshqa taomlar tarqatib, kambag‘al oilalar hovlilari oralab izg‘ib yurar edi”, deb javob berishdi.

Salaflardan biri kechasi turib (nafl) namoz o‘qir edi. Bomdod mahali bo‘lganda xuddi endi turgan kishidek tomoq qirib, ovozini ko‘tarib uyidagilarni uyg‘otar edi.

Imom Dovud ibn Abu Hind (vafoti 139-hijriyda) qirq yil bildirmay (nafl) ro‘za tutgan bo‘lib, uning ro‘zadorligini uydagilari sezmagan ekan! Kasbi ko‘nchi (teri oshlab, undan turli anjomlar tikib sotadigan xarroz)lik bo‘lib, uydan chiqayotganda tushligini uydagilari qo‘liga tutqazishar, biroz yurgach, kambag‘allarga berib, borib ishini qilar, kechqurun uyga qaytgach, uydagilari bilan kechki ovqatni er ekan.

Abdulloh ibn Muhayriz bir kuni ko‘ylak olish uchun bir do‘konga kirdi. Do‘konda o‘tirganlardan biri u kishini tanib qolib, “bu kishi Ibn Muhayriz bo‘ladilar, tuzuklab (ya’ni, arzonroq) soting”, dedi. Qo‘lidagi ko‘ylakni qaytarib qo‘yar ekan, Ibn Muhayriz xiyla g‘azablangan edi. U “Biz pulimizga mol olamiz, dinimizga emas” deya do‘konni tark etdi..

Ayyub Saxtiyoniy payg‘ambar hadislarini rivoyat qilganda ko‘ngli yumshab ketsa, bildirmaslik uchun tezda tomog‘ini qirib, “tumov qattiq tekkanga o‘xshaydi” deb qo‘yardi.

Avn ibn Abdulloh shogirdlariga uqtirar edi:

“Miskin-bechoraga bir narsa bersang, senga “Olloh baraka bersin” deb duo qilsa, sen ham “Olloh baraka bersin” deginki, shoyad berganing Olloh uchun xolis bo‘lsa”.

Muhammad ibn Yusuf Isfahoniy kundalik nonini bir novvoydan sotib olar, u tanish bo‘lib boshlasa, boshqa notanishga qatnay boshlar edi, toki bu tufayli unga arzonroq yoki non yaxshisini berib qolmasin deb.

Mutarrif ibn Abdulloh “Kechani uyqu bilan o‘tkazib, tongda afsus-nadomat bilan uyg‘onishim tunni ibodatda o‘tkazib, sahar bunga mag‘rur bo‘lishimdan afzal”, der edi.

Bishr ibn Horis shunday der edi:

“Oxirat halovatini odamlarga tanilishni istagan odam topa olmaydi”.

Salaflardan bu kabi hikoyalar talaygina rivoyat etilgan.

Ixlos mohiyatini, uning zaruratini anglash uchun yuqoridagilar kifoya bo‘lsa kerak.

Muhimi – biz o‘zimiz ham ixlosli bo‘lishga intilishimiz, yaxshi amallar kushandasi bo‘lmish riyokorligu xo‘jako‘rsinga ish qilishlardan uzoq bo‘lishga harakat qilmog‘imiz lozim.

Olloh taolo barchamizni ixlosli bandalaridan qilsin, turli qalb ofatlaridan, jumladan, riyokorlikdan panoh bersin, omin.

Shayx Sayfulloh Nosir

Devami

“Turon tarihiga bir nazar” (Kiril ve Lotın harflarida)

Ҳар бир киши ўз юртига бўлган меҳр-муҳаббатининг рамзи сифати, бу юртнинг тарихини ўрганади. Қўлидан келганлар эса, ушбу ўзи ўрганган нарсаларни келажак авлодларга ҳам қолдиришни ўйлайди, бунинг учун ҳаракат қилади.

Шундай уринишлардан бири Саййид Абдулмўмин ибн Саййид Акрамнинг “Турон тарихига ёғдулар” номли китобидир.

Китобнинг муаллифи Бухорода болшевиклар инқилобигача ҳукмдор бўлган манғит хонлари сулоласидандир. У кишининг отаси Саййид Акрамхон Музаффархон ўғли Бухоронинг охирги амири Саййид Олимхоннинг амакиваччасидир. Саййид Абдулмўмин ибн Саййид Акрамхон 1318 ҳ. санада отаси ҳоким бўлиб турган Ғузор вилоятида таваллуд топган. Ёшлигида мадрасани тамомлаб, сўнгра от чопиш, ўқ отиш каби ҳарбий машқларни ўрганди. Русияда коммунистлар давлат тўнтариши қилганда, қамоқлардан беш юз нафар австриялик асирлар қочиб, Бухоронинг шарқига келдилар. Уларнинг ичида харбий муҳандислар ҳам бор эди. Ўша ернинг ҳокими бўлган Саййид Акрамхон мазкур австриялик муҳандислардан бухоролик муҳандислар билан ҳамкорликда тўп-замбарак ясашни йўлга қўйишни таклиф қилади ва бу ишга ўз ўғли Саййид Абдулмўминни бош этиб тайинлайди. Иш юришиб, тўплар тажрибадан яхши ўтади. Муҳандисларни Амир Олимхон ишга таклиф қилади. Болъшевик-коммунистлар ҳужуми аввалида Саййид Абдулмўмин тоғда қамалда қолган аёллар ва ёш болаларни қутқаришга бош бўлади. Коммунистлар ҳужумини тўсиш учун истеҳкомлар қуришда иштирок этади. Ҳимоя чизиғига етиб келган Амир Олимхон Саййид Адулмўминга аёллар ва ёш болаларни Афғонистонга олиб ўтишни топширади. Афғонистонда бир қанча муддат яшагандан сўнг укаси Ҳошим билан кобуллик ҳожилар гуруҳида ҳажга боради ва ўша ерда яшаб қолади. Маккадаги Бухоро амирлиги тамонидан қилинган вақфларга нозирлик қилади. У киши яқинда Маккада вафот этди. (Аллоҳ ўз раҳматига олсин).

