Özbekistan meclisine kan değişimi yolda

ABD ile zirve toplantısı için Washington’da bulunan Özbek heyetten ülkenin meclisinde daha uzman bir kadro ile çalışılacağı bilgisi verildi

17.05.2018

Washington’daki ABD-Özbekistan zirve toplantısına katılan heyetteki diplomatlardan Senato Başkan Yardımcısı Sadik Safoev, ülkede reformların gerekli olduğunu ve yeni bir meclise ihtiyaç olduğunu söyledi.

Safoev ‘Amerika’nın Sesi’ radyosu muhabirinin “Özbekistan’da kabul edilen reform programına göre, parlamento bütün sistem üzerinde demokratik bir denetim kurmalıdır. Bu hedefe ulaşmak için hangi adımlar atılabilir ve Parlamento bunun üzerinde nasıl çalışır” sorusunu şöyle yanıtladı:

“Öncelikle, bugünkü meclisimizin önceki yıllardan çok farklı olduğunu kabul etmeliyiz. Bugün, bakanlar, milletvekilleri, başbakan yardımcıları ve devlet kurumları başkanları Meclise rapor veriyorlar ve yoğun sorulara muhatap oluyorlar. İşkence, zorla çalıştırma gibi karmaşık sorulara cevaplar soruluyor … Süreç değişti. Bugün meclis, yürütme organını denetlemeye başladı. ”

Burada iki nokta önemlidir: Her şeyden önce, böyle bir kontrol yerel sistemler tarafından sağlanmalıdır, yani yerel yöneticiler milletin farklı düzeylerdeki temsilcilerine hesap vermeyi öğrenmelidirler.

“İkincisi, bu belki de bazı milletvekillerinin hoşuna gitmez, ama yeni bir meclise ihtiyacımız var. Gelecek seçimlerin sonucu olarak bunu başaracağımızı düşünüyorum. Özellikle hukuk ve ekonomi uzmanlarından oluşan yeni bir nesil geliyor. Onlar zeka, politik ve entelektüel olarak daha ileri seviyededirler. Bu parlamentonun yenilenmesi ve yeniden çalışmaya başlaması için çok önemlidir. Gelecek yıl yeni seçimler yapılacak ve bununla parlamentonun yenileneceğini umuyoruz. ”

Dünya Bülteni

Devami

Mirziyoyev Vashingtonda – ‘O‘zbekiston o‘zgarmoqchi, ochilmoqchi va AQSh bunga ko‘mak bermoqchi’

16.05.2018

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning, Oq Uy ta’birida, Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk ekaniga qaramay, “tarixiy rasmiy tashrifiga” Vashingtondan berilayotgan baholar shunday bo‘lmoqda.

Toshkent vaqti bilan kecha yarim tunga yaqin Vashingtonga yetib borgan O‘zbekiston rahbari bugun AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan tor va keng doiralarda muzokaralarini boshlaydi.

Tomonlar bir tashrifning o‘zidayoq o‘rtalaridagi “strategik sheriklikni rasman yangi bosqichga ko‘tarish”moqchi.

“Amerika katta bir manzaraga qaraganda, O‘zbekistonda yaxshi bir potensial ko‘rayapti, lekin u o‘zining mintaqaviy maqsadlarini ko‘zlab ham ish tutmoqda bu yerda”, – deydi Vashingtondan prezident Mirziyoyevning rasmiy tashrifini yaqindan yoritib borayotgan jurnalist Navbahor Imamova.

O‘tkazib yuboringYoutube post muallif BBC Uzbek

Ogohlantirish:Uchinchi manba materialida reklama bo‘lishi mumkin
Oxiri Youtube post muallif BBC Uzbek
Uning aytishicha, agar, O‘zbekiston, deylik, hozir o‘zi xohlayotganidek yoki o‘zi so‘zida aytayotganidek oyoqqa turadigan bo‘lsa, Amerikaga bundan faqat naf.

“Chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik jamiyat. Va, agar, O‘zbekistonda, deylik, biror bir inqilobsiz shunday bir siyosiy o‘zgarishlar qilina olsa, bu nafaqat O‘zbekiston va uni uzoqdan kuzatib turgan, ishonchli sherik bo‘lishni xohlagan Amerika, balki dunyo uchun yaxshi bo‘ladi”, – deydi suhbatdoshimiz.

Ilk rasmiy tashrif arafasida: Amerikadagi o‘zbekistonliklar Mirziyoyevdan nima istashadi?

Mirziyoyev-Tramp: Amerika O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ocha oladimi?

Tomonlar rasman tasdiqlashdi: Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Amerika Qo‘shma Shtatlariga boradi

Jurnalistga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi prezidenti o‘z faoliyatini boshlashi bilanoq, uning gaplari, u tashlayotgan qadamlar Vashingtonni ruhlantirgan.

“Amerika uchun hozir dunyoda mana shunday sheriklar kerak. Ya’ni, o‘sha, qandaydir bir darajada Amerikani xursand qiladigan, Amerika qadriyatlariga, Amerika targ‘ib qilib kelgan prinsiplarga mos ravishda qadam tashlayotgan”, – deydi jurnalist.

Ammo, suhbatdoshimizga ko‘ra, shunda ham, “ular O‘zbekistonga ehtiyotkorona optimizm bilan yondashishmoqda”.

“Ular, “biz O‘zbekistondagi vaziyatni bayram qilishga shoshib ketayotganimiz yo‘q. Chunki, bilamiz, u yerda muammo talay. Islohotlar haqida qanchalik yaxshi gaplar aytilmayotgan bo‘lsin, O‘zbekistonda ularni amalga oshirish, o‘zgarish qilish judayam qiyin. Buning uchun O‘zbekistonda kuch-quvvat yo‘q, tajriba yo‘q”, – deb aytishadi”.

Ammo “Vashington hozir, “Biz qo‘ldan kelgancha yordam beramiz. Agar, O‘zbekiston bizdan muayyan sohalarda yordam so‘raydigan bo‘lsa, biz unga qo‘ldan kelgancha ko‘mak beramiz”, -degan mavqe’da”.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, prezident Mirziyoyevning Amerikaga uch kunlik rasmiy tashrifi chog‘ida turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilishadi.

Tashrif yakunida tomonlar O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida “strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi”ga oid qo‘shma bayonotni imzolashadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi jurnalistlarga bergan brifingida, “tashrif davomida 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi”ni ma’lum qilgan.

Tomonlar o‘rtasida umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilganini bildirgan.

Bu raqamlar, albatta, tashrif davomida o‘zgarishi ham mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Suhbatdoshimizning aytishicha, ikki tomon o‘rtasidagi mushtarak maqsadlar, manfaatlar haqida gap ketganda, hali ham Afg‘oniston asosiy omil sifatida qolmoqda”.

Vashingtondagi muzokaralar ortidan, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida xavfsizlik va Afg‘oniston masalasida ham hamkorlikning kengayishi kutilmoqda.

Afg‘on mojarosi va tashqi siyosat
Afg‘on mojarosiga tinch yo‘lda yechim topish bilan bog‘liq eng so‘nggi sa’y-harakatlar esa, aynan O‘zbekistonning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Rasmiy Toshkent shu yilning 26-27 mart kunlari xuddi shu mavzuga qaratilgan oliy darajadagi yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qilgan.

Anjuman yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi ostida O‘zbekistonning afg‘on mojarosi yechimida mintaqada yangi diplomatik vositachi sifatida o‘rtaga chiqish istagining ifodasi sifatida talqin topgan.

Bu kabi tadbirga mezbonlik qilish bilan O‘zbekiston xalqaro sahnada o‘zining geosiyosiy qudrati va ahamiyatini yangilash niyatida ekani aytilgan.