Ўзи билан керакли ҳужжатларни тўплаб юрган Саййид Абдулмўмин юртимиз тарихи тўғрисидаги араб, форс ва турк тилларидаги китобларни кўплаб мутоала қилади. Ушбу мутоала ва уринишлари самараси ўлароқ араб тилида, “Азвоу алот тарихи Турон” яъни, “Турон тарихига ёғдулар” китобини ёзди. Китобни Робитатул Оламул Исломий нашр этган. Китоб муқаддимаси машҳур олим, Аҳмад Муҳаммад Жамол тамонидан ёзилганлиги ҳам алоҳида эътибор касб этади.

Муаллифнинг ўзи эътироф этиб, мен тарихчи олим эмасман, аммо Турон юртининг бир фарзанди сифатида юртимнинг менда ҳаққи борлигини ҳис этганимдан, ватандошларимга ўзим тўплаган ва билган ҳақиқатларни китоб шаклида қолдирмоқни қасд қилдим, дейди. Дарҳақиқат, муаллиф тарихчи олим эмас, аммо у киши тўплаган маълумот ва келтирган гувоҳлигу далилларни ҳар қандай тарихчи ҳам қила олмайди. Бир неча тилларни билиб, уларда ўқиб-ёзиб, ҳужжатларни солиштиришга ҳамма тарихчи ҳам қодир эмас.

Менимча, Саййид Абдулмўмин раҳматуллоҳи алайҳининг ўз кўзи билан кўрган воқеаларни ҳикоя қилишлари алоҳида аҳамиятга эга. Аввало, бу шахсий гувоҳлик бўлса, қолаверса, ўша даврдаги ҳукмрон тоифанинг вакили сифатида фикр юритишлари ўзгача маъно касб этади. Чунки бизнинг тарихимизда ва уни ўрганишда айнан ўша нарса етишмайди. Коммунистик инқилоб ва ундан кейинги воқеалар ҳозиргача фақат бир ёқлама, ёлғон билан талқин этилинди. “Турон тарихига ёғдулар” китобида эса, ҳукмни коммунистлар куч билан тортиб олган тоифа вакилининг кўз қараши ифода этилади. Бу билан, олдин фақат ёлғон маълумотлар бор эди, энди юз фоиз ростини топиб олдик, деб ҳам айтмоқчи эмасмиз. Тарихга қайта назар солиб, уни илмий йўл билан, омонат билан халқимизга тўғри ҳолда тақдим қилиш тарихчиларимизнинг бурчи. Ана ўша катта ҳажмдаги ишда эса, Саййид Абдулмўминга ўхшаш азизларимизнинг асарлари ўзининг муносиб ўрнини топади, деб ўйлаймиз.

“Турон тарихига ёғдулар” китоби фақат муаллифнинг хотираларидан иборат эмас, балки кўрган, эшитган воқеаларга жуда оз жой ажратилган. Китобнинг аввалида Туроннинг қадимги тарихидан сўз кетади, унинг ҳақидаги жўғрофий маълумотлар берилади. Сўнгра Ислом давридаги тарих ҳақида, турк халқларининг Ислом учун қилган хизматлари, Турон тупроғида етишган алломалар тўғрисида маълумотлар берилади. Турон заминида ҳукм сурган давлатлар бирма-бир эсга олинади. Турк халқларининг заифлашиши ва давлатларнинг парчаланиб кетиши ҳам тилга олинади. Ниҳоят, рус истилосига етиб келинади. Сўнгра муаллиф ўз қабиласига мансуб манғитлар сулоласининг ҳукми ҳақида сўз юритиб, султон ва амирлар, уларнинг ҳукмдорлиги ҳақида тарихий тасансул ила маълумотлар келтиради. Ундан кейин коммунистлар босқинидан сўнг бўлиб ўтган воқеаларга тўхталади.

Советлар тўғрисидаги бобни муаллиф “Бобомиз Музаффархон давридан бошлаб Амир Олимхон давригача ўтган олтмиш уч йилни Бухоро давлати рус подшоси Александр билан тузилган шартнома асосида тинчлик ва омонликда ўтказди”, деган иборалар билан бошлайди.

Сўнгра, Ленин бошлиқ коммунистлар давлат тўнтариши қилганидан сўнг, вазият тамоман ўзгаргани, янги келганлар ҳам шартнома тузган бўлишларига қарамай, аҳдида турмасликлари, ёлғончи ва хиёнаткор эканликларини ҳужжат ва далиллар билан баён қилади.

“Турон тарихига ёғдулар” китоби муаллифи Саййид Абдулмўмин коммунист ҳукмдорларни, аҳдига вафоси ҳам йўқ, виждони ҳам йўқ, одамларнинг молу-мулкини тортиб олиш, уламолар, бой кишилар ва ақл заковатлиларни йўқ қилишдан бошқа мақсади йўқ кишилар, деб васф қилади. Коммунистлар сиртда Бухоро давлатига дўстликни даъво қилсалар ҳам, ичда алдамчиликни ва уни босиб олишни режа қиларди, дейди муаллиф.

Ҳозиргача халқимизга тақдим қилинаётган коммунистча тарихда, қизил армия Бухоро халқи талабига биноан мазлум меҳнаткашларни озод қилиш учун келганда, Амир Олимхон Афғонистонга қочиб қолди, дейилади. Аммо Саййид Абдулмўмин ўз китобларида бошқача маълумотлар беради. Кўпчиликни ушбу биз учун янгилик бўлган маълумотлардан хабардор қилиш мақсадида бир оз тафсилотларни келтириб ўтишни лозим топдик.

Саййид Абдулмўминнинг ёзишларича, 1336 ҳ. сана жумадис сони ойида Колесов бошчилигидаги қизил армия Когонга етиб келган. Аммо амирлик кучлари уларни тўсиб, қамалга олган. Шунда Ленин ўз вакилини юбориб, Бухоронинг мустақиллигини эътироф қилган, Чор ҳукумати босиб олган ерларни қайтаришга, шунингдек, Бухорога қурол-аслаҳа, ўқ-дори ва учқичлар беришга ваъда берган. Бухорога элчи ва Тошкентдан ўн бир дона тўп ҳам юборган. Аммо қизиғи шундаки, юборилган тўпларнинг ўқи йўқ экан.

Амир Олимхон коммунистларнинг ваъдаси ёлғон экани маълум бўлганидан сўнг, қўшни давлатлардан қурол сотиб олган, аскар тўплаб машқ қилдирган.

Русия ичидаги бўҳронлар тинчигандан сўнг коммунистларнинг муомиласи ўзгарган. Улар Бухородаги элчилари орқали бекорга буғдой ва гуруч беришни талаб қилишган. Шунингдек, коммунист жосуслари одамларни ушлаб қамашган ва бошқа иғволар чиқариб, Бухорога ҳужум қилишга баҳона чиқаришга уринганлар. Амир Олимхон эллик минг аскар тўплаб, темир йўл бўйлаб истеҳкомлар қурган.

Шунда Ленин тезда Тошкентдан ўзининг Тиронов номли вакилини юбориб, янги найрангларни бошлаган. Амир Олимхонга шартномага амал қилиш Русияънинг ички бўҳронлари туфайли кечикиб қолганига узр айтган. Ўзининг Бухоро билан дўстлик алоқаларини давом эттириш ниятида эканлигини ва бу алоқалардан кўплаб яхшилик кутаётганини айтган. Шунингдек, Бухоронинг нима талаби бўлса, бажаришга тайёр эканлигини билдириб, темир йўлдаги қамалда қолган қизил армияни қамалдан чиқаришни сўраган. Бундан сўнг икки тараф учинчи бор шартнома тузиб имзо қўйишган. Шартномага амал қилиб, Амир Олимхон ўз аскарларини темир йўлдан уч мил масофага узоқлаштирган, чегарачилар сонини камайтирган.

Аммо коммунистлар ўз одатларича яна навбатдаги хиёнатни қилганлар. 1338 ҳ. сана зул ҳижжа ойининг ўн беши, душанба куни кечаси соат ўн иккида ҳужум бошлаб, чегарачиларни асир олганлар, ҳаводан, ердан, турли қуроллар билан Бухорога бостириб кирганлар. Кутилмаган бу коммунистик ғоратда фақат кекса кишилар, аёллар ва болалардан эллик минг киши ҳалок бўлган. Бошқа талофатларнинг ҳисоби йўқ даражада эди.

Бундан тўрт кун кейин Амир Олимхон давлат аёнлари ва йигирма беш минг аскар билан Бухородан чиқиб, ўн кундан сўнг Қўрғонтепага етиб боради. Сўнгра Бойсунда истеҳкомлар қуради. Шу ерда коммунистлар билан бухороликлар орасидаги уруш олти ой давом этади. Сўнгра коммунистларга Московдан ёрдам кучлари ва янги қурол-аслаҳа келади. Улар бухороликларга янги ҳужум бошладилар. Ўн кун давом этган шиддатли жанглардан сўнг бухороликларнинг ўқ-дорилари тугаб қолади. Амир Олимхон Афғонистон подшоси Омонуллохонга одам юбориб, пулга бўлса ҳам ўқ-доридан ёрдам бериб туришини сўрайди. Омонуллохон эса, Амир Олимхоннинг ўзи келсин, дейди. Ўз аскарларига мулла Муҳаммад Иброҳимбек девонбеги ва Давлатмандбек девонбегиларни бошлиқ этиб тайинлаган Амир Олимхон 1339ҳ. сана, 22 жумадус сони, чоршанба куни Жайҳун дарёсидан Афғонистонга ўтади. Омонуллохон уни тантана билан кутиб олади ва ўз меҳмони, деб эълон қилиб, 12000 рупия ойлик тайин қилади. Шундан кейин Амир Олимхон Омонуллохоннинг хоин эканлигини тушуниб етади. Омонуллохон Ленин билан тил бириктириб, уни алдаганини англайди. Ушбу хиёнат натижасида Амир Олимхон қасрда қамалиб қолади. Унга ҳеч қаёққа чиқишга, ҳатто ҳажга боришга ҳам рухсат берилмайди.

Амир Олимхон Афғонистонда тутилиб қолгандан сўнг ҳам унинг аскарлари Иброҳимбек бошчилигида коммунистларга қарши курашни давом этдирадилар. Хусусан, Туркиядан Анвар Пошша келиб, ҳарбий ишлар режаси тузилиб, Бойсун, Ғузор, Шеробод ва Қарши каби жойлар озод қилиниши катта ғалаба бўлди. У ерларга истеҳкомлар қурилди. Атрофдаги шаҳар ва қишлоқларда ҳам коммунистларга қарши қуролли кураш бошланиб, Иброҳимбекдан қўмондонлар беришни сўрай бошлашди. Уларга ҳам ёрдам берилди.

Ушбу ғалабалардан сўнг Иброҳимбек Омонуллохонга саккиз кишилик ҳайат юбориб, Амир Олимхоннинг озод қилинган ерларга қайтиб келишини таминлашни сўради. Аммо Омонуллохон турли баҳоналар билан ҳайатни қуруқ қайтарди. Амир Олимхонни яна саройда ушлаб қолди.

Амир Олимхон 1943 йил, 29 апрелда 64 ёшида Кобулда вафот этди.

“Турон тарихига ёғдулар” китобида бундан бошқа ҳам қизиқарли маълумотлар кўп. Тарихчиларимиз хоҳласалар, бу китобдан самарали фойдалинишлари мумкин.