Rossiyadagisidan farqli o‘laroq, Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajadagi Toshkent xalqaro anjumanini rasmiy Vashington ham bee’tibor qoldirmagan.

Tadbirga AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni yuborgan.

Anjuman ortidan uning ahamiyatiga AQSh Davlat departamenti ham rasman izoh berib o‘tgan.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘oniston hukumatini tinchlikka erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashi hamda Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar rahbariyatining bu boradagi sa’y-harakatlarini yuksak baholashi”ni bildirgan.

Mirziyoyevning Vashingtonga rasmiy tashrifi arafasida Toshkentga safar qilgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votel ham O‘zbekiston rahbari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalasini muhokama qilgan.

General Votel ham O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro anjumani yakunlarini yuksak baholashlari va qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan.

Prezident Donald Tramp boshchiligi ostidagi yangi AQSh ma’muriyati o‘zining Afg‘onistonga oid yangi strategiyasida toliblar doxil isyonchilar bilan muzokaralar ehtimolini nazardan soqit etmagan.

Ma’muriyat o‘zining bu qarori bilan aksariyat xalqaro harbiy tahlilchilarning diqqat-e’tiborlarini ham o‘ziga tortgan.

Ammo Oq Uy bunga harbiy bosimni oshirish hisobiga erishish rejasida ekanliklarini bayon qilgan.

So‘nggi ikki yil ichida Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini oshirish va havo hujumlariga zo‘r berishga kirishgan.

Afg‘onistonda jang qilayotgan eng yirik qurolli guruh ekani bois, sulh jarayonida ikkita muzokarachi tomondan so‘zsiz bittasi sifatida e’tirof etiluvchi Tolibon harakati yaqinda o‘zining bu yilgi bahorgi amaliyotini e’lon qilgan.

Qisqa vaqtning o‘zida Afg‘onistonda qator hujumlar uyushtirishning uddasidan chiqqan.

Joriy pallada Afg‘onistonning aksariyat hududlarida toliblarning u yoki bu darajada hozir ekanliklari esa, isbot talab qilmaydigan voqe’likka aylanib ulgurgan.

BBC Uzbek

Мирзиёев Вашингтонда – ‘Ўзбекистон ўзгармоқчи, очилмоқчи ва АҚШ бунга кўмак бермоқчи’

МирзиёевФото муаллифлик ҳуқуқиPRESIDENT.UZ

Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг, Оқ Уй таъбирида, Америка Қўшма Штатларига илк эканига қарамай, “тарихий расмий ташрифига” Вашингтондан берилаётган баҳолар шундай бўлмоқда.

Тошкент вақти билан кеча ярим тунга яқин Вашингтонга етиб борган Ўзбекистон раҳбари бугун АҚШ Президенти Дональд Трамп билан тор ва кенг доираларда музокараларини бошлайди.

Томонлар бир ташрифнинг ўзидаёқ ўрталаридаги “стратегик шерикликни расман янги босқичга кўтариш”моқчи.

“Америка катта бир манзарага қараганда, Ўзбекистонда яхши бир потенциал кўраяпти, лекин у ўзининг минтақавий мақсадларини кўзлаб ҳам иш тутмоқда бу ерда”, – дейди Вашингтондан президент Мирзиёевнинг расмий ташрифини яқиндан ёритиб бораётган журналист Навбаҳор Имамова.

Унинг айтишича, агар, Ўзбекистон, дейлик, ҳозир ўзи хоҳлаётганидек ёки ўзи сўзида айтаётганидек оёққа турадиган бўлса, Америкага бундан фақат наф.

“Чунки Ўзбекистон Марказий Осиёдаги энг йирик жамият. Ва, агар, Ўзбекистонда, дейлик, бирор бир инқилобсиз шундай бир сиёсий ўзгаришлар қилина олса, бу нафақат Ўзбекистон ва уни узоқдан кузатиб турган, ишончли шерик бўлишни хоҳлаган Америка, балки дунё учун яхши бўлади”, – дейди суҳбатдошимиз.

Журналистга кўра, Ўзбекистоннинг янги президенти ўз фаолиятини бошлаши биланоқ, унинг гаплари, у ташлаётган қадамлар Вашингтонни руҳлантирган.

“Америка учун ҳозир дунёда мана шундай шериклар керак. Яъни, ўша, қандайдир бир даражада Американи хурсанд қиладиган, Америка қадриятларига, Америка тарғиб қилиб келган принципларга мос равишда қадам ташлаётган”, – дейди журналист.

Аммо, суҳбатдошимизга кўра, шунда ҳам, “улар Ўзбекистонга эҳтиёткорона оптимизм билан ёндашишмоқда”.

“Улар, “биз Ўзбекистондаги вазиятни байрам қилишга шошиб кетаётганимиз йўқ. Чунки, биламиз, у ерда муаммо талай. Ислоҳотлар ҳақида қанчалик яхши гаплар айтилмаётган бўлсин, Ўзбекистонда уларни амалга ошириш, ўзгариш қилиш жудаям қийин. Бунинг учун Ўзбекистонда куч-қувват йўқ, тажриба йўқ”, – деб айтишади”.

Аммо “Вашингтон ҳозир, “Биз қўлдан келганча ёрдам берамиз. Агар, Ўзбекистон биздан муайян соҳаларда ёрдам сўрайдиган бўлса, биз унга қўлдан келганча кўмак берамиз”, -деган мавқеъда”.

Расмий хабарларга кўра, президент Мирзиёевнинг Америкага уч кунлик расмий ташрифи чоғида турли соҳалардаги ўзаро муносабатларни янада мустаҳкамлашга қаратилган ҳужжатлар тўпламини қабул қилишади.

Ташриф якунида томонлар Ўзбекистон ва Америка Қўшма Штатлари ўртасида “стратегик шерикликнинг янги даври бошланиши”га оид қўшма баёнотни имзолашади.

Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот котиби журналистларга берган брифингида, “ташриф давомида 40 дан ортиқ ҳужжатлар қабул қилиниши”ни маълум қилган.

Томонлар ўртасида умумий қиймати 8,5 миллиард долларлик савдо-иқтисодий ва инвестициявий битимлар имзоланиши режалаштирилганини билдирган.

Бу рақамлар, албатта, ташриф давомида ўзгариши ҳам мумкинлигини қўшимча қилган.

Суҳбатдошимизнинг айтишича, икки томон ўртасидаги муштарак мақсадлар, манфаатлар ҳақида гап кетганда, ҳали ҳам Афғонистон асосий омил сифатида қолмоқда”.

Вашингтондаги музокаралар ортидан, Ўзбекистон ва АҚШ ўртасида хавфсизлик ва Афғонистон масаласида ҳам ҳамкорликнинг кенгайиши кутилмоқда.

Афғон можароси ва ташқи сиёсат

Афғон можаросига тинч йўлда ечим топиш билан боғлиқ энг сўнгги саъй-ҳаракатлар эса, айнан Ўзбекистоннинг ҳиссасига тўғри келади.

Расмий Тошкент шу йилнинг 26-27 март кунлари худди шу мавзуга қаратилган олий даражадаги йирик халқаро анжуманга мезбонлик қилган.

Анжуман янги президенти Шавкат Мирзиёев бошқаруви остида Ўзбекистоннинг афғон можароси ечимида минтақада янги дипломатик воситачи сифатида ўртага чиқиш истагининг ифодаси сифатида талқин топган.

Бу каби тадбирга мезбонлик қилиш билан Ўзбекистон халқаро саҳнада ўзининг геосиёсий қудрати ва аҳамиятини янгилаш ниятида экани айтилган.