Аллоҳ таоло барчамизни тўғри йўлга бошласин.

Манба: e-tarix.uz

———————————————————–

Har bir kishi o‘z yurtiga bo‘lgan mehr-muhabbatining ramzi sifati, bu yurtning tarixini o‘rganadi. Qo‘lidan kelganlar esa, ushbu o‘zi o‘rgangan narsalarni kelajak avlodlarga ham qoldirishni o‘ylaydi, buning uchun harakat qiladi.

Shunday urinishlardan biri Sayyid Abdulmo‘min ibn Sayyid Akramning “Turon tarixiga yog‘dular” nomli kitobidir.

Kitobning muallifi Buxoroda bolsheviklar inqilobigacha hukmdor bo‘lgan mang‘it xonlari sulolasidandir. U kishining otasi Sayyid Akramxon Muzaffarxon o‘g‘li Buxoroning oxirgi amiri Sayyid Olimxonning amakivachchasidir. Sayyid Abdulmo‘min ibn Sayyid Akramxon 1318 h. sanada otasi hokim bo‘lib turgan G‘uzor viloyatida tavallud topgan. Yoshligida madrasani tamomlab, so‘ngra ot chopish, o‘q otish kabi harbiy mashqlarni o‘rgandi. Rusiyada kommunistlar davlat to‘ntarishi qilganda, qamoqlardan besh yuz nafar avstriyalik asirlar qochib, Buxoroning sharqiga keldilar. Ularning ichida xarbiy muhandislar ham bor edi. O‘sha yerning hokimi bo‘lgan Sayyid Akramxon mazkur avstriyalik muhandislardan buxorolik muhandislar bilan hamkorlikda to‘p-zambarak yasashni yo‘lga qo‘yishni taklif qiladi va bu ishga o‘z o‘g‘li Sayyid Abdulmo‘minni bosh etib tayinlaydi. Ish yurishib, to‘plar tajribadan yaxshi o‘tadi. Muhandislarni Amir Olimxon ishga taklif qiladi. Bol’shevik-kommunistlar hujumi avvalida Sayyid Abdulmo‘min tog‘da qamalda qolgan ayollar va yosh bolalarni qutqarishga bosh bo‘ladi. Kommunistlar hujumini to‘sish uchun istehkomlar qurishda ishtirok etadi. Himoya chizig‘iga yetib kelgan Amir Olimxon Sayyid Adulmo‘minga ayollar va yosh bolalarni Afg‘onistonga olib o‘tishni topshiradi. Afg‘onistonda bir qancha muddat yashagandan so‘ng ukasi Hoshim bilan kobullik hojilar guruhida hajga boradi va o‘sha yerda yashab qoladi. Makkadagi Buxoro amirligi tamonidan qilingan vaqflarga nozirlik qiladi. U kishi yaqinda Makkada vafot etdi. (Alloh o‘z rahmatiga olsin).

O‘zi bilan kerakli hujjatlarni to‘plab yurgan Sayyid Abdulmo‘min yurtimiz tarixi to‘g‘risidagi arab, fors va turk tillaridagi kitoblarni ko‘plab mutoala qiladi. Ushbu mutoala va urinishlari samarasi o‘laroq arab tilida, “Azvou alot tarixi Turon” ya’ni, “Turon tarixiga yog‘dular” kitobini yozdi. Kitobni Robitatul Olamul Islomiy nashr etgan. Kitob muqaddimasi mashhur olim, Ahmad Muhammad Jamol tamonidan yozilganligi ham alohida e’tibor kasb etadi.

Muallifning o‘zi e’tirof etib, men tarixchi olim emasman, ammo Turon yurtining bir farzandi sifatida yurtimning menda haqqi borligini his etganimdan, vatandoshlarimga o‘zim to‘plagan va bilgan haqiqatlarni kitob shaklida qoldirmoqni qasd qildim, deydi. Darhaqiqat, muallif tarixchi olim emas, ammo u kishi to‘plagan ma’lumot va keltirgan guvohligu dalillarni har qanday tarixchi ham qila olmaydi. Bir necha tillarni bilib, ularda o‘qib-yozib, hujjatlarni solishtirishga hamma tarixchi ham qodir emas.

Menimcha, Sayyid Abdulmo‘min rahmatullohi alayhining o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni hikoya qilishlari alohida ahamiyatga ega. Avvalo, bu shaxsiy guvohlik bo‘lsa, qolaversa, o‘sha davrdagi hukmron toifaning vakili sifatida fikr yuritishlari o‘zgacha ma’no kasb etadi. Chunki bizning tariximizda va uni o‘rganishda aynan o‘sha narsa yetishmaydi. Kommunistik inqilob va undan keyingi voqealar hozirgacha faqat bir yoqlama, yolg‘on bilan talqin etilindi. “Turon tarixiga yog‘dular” kitobida esa, hukmni kommunistlar kuch bilan tortib olgan toifa vakilining ko‘z qarashi ifoda etiladi. Bu bilan, oldin faqat yolg‘on ma’lumotlar bor edi, endi yuz foiz rostini topib oldik, deb ham aytmoqchi emasmiz. Tarixga qayta nazar solib, uni ilmiy yo‘l bilan, omonat bilan xalqimizga to‘g‘ri holda taqdim qilish tarixchilarimizning burchi. Ana o‘sha katta hajmdagi ishda esa, Sayyid Abdulmo‘minga o‘xshash azizlarimizning asarlari o‘zining munosib o‘rnini topadi, deb o‘ylaymiz.