Россиядагисидан фарқли ўлароқ, Афғонистон бўйича олий даражадаги Тошкент халқаро анжуманини расмий Вашингтон ҳам беэътибор қолдирмаган.

Тадбирга АҚШ Давлат котибининг сиёсий масалалар бўйича ўринбосари Томас Шеннонни юборган.

Анжуман ортидан унинг аҳамиятига АҚШ Давлат департаменти ҳам расман изоҳ бериб ўтган.

“Америка Қўшма Штатлари Афғонистон ҳукуматини тинчликка эришиш йўлида қўллаб-қувватлаши ҳамда Марказий Осиёдаги қўшни мамлакатлар раҳбариятининг бу борадаги саъй-ҳаракатларини юксак баҳолаши”ни билдирган.

Мирзиёевнинг Вашингтонга расмий ташрифи арафасида Тошкентга сафар қилган АҚШ Қуролли Кучлари Марказий қўмондонлиги қўмондони генерал Жозеф Вотел ҳам Ўзбекистон раҳбари билан Афғонистондаги вазиятни тинч йўл билан ҳал этиш масаласини муҳокама қилган.

Генерал Вотел ҳам Ўзбекистон президенти ташаббуси билан ўтказилган Афғонистон бўйича Тошкент халқаро анжумани якунларини юксак баҳолашлари ва қўллаб-қувватлашларини билдирган.

Президент Дональд Трамп бошчилиги остидаги янги АҚШ маъмурияти ўзининг Афғонистонга оид янги стратегиясида толиблар дохил исёнчилар билан музокаралар эҳтимолини назардан соқит этмаган.

Маъмурият ўзининг бу қарори билан аксарият халқаро ҳарбий таҳлилчиларнинг диққат-эътиборларини ҳам ўзига тортган.

Аммо Оқ Уй бунга ҳарбий босимни ошириш ҳисобига эришиш режасида эканликларини баён қилган.

Сўнгги икки йил ичида Афғонистондаги қўшинлари сонини ошириш ва ҳаво ҳужумларига зўр беришга киришган.

Афғонистонда жанг қилаётган энг йирик қуролли гуруҳ экани боис, сулҳ жараёнида иккита музокарачи томондан сўзсиз биттаси сифатида эътироф этилувчи Толибон ҳаракати яқинда ўзининг бу йилги баҳорги амалиётини эълон қилган.

Қисқа вақтнинг ўзида Афғонистонда қатор ҳужумлар уюштиришнинг уддасидан чиққан.

Жорий паллада Афғонистоннинг аксарият ҳудудларида толибларнинг у ёки бу даражада ҳозир эканликлари эса, исбот талаб қилмайдиган воқеъликка айланиб улгурган.

Devami

Özbekistan’da ‘çalışmaya zorlamak’ OHAL sayılacak

Özbekistan’ın ABD büyükelçisi, ülkede insanları zorla çalıştırmayı “olağanüstü hal” olarak kabul edeceğiz

16.05.2018

Özbekistan Devlet Başkanı Şevket Mirziyayev’in ABD’ye yapacağı ziyaret öncesi 14 Mayıs’ta Washington’daki Ulusal Basın Kulübünde Özbekistan’daki insan hakları ve özgürlüklerinin durum değerlendirme toplantısı yapıldı.

Toplantıya eski Dışişleri Bakanı ve Senato Başkan yardımcısı Sodiq Safoev, İnsan Hakları Milli Merkezi direktörü Akmal Saidov, Özbekistan’ın ABD büyükelçisi Javlon Vahobov, HRW İnsan Hakları İzleme Örgütü Orta Asya sorumlusu Steve Swerdlow katıldı.

Özbek yetkililer Şevket Mirziyayev’in iktidara gelmesinden bu yana ülkede insan hakları, konuşma özgürlüğü ve basın alanındaki değişikliklerin yanı sıra dini özgürlüklerin genişlemesi konuları üzerinde durdular.

Son dönemde Özbekistan hapishanelerinden çok sayıda muhalif gazeteci ve insan hakları savunucularının serbest bırakılması ve “Amerika’nın Sesi” radyosu muhabiri Navbakhor Imomova’nın ülkede hizmet vermesi bu alanda büyük bir ilerleme olarak sunuldu.

Toplantıda konuşan Özbekistan’ın ABD Büyükelçisi Vahobov, “Ülkemizde çocukları ve bütçe kurumları çalışanlarını zorla çalıştırmayı önlemek için özel önlemler alındı. Uluslararası Çalışma Örgütü ve Dünya Bankası ‘çocuk işçiliğinin sistematik kullanımına son verdiğimizi’ doğruladı. Ancak, ABD Çalışma Bakanlığı bu alanda herhangi bir gelişme olmadığını söylüyor. Umarım yakında bu adaletsizlik düzeltilecektir. Cumhurbaşkanımız Mirziyayev, hükümet yetkililerine her türlü zorla çalıştırma olayını “olağanüstü hal” olarak görmesini emretti” dedi.

Toplantıda konuşan Senato Başkan yardımcısı Sadik Safaoev ülkesine otoriter yönetim şeklinden vazgeçilmeye başlandığını, bunun sadece bir taklit olmadığını ve bu sürecin devam edeceğini söyledi.

Dünya Bülteni

Devami

Toshkent bilan Xo‘jand o‘rtasida avtobus qatnay boshlaydi

15.05.2018

O‘zbekiston poytaxti Toshkent bilan Tojikistonning Xo‘jand shahri o‘rtasida 15 maydan avtobus qatnay boshlaydi. Bu haqda Gazeta.uz nashri Manzara Tourism sayyohlik operatori ma’lumotiga tayangan holda xabar tarqatdi.

O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan mazkur avtobus qatnovi kuniga 3 martadan amalga oshiriladi.

Toshkent-Xo‘jand yo‘nalishi bo‘ylab chipta narxi 50 ming so‘m, Xo‘jand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab chipta narxi esa 50 somoniy etib belgilangan. To‘lov yo‘lga chiqish mamlakatlari milliy valyutasida amalga oshiriladi. Chiptalarni “Toshkent” va “Xo‘jand” avtovokzallari kassalaridan sotib olish mumkin.

Safar uchun 4,5 soat vaqt belgilangan bo‘lib, bunga chegara punktlaridan o‘tish vaqti ham kiradi.

Avtobuslar va ularning yo‘lovchilari NO‘Pdagi bojxona ko‘rigi va chegara pasport nazoratidan navbatsiz o‘tkazilishi aytilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi bitim shu yil 9 martida imzolangan.

Ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida avtobus qatnay boshlashi haqida Ozodlik avval xabar qilgan.

Ozodlik

Devami

Özbekistan’da bir muhalif aktivist daha serbest

Özbekistan’da yabancı işçilerin haklarını savunduğu için hapse atılan muhalif aktivist cumartesi günü serbest bırakıldı

15.05.2018

Ülkenin içinde ve dışında göçmen işçilerin hakkını savunduğu için hapse atılan Özbekistan Halk Hareketi üyesi Fahriddin Tillyaev 12 Mayıs’ta serbest bırakıldı.

Tillaev, 2014 yıl Mart ayında insan kaçakçılığı suçlamalarıyla 11 yıl hapis cezasına çarptırılmıştı. Onunla aynı davada yargılanan ve 8 yıl 3 ay hapse mahkum edilen Nuriddin Jumaniyazov 68 yaşında hapishanede ölmüştü.

Tillaev’in dava arkadaşları ona yönetilen suçlamaların sahte olduğunu ve aktivistin siyasi faaliyetleri yüzünden cezalandırıldığını belirtmişlerdi.