“Turon tarixiga yog‘dular” kitobi faqat muallifning xotiralaridan iborat emas, balki ko‘rgan, eshitgan voqealarga juda oz joy ajratilgan. Kitobning avvalida Turonning qadimgi tarixidan so‘z ketadi, uning haqidagi jo‘g‘rofiy ma’lumotlar beriladi. So‘ngra Islom davridagi tarix haqida, turk xalqlarining Islom uchun qilgan xizmatlari, Turon tuprog‘ida yetishgan allomalar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Turon zaminida hukm surgan davlatlar birma-bir esga olinadi. Turk xalqlarining zaiflashishi va davlatlarning parchalanib ketishi ham tilga olinadi. Nihoyat, rus istilosiga yetib kelinadi. So‘ngra muallif o‘z qabilasiga mansub mang‘itlar sulolasining hukmi haqida so‘z yuritib, sulton va amirlar, ularning hukmdorligi haqida tarixiy tasansul ila ma’lumotlar keltiradi. Undan keyin kommunistlar bosqinidan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqealarga to‘xtaladi.

Sovetlar to‘g‘risidagi bobni muallif “Bobomiz Muzaffarxon davridan boshlab Amir Olimxon davrigacha o‘tgan oltmish uch yilni Buxoro davlati rus podshosi Aleksandr bilan tuzilgan shartnoma asosida tinchlik va omonlikda o‘tkazdi”, degan iboralar bilan boshlaydi.

So‘ngra, Lenin boshliq kommunistlar davlat to‘ntarishi qilganidan so‘ng, vaziyat tamoman o‘zgargani, yangi kelganlar ham shartnoma tuzgan bo‘lishlariga qaramay, ahdida turmasliklari, yolg‘onchi va xiyonatkor ekanliklarini hujjat va dalillar bilan bayon qiladi.

“Turon tarixiga yog‘dular” kitobi muallifi Sayyid Abdulmo‘min kommunist hukmdorlarni, ahdiga vafosi ham yo‘q, vijdoni ham yo‘q, odamlarning molu-mulkini tortib olish, ulamolar, boy kishilar va aql zakovatlilarni yo‘q qilishdan boshqa maqsadi yo‘q kishilar, deb vasf qiladi. Kommunistlar sirtda Buxoro davlatiga do‘stlikni da’vo qilsalar ham, ichda aldamchilikni va uni bosib olishni reja qilardi, deydi muallif.

Hozirgacha xalqimizga taqdim qilinayotgan kommunistcha tarixda, qizil armiya Buxoro xalqi talabiga binoan mazlum mehnatkashlarni ozod qilish uchun kelganda, Amir Olimxon Afg‘onistonga qochib qoldi, deyiladi. Ammo Sayyid Abdulmo‘min o‘z kitoblarida boshqacha ma’lumotlar beradi. Ko‘pchilikni ushbu biz uchun yangilik bo‘lgan ma’lumotlardan xabardor qilish maqsadida bir oz tafsilotlarni keltirib o‘tishni lozim topdik.

Sayyid Abdulmo‘minning yozishlaricha, 1336 h. sana jumadis soni oyida Kolesov boshchiligidagi qizil armiya Kogonga yetib kelgan. Ammo amirlik kuchlari ularni to‘sib, qamalga olgan. Shunda Lenin o‘z vakilini yuborib, Buxoroning mustaqilligini e’tirof qilgan, Chor hukumati bosib olgan yerlarni qaytarishga, shuningdek, Buxoroga qurol-aslaha, o‘q-dori va uchqichlar berishga va’da bergan. Buxoroga elchi va Toshkentdan o‘n bir dona to‘p ham yuborgan. Ammo qizig‘i shundaki, yuborilgan to‘plarning o‘qi yo‘q ekan.

Amir Olimxon kommunistlarning va’dasi yolg‘on ekani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, qo‘shni davlatlardan qurol sotib olgan, askar to‘plab mashq qildirgan.

Rusiya ichidagi bo‘hronlar tinchigandan so‘ng kommunistlarning muomilasi o‘zgargan. Ular Buxorodagi elchilari orqali bekorga bug‘doy va guruch berishni talab qilishgan. Shuningdek, kommunist josuslari odamlarni ushlab qamashgan va boshqa ig‘volar chiqarib, Buxoroga hujum qilishga bahona chiqarishga uringanlar. Amir Olimxon ellik ming askar to‘plab, temir yo‘l bo‘ylab istehkomlar qurgan.

Shunda Lenin tezda Toshkentdan o‘zining Tironov nomli vakilini yuborib, yangi nayranglarni boshlagan. Amir Olimxonga shartnomaga amal qilish Rusiya’ning ichki bo‘hronlari tufayli kechikib qolganiga uzr aytgan. O‘zining Buxoro bilan do‘stlik aloqalarini davom ettirish niyatida ekanligini va bu aloqalardan ko‘plab yaxshilik kutayotganini aytgan. Shuningdek, Buxoroning nima talabi bo‘lsa, bajarishga tayyor ekanligini bildirib, temir yo‘ldagi qamalda qolgan qizil armiyani qamaldan chiqarishni so‘ragan. Bundan so‘ng ikki taraf uchinchi bor shartnoma tuzib imzo qo‘yishgan. Shartnomaga amal qilib, Amir Olimxon o‘z askarlarini temir yo‘ldan uch mil masofaga uzoqlashtirgan, chegarachilar sonini kamaytirgan.

Ammo kommunistlar o‘z odatlaricha yana navbatdagi xiyonatni qilganlar. 1338 h. sana zul hijja oyining o‘n beshi, dushanba kuni kechasi soat o‘n ikkida hujum boshlab, chegarachilarni asir olganlar, havodan, yerdan, turli qurollar bilan Buxoroga bostirib kirganlar. Kutilmagan bu kommunistik g‘oratda faqat keksa kishilar, ayollar va bolalardan ellik ming kishi halok bo‘lgan. Boshqa talofatlarning hisobi yo‘q darajada edi.