Uluslararası örgütler Tillyaev’in hapishanede işkence gördüğü bilgisini yayınlamışlardı. Tillyaev yaptığı açıklamada işkence iddialarını doğrulayarak:

“Tutuklandıktan sonra sorgulama sürecinde ve mahkeme duruşmasından önce işkence gördüm. Mahkemeden sonra da işkence yaptılar. Çok acı çektim. Mesela, omuzlarıma, parmaklarım ve bacaklarım arasına iğne soktular. Soğuk havada çıplak halde üstüme soğuk su döktüler. Vücuduma elektrik vererek işkence yaptılar. Ayaklarımın altına polis dayağı ile vurdular. Hapishanede geçen günlerim için çok üzülüyorum. İnsanlığımı, özgürlüğümü elimden aldılar, her şeyden mahrum bıraktılar”, dedi.

Dünya Bülteni

Devami

ЎЗБЕКЛАРНИНГ СИЁСАТГА ҚИЗИҚИШИ ОРТМОҚДА

 

Бугун халқимизнинг биринчи дарди иқтисод эканлигини яхши биламиз. Бунинг сабаби инсонларимизнинг ўз ўзидан иқтисодга “қизиқишлари”дир. Мамлакатда иқтисодий инқироз, камбағаллик, порахўрик ва ишсизлик “тараққий” қилган. Шунинг учун ҳам инсонларимиз иқтисодга “қизиқиб” Ўзбекистоннинг ичида ва хорижий мамлакатларда иш ва пул излаб юрибдилар…

Инсонларимиз қизиқаётган яна бир соҳа диндир. Аҳолининг аскарияти мусулмонлар бўлгани учун эркинлик шамоли эсар эсмас, одамлар яна диний соҳа билан қизиқа бошладилар. Мусулмонларнинг ўзлари, имомлар ва аҳли илмлар айниқса ижтимоий тармоқларда тобора кўпроқ ва кенгроқ фаоллик кўрсатмоқдалар. Диний мавзулар кун тартибидан тушмаяпти ва вақти вақти билан қизғин баҳсу мунозараларга ҳам сабаб бўлмоқда…

Ўзбеклар одатда сиёсатда узоқ турадиган ва юрадиган инсонлардир. Бунга сабаб мустақилликдан кейин Ислом Каримов диктатурасида сиёсат билан шуғулланишнинг қаттиқ тақиқланганлигидир. Бу даврда жуда кўп сиёсий мухолифлар қамоққа ташланди ва сургун қилинди. Натижада инсонларимиз сиёсатдан узоқлашдалар, тўғрироғи сиёсат дейилиши билан уларнинг овози чиқмайдиган бўлиб қолди…

Президент Шавкат Мирзиёев бошлаган ҳозирги нисбий ислоҳотлар ва ўзгаришлар жараёнида инсонларимизда сиёсатга бўлган қизиқишнинг ва фаолликнинг ҳам жонлана бошлаганини кўрмоқдамиз. Ўз тажрибамда айтадиган бўлсам, Файсбоокда ва интернетнинг бошқа тармоқларида мен эълон қилаётган сиёсий мақолалар, видео суҳбатларга қизиқишнинг ортганини айтишим мумкин.

Мен бу тармоқда эълон қилган “МУАММОЛАР, МУАММОЛАР ВА ЯНА МУАММОЛАР” (facebook.com/permalink.php?story_fbid=615683672117100&id=100010264186017), “ИСЛОМ КАРИМОВ РЕЖИМИНИНГ ҚАТАҒОНЛАРИ ЭЪТИРОФ ҚИЛИНСИН, УЛАРНИНГ ҚУРБОНЛАРИ ОҚЛАНСИН!” (facebook.com/permalink.php?story_fbid=615160502169417&id=100010264186017),
“Янги Жамият” гуруҳига қўйилган “Қандай жамиятда яшаяпмиз? Капитализмдами? Социализмдами? Феодализмдами? Биладиганлар борми?” ва аввал бу ерда, кейин Youtube саҳифасида эълон қилинган “БОБОМУРОД АБДУЛЛАЕВ ОЗОД БЎЛДИ !” (youtube.com/watch?v=d1B0c78BpnE&t=37s) каби мақолалар ва видео мулоқотлар кўп сонли дўстларим томонидан ўқилди, уларнинг муҳокамасида юзларча дўстлар қатнашишди ва видеосуҳбатни эса бир ҳафта давомида 3 мингга яқин киши кўриб, баъзи ҳамюртларимиз изоҳлар шаклида унга муносабат билдиришди…

Инсонларимизнинг сиёсат соҳасига қайта қизиқа бошлашлари албатта муҳим бир жараёндир. Чунки сўнгги асрларда инсониятнинг ҳаётини бошқариб келаётган соҳа айнан сиёсат соҳасидир. Дин ва эътиқод муҳимроқ бўлишига қарамай сўнгги асрларда сиёсат соҳаси, сиёсий жараёнлар ва курашлар халқларнинг кундалик ҳаётига таъсир қилувчи ҳамда турли жамиятлар ва давлатларда ижтимоий ҳаётнинг моҳиятини белгилаб берувчи асосий омилга айлангани бир ҳақиқатдир.

Ҳозирги замонда дунёда айниқса давлатларнинг ва давлат бошқарувининг аҳамияти ниҳоятда катта ўрин касб этмоқда. Инсоният нафақат 200 га давлатларнинг фуқароларига айланган, уларнинг ҳаётига оид бутун соҳалар сиёсий бошқарув томонидан режалаштирилмоқда ва бошқарилмоқда. Айтиш мумкинки, давлатлар ва давлат бошқарув органлари турли халқлар ва жамиятлар ҳаётида марказий куч ва бошқарувчи ҳамда ислоҳот қилувчи омилга айланган.

Мақоланинг бошланишида инсонларимизнинг аввало иқтисод, кейин эса диний соҳага қизиқиш кўрсатаётгани айтдик. Аслида эса бу икки соҳани бошқариш ва ривожлантириш ҳам сиёсат соҳасининг, яъни давлат ва жамият бошқарувининг ихтиёрида эканлигини эътироф қилишимиз керак.

Демак, иқтисодми, диний соҳами, таълим ва тарбия соҳасими бугунги кунда ўз ўзидан сиёсат соҳасига боғлиқ ва унинг бошқарувидадир. Шундай экан, инсонларимизнинг бу соҳага қизиқишлари ва сиёсат соҳасига бевосита аралашишлари бир мажбурият ва масъулият ҳамдир.

Афсуски, Ўзбекистонда кўп соҳаларда ташаббус кўрсатаётган ва ислоҳотлар томон амалий қадамлар отаётган ҳозирги ҳукумат сиёсий ислоҳотлар масаласида ҳали жиддий қадамлар қўймади. Президент идораси, Вазирликлар ва маҳаллий ҳокимият идораларида кадрлар алмашаётгани бир ҳақиқатдир. Аммо умумиятла халқни бевосита сиёсий соҳанинг иштирокчисига ва ҳал қилувчи кучига айлантириш учун амалга оширилиши лозим бўлган сиёсий ислоҳотлар бошлагани йўқ. Қўғирчоқ сиёсий партияларнинг фаолиятини ҳеч кимни, ҳатто уларнинг бошқаруви ва аъзоларини ҳам қониқтирмаслиги бир ҳақиқатдир. Ўзбекистонда сиёсий соҳанинг эркинлаша бошлаганини ҳеч ким айта олмайди. Демак, сиёсий рақобат ҳали йўлга қўйилмади, ҳукуматга муқобил сиёсий куч бўлган мухолифатнинг фаолиятига ҳануз рухсат берилмади. Сиёсий жараёнларни эркин таҳлил ва танқид қиладиган оммавий ахборот воситаларининг эркинлигини ҳали кўнгилдагидек, деб бўлмайди…

Агар ҳукумат мамлакатимизда ўзи иддао қилаётган туб ва оламшумул ислоҳотларнинг амалга ошишини истаса, албатта вақт йўқотмасдан сиёсий ислоҳотларни ҳам бошлаши лозим. Чунки ижтимоий ва иқтисодий таназзул шароитларида сиёсий ислоҳотларнинг кечиктирилиши Арманистон ва бошқа давлатлар мисолида бўлгани каби сиёсий барқарорликка зарар бериши ва ҳатто уни издан ҳам чиқариши мумкин. Демак, сиёсий ислоҳотлар амалга оширилмаса бир томондан бошқа соҳалардаги ислоҳотларнинг амалга ошиши шубҳали бўлиб қолаверади. Иккинчи томондан эса, ижтимоий сиёсий барқарорлик таҳлика остида қолади.

Намоз НОРМЎМИН
14.05.2018

O‘ZBEKLARNING SIYOSATGA QIZIQISHI ORTMOQDA

Bugun xalqimizning birinchi dardi iqtisod ekanligini yaxshi bilamiz. Buning sababi insonlarimizning o‘z o‘zidan iqtisodga “qiziqishlari”dir. Mamlakatda iqtisodiy inqiroz, kambag‘allik, poraxo‘rik va ishsizlik “taraqqiy” qilgan. Shuning uchun ham insonlarimiz iqtisodga “qiziqib” O‘zbekistonning ichida va xorijiy mamlakatlarda ish va pul izlab yuribdilar…

Insonlarimiz qiziqayotgan yana bir soha dindir. Aholining askariyati musulmonlar bo‘lgani uchun erkinlik shamoli esar esmas, odamlar yana diniy soha bilan qiziqa boshladilar. Musulmonlarning o‘zlari, imomlar va ahli ilmlar ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda tobora ko‘proq va kengroq faollik ko‘rsatmoqdalar. Diniy mavzular kun tartibidan tushmayapti va vaqti vaqti bilan qizg‘in bahsu munozaralarga ham sabab bo‘lmoqda…

O‘zbeklar odatda siyosatda uzoq turadigan va yuradigan insonlardir. Bunga sabab mustaqillikdan keyin Islom Karimov diktaturasida siyosat bilan shug‘ullanishning qattiq taqiqlanganligidir. Bu davrda juda ko‘p siyosiy muxoliflar qamoqqa tashlandi va surgun qilindi. Natijada insonlarimiz siyosatdan uzoqlashdalar, to‘g‘rirog‘i siyosat deyilishi bilan ularning ovozi chiqmaydigan bo‘lib qoldi…

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan hozirgi nisbiy islohotlar va o‘zgarishlar jarayonida insonlarimizda siyosatga bo‘lgan qiziqishning va faollikning ham jonlana boshlaganini ko‘rmoqdamiz. O‘z tajribamda aytadigan bo‘lsam, Faysbookda va internetning boshqa tarmoqlarida men e’lon qilayotgan siyosiy maqolalar, video suhbatlarga qiziqishning ortganini aytishim mumkin.

Men bu tarmoqda e’lon qilgan “MUAMMOLAR, MUAMMOLAR VA YaNA MUAMMOLAR” (facebook.com/permalink.php?story_fbid=615683672117100&id=100010264186017), “ISLOM KARIMOV REJIMINING QATAG‘ONLARI E’TIROF QILINSIN, ULARNING QURBONLARI OQLANSIN!” (facebook.com/permalink.php?story_fbid=615160502169417&id=100010264186017),
“Yangi Jamiyat” guruhiga qo‘yilgan “Qanday jamiyatda yashayapmiz? Kapitalizmdami? Sotsializmdami? Feodalizmdami? Biladiganlar bormi?” va avval bu yerda, keyin Youtube sahifasida e’lon qilingan “BOBOMUROD ABDULLAYeV OZOD BO‘LDI !” (youtube.com/watch?v=d1B0c78BpnE&t=37s) kabi maqolalar va video muloqotlar ko‘p sonli do‘stlarim tomonidan o‘qildi, ularning muhokamasida yuzlarcha do‘stlar qatnashishdi va videosuhbatni esa bir hafta davomida 3 mingga yaqin kishi ko‘rib, ba’zi hamyurtlarimiz izohlar shaklida unga munosabat bildirishdi…

Insonlarimizning siyosat sohasiga qayta qiziqa boshlashlari albatta muhim bir jarayondir. Chunki so‘nggi asrlarda insoniyatning hayotini boshqarib kelayotgan soha aynan siyosat sohasidir. Din va e’tiqod muhimroq bo‘lishiga qaramay so‘nggi asrlarda siyosat sohasi, siyosiy jarayonlar va kurashlar xalqlarning kundalik hayotiga ta’sir qiluvchi hamda turli jamiyatlar va davlatlarda ijtimoiy hayotning mohiyatini belgilab beruvchi asosiy omilga aylangani bir haqiqatdir.

Hozirgi zamonda dunyoda ayniqsa davlatlarning va davlat boshqaruvining ahamiyati nihoyatda katta o‘rin kasb etmoqda. Insoniyat nafaqat 200 ga davlatlarning fuqarolariga aylangan, ularning hayotiga oid butun sohalar siyosiy boshqaruv tomonidan rejalashtirilmoqda va boshqarilmoqda. Aytish mumkinki, davlatlar va davlat boshqaruv organlari turli xalqlar va jamiyatlar hayotida markaziy kuch va boshqaruvchi hamda islohot qiluvchi omilga aylangan.

Maqolaning boshlanishida insonlarimizning avvalo iqtisod, keyin esa diniy sohaga qiziqish ko‘rsatayotgani aytdik. Aslida esa bu ikki sohani boshqarish va rivojlantirish ham siyosat sohasining, ya’ni davlat va jamiyat boshqaruvining ixtiyorida ekanligini e’tirof qilishimiz kerak.

Demak, iqtisodmi, diniy sohami, ta’lim va tarbiya sohasimi bugungi kunda o‘z o‘zidan siyosat sohasiga bog‘liq va uning boshqaruvidadir. Shunday ekan, insonlarimizning bu sohaga qiziqishlari va siyosat sohasiga bevosita aralashishlari bir majburiyat va mas’uliyat hamdir.

Afsuski, O‘zbekistonda ko‘p sohalarda tashabbus ko‘rsatayotgan va islohotlar tomon amaliy qadamlar otayotgan hozirgi hukumat siyosiy islohotlar masalasida hali jiddiy qadamlar qo‘ymadi. Prezident idorasi, Vazirliklar va mahalliy hokimiyat idoralarida kadrlar almashayotgani bir haqiqatdir. Ammo umumiyatla xalqni bevosita siyosiy sohaning ishtirokchisiga va hal qiluvchi kuchiga aylantirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan siyosiy islohotlar boshlagani yo‘q. Qo‘g‘irchoq siyosiy partiyalarning faoliyatini hech kimni, hatto ularning boshqaruvi va a’zolarini ham qoniqtirmasligi bir haqiqatdir. O‘zbekistonda siyosiy sohaning erkinlasha boshlaganini hech kim ayta olmaydi. Demak, siyosiy raqobat hali yo‘lga qo‘yilmadi, hukumatga muqobil siyosiy kuch bo‘lgan muxolifatning faoliyatiga hanuz ruxsat berilmadi. Siyosiy jarayonlarni erkin tahlil va tanqid qiladigan ommaviy axborot vositalarining erkinligini hali ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi…

Agar hukumat mamlakatimizda o‘zi iddao qilayotgan tub va olamshumul islohotlarning amalga oshishini istasa, albatta vaqt yo‘qotmasdan siyosiy islohotlarni ham boshlashi lozim. Chunki ijtimoiy va iqtisodiy tanazzul sharoitlarida siyosiy islohotlarning kechiktirilishi Armaniston va boshqa davlatlar misolida bo‘lgani kabi siyosiy barqarorlikka zarar berishi va hatto uni izdan ham chiqarishi mumkin. Demak, siyosiy islohotlar amalga oshirilmasa bir tomondan boshqa sohalardagi islohotlarning amalga oshishi shubhali bo‘lib qolaveradi. Ikkinchi tomondan esa, ijtimoiy siyosiy barqarorlik tahlika ostida qoladi.