Bundan to‘rt kun keyin Amir Olimxon davlat ayonlari va yigirma besh ming askar bilan Buxorodan chiqib, o‘n kundan so‘ng Qo‘rg‘ontepaga yetib boradi. So‘ngra Boysunda istehkomlar quradi. Shu yerda kommunistlar bilan buxoroliklar orasidagi urush olti oy davom etadi. So‘ngra kommunistlarga Moskovdan yordam kuchlari va yangi qurol-aslaha keladi. Ular buxoroliklarga yangi hujum boshladilar. O‘n kun davom etgan shiddatli janglardan so‘ng buxoroliklarning o‘q-dorilari tugab qoladi. Amir Olimxon Afg‘oniston podshosi Omonulloxonga odam yuborib, pulga bo‘lsa ham o‘q-doridan yordam berib turishini so‘raydi. Omonulloxon esa, Amir Olimxonning o‘zi kelsin, deydi. O‘z askarlariga mulla Muhammad Ibrohimbek devonbegi va Davlatmandbek devonbegilarni boshliq etib tayinlagan Amir Olimxon 1339h. sana, 22 jumadus soni, chorshanba kuni Jayhun daryosidan Afg‘onistonga o‘tadi. Omonulloxon uni tantana bilan kutib oladi va o‘z mehmoni, deb e’lon qilib, 12000 rupiya oylik tayin qiladi. Shundan keyin Amir Olimxon Omonulloxonning xoin ekanligini tushunib yetadi. Omonulloxon Lenin bilan til biriktirib, uni aldaganini anglaydi. Ushbu xiyonat natijasida Amir Olimxon qasrda qamalib qoladi. Unga hech qayoqqa chiqishga, hatto hajga borishga ham ruxsat berilmaydi.

Amir Olimxon Afg‘onistonda tutilib qolgandan so‘ng ham uning askarlari Ibrohimbek boshchiligida kommunistlarga qarshi kurashni davom etdiradilar. Xususan, Turkiyadan Anvar Poshsha kelib, harbiy ishlar rejasi tuzilib, Boysun, G‘uzor, Sherobod va Qarshi kabi joylar ozod qilinishi katta g‘alaba bo‘ldi. U yerlarga istehkomlar qurildi. Atrofdagi shahar va qishloqlarda ham kommunistlarga qarshi qurolli kurash boshlanib, Ibrohimbekdan qo‘mondonlar berishni so‘ray boshlashdi. Ularga ham yordam berildi.

Ushbu g‘alabalardan so‘ng Ibrohimbek Omonulloxonga sakkiz kishilik hayat yuborib, Amir Olimxonning ozod qilingan yerlarga qaytib kelishini taminlashni so‘radi. Ammo Omonulloxon turli bahonalar bilan hayatni quruq qaytardi. Amir Olimxonni yana saroyda ushlab qoldi.

Amir Olimxon 1943 yil, 29 aprelda 64 yoshida Kobulda vafot etdi.

“Turon tarixiga yog‘dular” kitobida bundan boshqa ham qiziqarli ma’lumotlar ko‘p. Tarixchilarimiz xohlasalar, bu kitobdan samarali foydalinishlari mumkin.

Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin.

Manba: e-tarix.uz

Devami

Bulutlardan o’zmiş himmatlar (Bulutları geçen himmetler)

Бисмиллаҳир роҳманир роҳим

Ҳамду сано Аллоҳга хосдир. Биз у зотга ҳамд айтамиз, у зотдан ёрдам сўраймиз ва у зотга истиғфор айтамиз. Ўзимизнинг ёмонлик- ларимиз ҳамда амалларимизнинг ёмонликлари- дан Аллоҳдан паноҳ тилаймиз. Аллоҳ кимни ҳидоятласа, уни кимса йўлдан оздиролмагай, кимни йўлдан оздирса, уни кимса ҳидоятга сололмагай.

Аллоҳнинг ёлғиз ўзидан бошқа илоҳ йўқ эканига гувоҳлик бераман, у зотнинг шериги йўқдир. Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам у зотнинг бандаси ва расули эканига гувоҳлик бераман.

«Эй мўминлар, Аллоҳдан ҳақ-рост қўрқиш билан қўрқинглар ва фақат мусулмон бўлган ҳолларингда дунёдан ўтинглар!»

«Эй инсонлар! Сизларни бир жондан (Одамдан) яратган ва ундан жуфтини (Ҳаввони) вужудга келтирган ҳамда у икковидан кўп эркак ва аёлларни тарқатган Парвардигорингиздан қўрқингиз! Яна ораларингиздаги савол-жавобларда ўртага номи солинадиган Аллоҳдан қўрқингиз ва қариндош-уруғларингиз (билан ажралиб кетишдан сақланингиз)! Албатта Аллоҳ устингизда кузатувчи бўлган зотдир»

«Эй мўминлар, Аллоҳдан қўрқинглар, тўғри сўзни сўзланглар! (Шунда Аллоҳ) ишларингизни ўнглар ва гуноҳларингизни мағфират қилур. Ким Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига итоат этса, бас у улуғ бахтга эришибди».

Аммо баъд!

Энг тўғри сўз Аллоҳнинг каломи, энг яхши йўл эса Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг йўлларидир. Энг ёмон амал — тўқима амаллардир. Зеро барча тўқима амаллар бидъат ва барча бидъатлар залолат, залолат-ларнинг ҳаммаси дўзахдадир.

Биродарлар! Одамларнинг ўз олдиларига қўйган мақсад ва орзулари ҳар хил. Нафақат ўша мақсад ва орзулар, балки унга эришиш учун керак бўладиган ҳимматлари ҳам ҳар хил. Яъни, инсонларнинг мақсадлари ва унга эришишдаги ҳимматлари ҳар хил. Баъзи бир кишилар жуда ҳам олий мақсадлар ва юқори вазифалар ҳақида гапиришади. Лекин уларнинг қилаётган ишлари айтаётган сўзларига тўғри келмайди. Аҳли илмлар бундай кишини орзуга алданган дейишади. Зеро, орзу билан мақсадга эришиб бўлмайди. Бошқа бир турли инсонлар борки, улар гапирмайдилар. Лекин уларнинг қилаётган ишлари уларнинг нақадар ҳимматли эканларини кўрсатади. Агар улар Аллоҳ йўлида бирор ишга чақирилсалар, ҳеч иккиланмасдан, сусткашлик қилмасдан ва қийинчиликларга қарамасдан, лаббай, деб келадилар.

Демак, инсонларнинг мақсадлари ва ўз олдиларига қўйган вазифалари ҳам, шу мақсад ва вазифаларга олиб борадиган уларнинг ҳимматлари ҳам ҳар хил.

Инсон иродасининг турли кўринишлари

Қуйидаги икки кишининг мақсад ва ҳимматларини солиштириб кўринг. Бир бадавий (саҳройи) араб, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга йўлда йўлиқиб: «Эй Муҳаммад, Аллоҳ сенга берган бу мол-дунёдан менга ҳам бер! Бу мол-дунё на сеники ва на отангники», – деди. Энди Рабийъа Ибн Каъб ал-Асламийнинг ҳимматини тасаввур қилинг. У йигитча тунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга таҳорат учун сув олиб келади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам унга: «Истаган нарсангни сўра!», – десалар, йигитча: «Жаннатда сиз билан бирга бўлишни», – дейди. Жаннат истаган қаердаю, қийматсиз нарсалар истаган қаерда.

Бир куни Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва салламга ғаниматлар келиб қолди. У киши бу ғаниматни аҳли супа ва муҳтожлар орасида тарқата бошладилар. Абу Ҳурайра бу воқеани кузатиб турарди. У киши ҳам аҳли супадан бўлиб, ётгани жойи, кийгани кийими ва егани таоми йўқ эди. Шунда Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам у кишининг муҳтож эканини билиб, шундай дедилар: «Эй Абу Ҳурайра, Одамлар келиб мендан бу ғаниматдан беришимни сўрашаябди. Сен ҳам сўрамайсанми?» Шунда у киши:

— Эй Расулуллоҳ! Мен сиздан битта нарса сўрайман.

— Нимани?

— Аллоҳ сизга берган илмдан менга ҳам ўргатишингизни.

— Бошқа нарса сўрасангчи?!

— Истагим шу.

Аҳли дунё ва назари паст одамлар доимо кийим-кечак, емак-ичмаклар ортидан юрадилар. Олийҳиммат кишилар эса фақат Аллоҳнинг розилигини истайдилар. Абу Ҳурайра: «Мен сиздан битта нарса сўрайман. Аллоҳ сизга берган илмдан менга ҳам ўрнатишингизни», – деди. У Аллоҳ таоло аҳли илмларни юқори мартабаларга кўтаришини биларди, бирор киши Аллоҳ таолога илм талаб қилишдан кўра афзалроқ амал билан яқин бўла олмаслигини биларди.

Аллоҳ таолога илм билан ибодат қилинади ва Унинг тавҳиди ҳам илм билан бўлади. У зотнинг барча айбу нуқсонлардан пок, улуғ экани илм билан билинади. «Аллоҳ сизлардан иймон келтирган ва илм ато этилган зотларни (баланд) даража-мартабаларга кўтарур». Жаннат йўли илм йўлидир. «Ким илм истаб бир йўлга тушса, Аллоҳ таоло у кишини жаннат йўлига солиб қўяди».

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу айтади: «Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам елкамдаги бир бўлак матони олдилар ва уни ўртамизга ёздилар. Мен у матода чумолининг ўрмалаб юрганини кўриб турардим. Кейин расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам менга ҳадис айта бошладилар. Айтавердилар, айтавердилар, кейин менга: «Бу матони йиғиб ол!», – дедилар. Мен уни йиғиб олдим. Шундан кейин у кишининг сўзларидан бир ҳарфни ҳам унутмайдиган бўлдим». Бу ҳадисни ривоят қилган киши ҳам, беҳисоб ҳадисларни бизга нақл қилган киши ҳам Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу бўладилар.

Дунё аҳли дунё талабида бўлсалар, олийҳиммат кишилар Аллоҳ таборака ва таолонинг ҳузуридаги (жаннат) талабидалар.

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу ҳаётларининг охирида йиғлаб, Эй воҳ! Сафаримиз узоқ, қўлимиздаги озуқамиз эса (қилган амалимиз) оз, – деганлар. У киши Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан олти мингта ҳадис ривоят қилганлар ва яна сафари узоқ бўлиб, кам амал қилганларини шикоят қилмоқдалар.

(давоми бор)

Манба: IslamNuri.com

————————————————————–

Bismillahir rohmanir rohim

Hamdu sano Allohga xosdir. Biz u zotga hamd aytamiz, u zotdan yordam so‘raymiz va u zotga istig‘for aytamiz. O‘zimizning yomonlik- larimiz hamda amallarimizning yomonliklari- dan Allohdan panoh tilaymiz. Alloh kimni hidoyatlasa, uni kimsa yo‘ldan ozdirolmagay, kimni yo‘ldan ozdirsa, uni kimsa hidoyatga sololmagay.

Allohning yolg‘iz o‘zidan boshqa iloh yo‘q ekaniga guvohlik beraman, u zotning sherigi yo‘qdir. Muhammad sollallohu alayhi va sallam u zotning bandasi va rasuli ekaniga guvohlik beraman.

«Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar!»

«Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz)! Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan zotdir»

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar! (Shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas u ulug‘ baxtga erishibdi».

Ammo ba’d!

Eng to‘g‘ri so‘z Allohning kalomi, eng yaxshi yo‘l esa Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yo‘llaridir. Eng yomon amal — to‘qima amallardir. Zero barcha to‘qima amallar bid’at va barcha bid’atlar zalolat, zalolat-larning hammasi do‘zaxdadir.