Namoz NORMO‘MIN
14.05.2018

Devami

ABD’li General Votel Afganistan için Özbekistan’da

ABD CENTCOM Komutanı Votel Afganistan’da barış ve güvenlik konularını görüşmek üzere Özbekistan’a gitti

14.05.2018

Özbekistan Cumhurbaşkanı Şevket Mirziyayev, ABD Merkez Kuvvetler (CENTCOM) Komutanı General Joseph Votel’i kabul etti.

Cumhurbaşkanlığı Basın Ofisinden yapılan açıklamaya göre, kabulde Mirziyayev, Özbekistan ile ABD arasındaki stratejik ortaklık ve çok yönlü iş birliğinin, özellikle siyaset, ticaret, ekonomi, yatırım, teknoloji ve kültür alanlarında hızla gelişmesinden duyduğu memnuniyeti dile getirdi.

Güvenlik, askeri ve askeri-teknik alanlardaki iş birliğinin detaylı olarak ele alındığı görüşmede, bölgedeki istikrarı hedef alan tehditlere karşı mücadele ve Afganistan’daki durumun barışçıl çözümüne ilişkin güncel konular tartışıldı.

Gündem Afganistan

ABD Başkanı Donald Trump’ın selam ve iyi dileklerini Mirziyayev’e ileten General Votel, ABD’nin mart ayında Taşkent’te düzenlenen Afganistan konulu uluslararası konferansın sonuçlarını değerlendirdiğini ve desteklediğini belirtti.

Görüşmede, Afganistan’da barış ve istikrarın sağlanmasının, ticaret ve ekonomide bölgesel iş birliğinin geliştirilmesi, Afganistan ve tüm Orta Asya ülkelerinin menfaatlerine yönelik büyük altyapı projelerinin hayata geçirilmesi için geniş imkanlar yaratacağı ifade edildi.

Görüşmede ayrıca Mirziyayev’in gelecek hafta ABD’ye gerçekleştireceği ilk resmi ziyaretinin Özbekistan-ABD iş birliğini üst düzeye çıkaracağı dile getirildi.

Özbekistan Cumhurbaşkanlığı Basın Ofisinden yapılan açıklamaya göre, Mirziyayev’in 15-17 Mayıs’ta ABD’ye gerçekleştireceği ilk resmi ziyareti sırasında “Özbekistan ve ABD: Stratejik Ortaklık” adlı ortak bildirinin imzalanması öngörülüyor.

Dünya Bülteni.

Devami

“Amerika ovozi” muxbiri O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazildi

13.05.2018

“Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmati muxbiri Navbahor Imamova O‘zbekistonda jurnalistlik faoliyatini olib borish uchun rasman akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

Bu haqida AQSh Davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo byurosi Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Navbahor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan yagona va birinchi AQSh jurnalistidir. U O‘zbekistonda professional va erkin jurnalistikani ilgari surishda yetakchidir”, deyiladi mazkur xabarda.

Navbahor Imamova “Amerika Manzaralari” turkumidagi ilk teledasturlar muallifidir.

“Amerika ovozi” radiosi muxbirining akkretitatsiyadan o‘tkazilishi O‘zbekiston prezidentining AQShga rasmiy tashrifi arafasida amalga oshdi.

15 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev AQShlik hamkasbi Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashadi.

Америка овози” мухбири Ўзбекистонда аккредитациядан ўтказилди

“Америка овози” радиосининг ўзбек хизмати мухбири Навбаҳор Имамова Ўзбекистонда журналистлик фаолиятини олиб бориш учун расман аккредитациядан ўтказилган.

Бу ҳақида АҚШ Давлат департаменти Жанубий ва Марказий Осиё бюроси Твиттердаги саҳифасида маълум қилди.

“Навбаҳор Ўзбекистонда аккредитациядан ўтган ягона ва биринчи АҚШ журналистидир. У Ўзбекистонда профессионал ва эркин журналистикани илгари суришда етакчидир”, дейилади мазкур хабарда.

Навбаҳор Имамова “Америка Манзаралари” туркумидаги илк теледастурлар муаллифидир.

“Америка овози” радиоси мухбирининг аккретитациядан ўтказилиши Ўзбекистон президентининг АҚШга расмий ташрифи арафасида амалга ошди.

15 май куни президент Шавкат Мирзиёев АҚШлик ҳамкасби Доналд Трамп билан Оқ уйда учрашади.

Ozodlik

Devami

Özbek lider Mirziyayev15-17 Mayıs’ta ABD’yi ziyaret edecek

11.05.2018

Özbekistan devlet başkanlığı basın servisi Cumhurbaşkanı Shavkat Mirziyoyev’in 15-17 Mayısta ABD Başkanı Donald Trump’ın daveti üzerine bu ülkeye ilk resmi ziyarette bulunacağını duyurdu.

Bu üst düzey görüşmelerde Özbek-Amerikan işbirliğinin durumu ve gelişmesi, uluslararası ve bölgesel konularda görüş alışverişinde bulunulması planlanmaktadır.

Özbekistan Devlet başkanı ayrıca Washington’da Kongre, Savunma Bakanlığı, ABD Dışişleri Bakanlığı ve Dünya Bankası’nda ikili toplantılar düzenleyecek.

Resmi ziyaretin sonunda Özbekistan ve Amerika Birleşik Devletleri Başkanları tarafından yeni bir stratejik ortaklık döneminin başlaması ve çeşitli alanlarda ikili ilişkilerin daha da güçlendirilmesini öngören bir belge paketinin imzalanması bekleniyor.

Türkistander Haber Merkezi

Devami

Karimov rejimi qatag’onlari qurbonlari oqlansin!

09.05.2018

ISLOM KARIMOV REJIMINING QATAG‘ONLARI E’TIROF QILINSIN, ULARNING QURBONLARI OQLANSIN!

9 May “Xotira va Qadrlash Kuni” munosabati bilan

Islom Karimovning 27 yil (1989-2016) davom etgan yakkashaxs diktaturasi O‘zbekiston xalqiga mislsiz moddiy va ma’naviy zararlar yetkazdi:

1. O‘zbekistonda mafkurasizlik, fikrsizlik, e’tiqodsizlik yoyildi, ommaviy axborot vositalari mutlaq senzura qilindi, O‘zbekiston televideniyesi, gazetalari va boshqa OAV o‘lik holga keltirildi. Ularga sarflangan moddiy imkoniyalar esa isrof bo‘ldi va qilindi.

2. Siyosat sohasi o‘lik holga keltirildi: O‘zbekiston Oliy Majlisi o‘lik holga keltirildi, soxta, cho‘ntak siyosiy partiyalar ishtirokida soxta saylovlar va referendumlar o‘tkazildi. O‘zbekiston Konstitutsiya qo‘pol ravishda buzilib kelindi, shu tariqa Karimov 4 marta soxta saylovlarda Prezident sifatida “saylandi” va 2 marta soxta referendumda uning vakolatlari uzatildi.