Birodarlar! Odamlarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va orzulari har xil. Nafaqat o‘sha maqsad va orzular, balki unga erishish uchun kerak bo‘ladigan himmatlari ham har xil. Ya’ni, insonlarning maqsadlari va unga erishishdagi himmatlari har xil. Ba’zi bir kishilar juda ham oliy maqsadlar va yuqori vazifalar haqida gapirishadi. Lekin ularning qilayotgan ishlari aytayotgan so‘zlariga to‘g‘ri kelmaydi. Ahli ilmlar bunday kishini orzuga aldangan deyishadi. Zero, orzu bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Boshqa bir turli insonlar borki, ular gapirmaydilar. Lekin ularning qilayotgan ishlari ularning naqadar himmatli ekanlarini ko‘rsatadi. Agar ular Alloh yo‘lida biror ishga chaqirilsalar, hech ikkilanmasdan, sustkashlik qilmasdan va qiyinchiliklarga qaramasdan, labbay, deb keladilar.

Demak, insonlarning maqsadlari va o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalari ham, shu maqsad va vazifalarga olib boradigan ularning himmatlari ham har xil.

Inson irodasining turli ko‘rinishlari

Quyidagi ikki kishining maqsad va himmatlarini solishtirib ko‘ring. Bir badaviy (sahroyi) arab, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yo‘lda yo‘liqib: «Ey Muhammad, Alloh senga bergan bu mol-dunyodan menga ham ber! Bu mol-dunyo na seniki va na otangniki», – dedi. Endi Rabiy’a Ibn Ka’b al-Aslamiyning himmatini tasavvur qiling. U yigitcha tunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga tahorat uchun suv olib keladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga: «Istagan narsangni so‘ra!», – desalar, yigitcha: «Jannatda siz bilan birga bo‘lishni», – deydi. Jannat istagan qayerdayu, qiymatsiz narsalar istagan qayerda.

Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga g‘animatlar kelib qoldi. U kishi bu g‘animatni ahli supa va muhtojlar orasida tarqata boshladilar. Abu Hurayra bu voqeani kuzatib turardi. U kishi ham ahli supadan bo‘lib, yotgani joyi, kiygani kiyimi va yegani taomi yo‘q edi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam u kishining muhtoj ekanini bilib, shunday dedilar: «Ey Abu Hurayra, Odamlar kelib mendan bu g‘animatdan berishimni so‘rashayabdi. Sen ham so‘ramaysanmi?» Shunda u kishi:

— Ey Rasululloh! Men sizdan bitta narsa so‘rayman.

— Nimani?

— Alloh sizga bergan ilmdan menga ham o‘rgatishingizni.

— Boshqa narsa so‘rasangchi?!

— Istagim shu.

Ahli dunyo va nazari past odamlar doimo kiyim-kechak, yemak-ichmaklar ortidan yuradilar. Oliyhimmat kishilar esa faqat Allohning roziligini istaydilar. Abu Hurayra: «Men sizdan bitta narsa so‘rayman. Alloh sizga bergan ilmdan menga ham o‘rnatishingizni», – dedi. U Alloh taolo ahli ilmlarni yuqori martabalarga ko‘tarishini bilardi, biror kishi Alloh taologa ilm talab qilishdan ko‘ra afzalroq amal bilan yaqin bo‘la olmasligini bilardi.

Alloh taologa ilm bilan ibodat qilinadi va Uning tavhidi ham ilm bilan bo‘ladi. U zotning barcha aybu nuqsonlardan pok, ulug‘ ekani ilm bilan bilinadi. «Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur». Jannat yo‘li ilm yo‘lidir. «Kim ilm istab bir yo‘lga tushsa, Alloh taolo u kishini jannat yo‘liga solib qo‘yadi».

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yelkamdagi bir bo‘lak matoni oldilar va uni o‘rtamizga yozdilar. Men u matoda chumolining o‘rmalab yurganini ko‘rib turardim. Keyin rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga hadis ayta boshladilar. Aytaverdilar, aytaverdilar, keyin menga: «Bu matoni yig‘ib ol!», – dedilar. Men uni yig‘ib oldim. Shundan keyin u kishining so‘zlaridan bir harfni ham unutmaydigan bo‘ldim». Bu hadisni rivoyat qilgan kishi ham, behisob hadislarni bizga naql qilgan kishi ham Abu Hurayra roziyallohu anhu bo‘ladilar.

Dunyo ahli dunyo talabida bo‘lsalar, oliyhimmat kishilar Alloh taboraka va taoloning huzuridagi (jannat) talabidalar.

Abu Hurayra roziyallohu anhu hayotlarining oxirida yig‘lab, Ey voh! Safarimiz uzoq, qo‘limizdagi ozuqamiz esa (qilgan amalimiz) oz, – deganlar. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan olti mingta hadis rivoyat qilganlar va yana safari uzoq bo‘lib, kam amal qilganlarini shikoyat qilmoqdalar.

(davomi bor)

Manba: IslamNuri.com

Devami

Şeyh Qarniy Nasihati (Özbekçe ve Türkçe)

ŞEYH QARNİY NASİHATİ: Her gün:

1. Beş vakit namazı zamanında kılalım

2. Kur’an-ı Kerimden 2 sayfa okuyalım

3. “Hisnul Muslim” kitabından sabah ve akşam zikirlerini okuyalım

4. “Riyazus Salihin” kitabından her günü 3 hadis okuyalım

5. Her günü bir Lira, eğer aileniz varsa onlarada birer lireden sadaka -ihsan edelim.

6. Yalan ve gıybet sözleri bırakalım

7. Günde yarım saat yaya yürüyelim

8. İşimizi ihlasla ve uzmanca yapalım

9. Pazartesi ve Perşembe günleri oruç tutalım

10. Her günü dünya Müslümanları için Allah’tan mağfiret isteyelim

 

Devami