3. Chuqur iqtisodiy tanazzul, butun sohalarni qul qilib olgan poraxo‘rlik, davlat va xalq mulkini talon taroj qilish. Tadbikorlikning, ijara va xusumiy mulkchilikning yo‘qqa chiqarilishi. Xalq va lavlat boyligining asosan Karimov va oilasi, ularning yaqinlari, davlat va hukumatning boshqa rahbarlari, viloyat va tuman hokimlarining qo‘lida to‘planishi.

4. Qonuniy asosda faoliyat olib bormagan MXXning mislsiz zulmi va poraxo‘rligi, davlat boshqaruvini ichkaridan qo‘lga olishi. Ichki Ishlar va Prokuraturaning zulmi va poraxo‘rligi.

5. Maorif va ta’lim tizimining ishdan chiqishi, poraxo‘rlik markaziga aylantirilishi. Alifbo o‘yini, ya’ni Kiril va Lotin harflaridan birini 20 yildan ko‘p vaqt davomida maxsus tanlamay, bu sohada chalkashlik chiqarish bilan O‘zbek tilining inqirozga uchrashiga sabab bo‘lish.

6. Din sohasining “bo‘tqa diniga” aylantirilishi.

7. 10 minglarcha siyosiy va diniy muxoliflarning Jasliq va boshqa qamoqxonalarga tashlanishi va qiynoqqa solinishi, o‘ldirilishi. Ularning bir qismi hali ham qamoqxonlarda saqlanmoqdadir.

8. Eng kamida 5 Million O‘zbekiston fuqarolarining chet ellarga ish ishlab ketishi, bu davlatlarda haq huquqsiz xo‘rlanishi, Karimovning ularni dangasalar, deb haqorat qilishi.

9. Gulnora Karimovaning taxminan 1 Milliard dollar va MXX generali, O‘zbekiston qahramoni (?) Shuhrat G‘ulomovning 1 Milliard dollar va eski Bosh Prokuror Rashitjon Qodirovning 500 million dollarga yetgan xalq va davlat pulini o‘g‘irlashlari, bu pullarni chet ellarga olib ketishlari.

10. O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy hayotning tamoman izdan chiqarilishi, jamiyatning biror sohasida tiriklik muhitning qoldirilmaganligi, o‘zaro ishonchning yo‘qotilishi, yolg‘on va ma’naviyatsizlikning targ‘ib qilinishi va tarqalib ketishi.

11. O‘rta Osiyo xalqlari va davlatlari bilan dushmanlarcha munosabatlar o‘rnatilishi, chegaralarning yopib qo‘yilishi va minalashtirilishi, O‘zbekistonning qurshovga (izolatsiyaga) mahkum qilinishi.

12. Adabiyot va madaniyat sohasining chuqur tanazzulga uchratilishi, iste’dodli va qobiliyatli ijodkorlarda tashabbus va ijod kayfiyatining yo‘q qilinishi.

13. Yosh avlodning ilmsiz, e’tiqodsiz va hech qanday dunyoqarashga ega bo‘lmagan, Karimov shaxsiga sig‘inish mohiyatda soxta “Otamiz”, “Dodamiz” kabi tushunchalar bilan voyaga yetkazilishi.

14. So‘z, fikr, matbuot, siyosiy erkinliklar, iqtisodiy taraqqiyot, Yalpi Ichki Mahsulot (kishi boshiga ming dollarda ham kam, masalan Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 10 ming dollar atrofida) va poraxo‘rlik ko‘rsatkichlarida O‘zbekistonning dunyodagi 200 davlatdan 170 o‘rinda qolib ketishi (bu ma’lumotlar ham rasmiydir).

15 O‘zbekistonning dunyoda eng mash’um diktatorlik va zulm davlati, deya tanilishi.

16. Turkiya va Islom dunyosi bilan aloqalarning buzilishi.

17. O‘n minglarcha O‘zbek ayollarining chet ellarda arzon cho‘rilar va fohishalar sifatida “mashhur” bo‘lishi.

18. O‘zbekistonda davlat idoralari xizmatchilari, o‘rta va oliy ilm dargohlari talabalari va maktab o‘quvchilarining paxta dalalarida va boshqa ishlarga majburan jalb qilinishi va qullar kabi ishlatilishi.

19. Tinch siyosat bilan shug‘ullangan O‘zbek muxolifatining badnom etilishi va chеt ellarga surgun qilinishi va tinch da’vat bilan shug‘ullangan musulmonlarning fundamentalist, radikal va terrorchi, deya e’lon qilinishi, mamlakatimizda va chet davlatlarga ularga suiqasdlar qilib, ba’zilarining o‘ldirilishi yoki og‘ir yarador qilinishi.

20. Hukumat ichida qo‘rquv muhitining yaratilishi, zamonaviy ilmli va mutaxassis kadrlar yetishtirishning yo‘qqa chiqarilishi, ko‘plab kadrlarning qamoqqa tashlanishi…

21. O‘zbekistonning oltin, uran, tabiiy gaz va boshqa tabiiy boyliklari Karimov rejimi tarafidan yashirincha talon taroj qilindi yoki bu rejimning manfaati uchun ishlatildi. Xalq esa bu boyliklardan foydalana olmadi, o‘zimizda gaz bo‘lgani holda qish kunlari insonlarimiz sovuqda titrashga majbur qilindi. Natijada insonlarimizning, ayniqca bolalarimizning sog‘ligiga zarar yetkazildi…

Diktator Islom Karimov va uning rejimining O‘zbekiston xalqi va davlatiga qarshi bunday jinoyatlari hozirgi Prezident Shavkat Mirziyoyev tarafidan ham e’tirof qilinmoqda.

Musulmonchilikda zolim Fir’avnlar, ya’ni diktatorlarning bunday zulmlarini tirikligida ham, o‘likligida ham fosh qilish, insonlarni ulardan ogohlantirish bunday zulmlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zaruriy hisoblanadi.

Shuning uchun ham O‘zbekistonning hozirgi hukumati Islom Karimov rejimining qatag‘onlarini xuddi bir paytlar Stalin rejimi qatag‘onlari kabi rasman e’tirof qilishi, bu qatag‘onlarning qurbonlarini oqlashi, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlashi lozim. Islom Karimov davrida nohaq qamoqqa tashlangan va hozir ham qamoqda qolayotgan musulmonlar darhol ozod qilinishi kerak.

Bu qadam O‘zbekistonda boshlangan islohotlarning haqiqiyliga bir dalil bo‘ladi, xalqimizning islohotlarga bo‘lgan ishonchini ortiradi, mamlakatimizda ijtimoiy siyosiy barqarorlik va kelishuvni kuchaytiradi va davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘yini ortiradi.

Namoz NORMO‘MIN
09.05.2018

ИСЛОМ КАРИМОВ РЕЖИМИНИНГ ҚАТАҒОНЛАРИ ЭЪТИРОФ ҚИЛИНСИН, УЛАРНИНГ ҚУРБОНЛАРИ ОҚЛАНСИН!

(Кирил ва Лотинда)

9 Май “Хотира ва Қадрлаш Куни” муносабати билан

Ислом Каримовнинг 27 йил (1989-2016) давом этган яккашахс диктатураси Ўзбекистон халқига мислсиз моддий ва маънавий зарарлар етказди:

1. Ўзбекистонда мафкурасизлик, фикрсизлик, эътиқодсизлик ёйилди, оммавий ахборот воситалари мутлақ цензура қилинди, Ўзбекистон телевидениеси, газеталари ва бошқа ОАВ ўлик ҳолга келтирилди. Уларга сарфланган моддий имкониялар эса исроф бўлди ва қилинди.

2. Сиёсат соҳаси ўлик ҳолга келтирилди: Ўзбекистон Олий Мажлиси ўлик ҳолга келтирилди, сохта, чўнтак сиёсий партиялар иштирокида сохта сайловлар ва референдумлар ўтказилди. Ўзбекистон Конституция қўпол равишда бузилиб келинди, шу тариқа Каримов 4 марта сохта сайловларда Президент сифатида “сайланди” ва 2 марта сохта референдумда унинг ваколатлари узатилди.

3. Чуқур иқтисодий таназзул, бутун соҳаларни қул қилиб олган порахўрлик, давлат ва халқ мулкини талон тарож қилиш. Тадбикорликнинг, ижара ва хусумий мулкчиликнинг йўққа чиқарилиши. Халқ ва лавлат бойлигининг асосан Каримов ва оиласи, уларнинг яқинлари, давлат ва ҳукуматнинг бошқа раҳбарлари, вилоят ва туман ҳокимларининг қўлида тўпланиши.

4. Қонуний асосда фаолият олиб бормаган МХХнинг мислсиз зулми ва порахўрлиги, давлат бошқарувини ичкаридан қўлга олиши. Ички Ишлар ва Прокуратуранинг зулми ва порахўрлиги.

5. Маориф ва таълим тизимининг ишдан чиқиши, порахўрлик марказига айлантирилиши. Алифбо ўйини, яъни Кирил ва Лотин ҳарфларидан бирини 20 йилдан кўп вақт давомида махсус танламай, бу соҳада чалкашлик чиқариш билан Ўзбек тилининг инқирозга учрашига сабаб бўлиш.

6. Дин соҳасининг “бўтқа динига” айлантирилиши.

7. 10 мингларча сиёсий ва диний мухолифларнинг Жаслиқ ва бошқа қамоқхоналарга ташланиши ва қийноққа солиниши, ўлдирилиши. Уларнинг бир қисми ҳали ҳам қамоқхонларда сақланмоқдадир.

8. Энг камида 5 Миллион Ўзбекистон фуқароларининг чет элларга иш ишлаб кетиши, бу давлатларда ҳақ ҳуқуқсиз хўрланиши, Каримовнинг уларни дангасалар, деб ҳақорат қилиши.

9. Гулнора Каримованинг тахминан 1 Миллиард доллар ва МХХ генерали, Ўзбекистон қаҳрамони (?) Шуҳрат Ғуломовнинг 1 Миллиард доллар ва эски Бош Прокурор Рашитжон Қодировнинг 500 миллион долларга етган халқ ва давлат пулини ўғирлашлари, бу пулларни чет элларга олиб кетишлари.

10. Ўзбекистондаги ижтимоий сиёсий ҳаётнинг тамоман издан чиқарилиши, жамиятнинг бирор соҳасида тириклик муҳитнинг қолдирилмаганлиги, ўзаро ишончнинг йўқотилиши, ёлғон ва маънавиятсизликнинг тарғиб қилиниши ва тарқалиб кетиши.

11. Ўрта Осиё халқлари ва давлатлари билан душманларча муносабатлар ўрнатилиши, чегараларнинг ёпиб қўйилиши ва миналаштирилиши, Ўзбекистоннинг қуршовга (изолацияга) маҳкум қилиниши.

12. Адабиёт ва маданият соҳасининг чуқур таназзулга учратилиши, истеъдодли ва қобилиятли ижодкорларда ташаббус ва ижод кайфиятининг йўқ қилиниши.

13. Ёш авлоднинг илмсиз, эътиқодсиз ва ҳеч қандай дунёқарашга эга бўлмаган, Каримов шахсига сиғиниш моҳиятда сохта “Отамиз”, “Додамиз” каби тушунчалар билан вояга етказилиши.

14. Сўз, фикр, матбуот, сиёсий эркинликлар, иқтисодий тараққиёт, Ялпи Ички Маҳсулот (киши бошига минг долларда ҳам кам, масалан Қозоғистонда бу кўрсаткич 10 минг доллар атрофида) ва порахўрлик кўрсаткичларида Ўзбекистоннинг дунёдаги 200 давлатдан 170 ўринда қолиб кетиши (бу маълумотлар ҳам расмийдир).

15 Ўзбекистоннинг дунёда энг машъум диктаторлик ва зулм давлати, дея танилиши.

16. Туркия ва Ислом дунёси билан алоқаларнинг бузилиши.

17. Ўн мингларча Ўзбек аёлларининг чет элларда арзон чўрилар ва фоҳишалар сифатида “машҳур” бўлиши.

18. Ўзбекистонда давлат идоралари хизматчилари, ўрта ва олий илм даргоҳлари талабалари ва мактаб ўқувчиларининг пахта далаларида ва бошқа ишларга мажбуран жалб қилиниши ва қуллар каби ишлатилиши.

19. Тинч сиёсат билан шуғулланган Ўзбек мухолифатининг бадном этилиши ва чет элларга сургун қилиниши ва тинч даъват билан шуғулланган мусулмонларнинг фундаменталист, радикал ва террорчи, дея эълон қилиниши, мамлакатимизда ва чет давлатларга уларга суиқасдлар қилиб, баъзиларининг ўлдирилиши ёки оғир ярадор қилиниши.

20. Ҳукумат ичида қўрқув муҳитининг яратилиши, замонавий илмли ва мутахассис кадрлар етиштиришнинг йўққа чиқарилиши, кўплаб кадрларнинг қамоққа ташланиши…

21. Ўзбекистоннинг олтин, уран, табиий газ ва бошқа табиий бойликлари Каримов режими тарафидан яширинча талон тарож қилинди ёки бу режимнинг манфаати учун ишлатилди. Халқ эса бу бойликлардан фойдалана олмади, ўзимизда газ бўлгани ҳолда қиш кунлари инсонларимиз совуқда титрашга мажбур қилинди. Натижада инсонларимизнинг, айниқча болаларимизнинг соғлигига зарар етказилди…

Диктатор Ислом Каримов ва унинг режимининг Ўзбекистон халқи ва давлатига қарши бундай жиноятлари ҳозирги Президент Шавкат Мирзиёев тарафидан ҳам эътироф қилинмоқда.

Мусулмончиликда золим Фиръавнлар, яъни диктаторларнинг бундай зулмларини тириклигида ҳам, ўликлигида ҳам фош қилиш, инсонларни улардан огоҳлантириш бундай зулмлар такрорланишига йўл қўймаслик учун зарурий ҳисобланади.

Шунинг учун ҳам Ўзбекистоннинг ҳозирги ҳукумати Ислом Каримов режимининг қатағонларини худди бир пайтлар Сталин режими қатағонлари каби расман эътироф қилиши, бу қатағонларнинг қурбонларини оқлаши, уларни моддий ва маънавий қўллаб қувватлаши лозим. Ислом Каримов даврида ноҳақ қамоққа ташланган ва ҳозир ҳам қамоқда қолаётган мусулмонлар дарҳол озод қилиниши керак.

Бу қадам Ўзбекистонда бошланган ислоҳотларнинг ҳақиқийлига бир далил бўлади, халқимизнинг ислоҳотларга бўлган ишончини ортиради, мамлакатимизда ижтимоий сиёсий барқарорлик ва келишувни кучайтиради ва давлатимизнинг халқаро майдондаги обрўйини ортиради.

Намоз НОРМЎМИН
09.05.2018

 

Görüntünün olası içeriği: 1 kişi, oturuyor ve şapka
Otomatik alternatif metin yok.
Görüntünün olası içeriği: 4 kişi
Görüntünün olası içeriği: bir veya daha fazla kişi, ayakta duran insanlar, açık hava ve doğa
Devami