Tacikistan’da Hac seferinin maliyeti belirlendi

Tacikistan hacı adaylarının bu yılki ödeyecekleri seyahat ücretleri geçen sene ile aynı kalarak 3 bin 712 dolar olarak belirlendi.

09.05.2018

Bu yıl Tacikistan’dan Hacca gidecek olanların maliyeti 33 bin 410 Somoni (yaklaşık 3 bin 712 dolar) olarak belirlendi.

Bu yılki Hac seyahati fiyatları Tacikistan Din İşleri Komitesi tarafından belirlendi. Seyahat giderleri arasında gidiş-dönüş uçak bileti, kutsal şehirler Mekke ve Medine’de konaklama, Hac sırasında mobil hizmet araçlarından yararlanma, Hacı rehberlerin hizmet ücretinin yanısıra tıbbi ve bilumum hizmetlerden yararlanma da dahil.

Tacikistan Dini İdaresi raporlarına göre geçen yıl Tacikistan’dan yaklaşık 6 bin 300 kişi Hacca gitti. 2017 yılında da Hac seferi ücretleri yine aynı rakamdı.

Dünya Bülteni

Devami

Мирзиёев Обидхон қорини оқлайдими?

(krıl va lotında)

25.06.2018

Ўзбекистон Ички ишлар вазирлиги расмий веб сайтидаги “Қидирувдаги шахслар” рўйхатидан таниқли уламо Обидхон қори Назаров ҳақидаги маълумотлар олиб қўйилган.

Маълумотларнинг қачон олингани санаси маълум эмас.

Би-би-си ҳозирча бу ҳақда Ички ишлар вазирлигидан расмий шарҳ ололгани йўқ.

Яқинларига кўра, Тошкентдаги “Тўхтабой” масжидининг собиқ имоми ҳақида ИИВ сайтидаги маълумотлар ўтган йил охирида янгиланган, жумладан, унинг эски сурати ўрнига Швецияда олинган сурати жойлаштирилганди.

Айни пайтда Обидхон қорининг 2004 йил ёзида бедарак кетган ўғли Ҳусниддин Назаров ҳануз Ички ишлар вазирлигининг “Бедарак йўқолганлар” рўйхатида.

Обидхон қори суиқасдига буйруқ берганларни қидириш тўхтатилди

Обидхон қорига суиқасд уюштиришда гумонланган ўзбеклар оқланган

Довудхон Назаров: ‘Ҳозиргача ҳам биз билан қизиқишган’

Би-би-сига маълум бўлишича, Ўзбекистон ҳукумати Обидхон қорини ватанига қайтариш ҳаракатида бўлиши мумкин.

Собиқ адвокати Ирина Микулинанинг айтишича, Ўзбекистон Адлия вазирлигидаги манбаъ Обидхон қори Назаровдан барча айбловларнинг олиб ташланганини айтган, аммо буни тасдиқловчи биронта ҳужжат кўрсатмаган.

Обидхон қори Назаров 1996 йилда диний идора сиёсати билан келишмагани учун имомликдан четлатилган. Икки йиллик таъқиблардан сўнг ҳибсга олиниш таҳдиди остида Ўзбекистонни тарк этган.

Ўзбекистон ҳукумати уни диний-экстремистик ташкилот раҳбари сифатида қидирувга берган.

2006 йилда Швециядан сиёсий бошпана олган Обидхон қорининг яқинлари ватанга қайтиш борасида ҳокимият вакиллари томонидан ўзларига ишоралар бўлганини тасдиқлашмоқда.

Умид ва қайтиш
Ўзбекистонда сиёсий ва диний мухолифларга нисбатан сиёсатнинг юмшаши сиёсий таъқиблардан қочган хориждаги минглаб ўзбек муҳожирлари орасида ватанга қайтиш умидларини пайдо қилган.

Аммо ҳозиргача ватанига қайтган бир неча киши ҳибсга олинган.

Улардан энг сўнггиси- АҚШ фуқароси Зокир Алиев ватанида терроризм айбларига юз тутган.

Собиқ адвокат Микулинанинг ишонишича, Ўзбекистон ҳукумати муҳожиротдаги кўзга кўринган сиёсий ва диний муҳожирларнинг ватанга қайтиши борасида ҳануз бир қарорга келгани йўқ.

Обидхон қори Назаров муқаддам Интерполнинг ҳам қидирув рўйхатида бўлган, аммо 2012 йил февралида Швециянинг Стромсунд шаҳрида юз берган қотиллик уриниши арафасида бу рўйхатдан чиқарилганди.

Яқинлари суиқасд ортида ўзбек махсус хизматлари турганини иддао қилишади.

Суиқасддан омон қолган Обидхон қори узоқ вақт комада ва шифокорлар назоратида бўлган.

Швеция аппеляция маҳкамаси суиқасдда айбланган Юрий Жуковскийни 2016 йилда умрбод қамоқ жазосига маҳкум этган.

Швед расмийлари қотиллик буюртмачисининг исмини очиқлашмаган.

Уларга кўра, Интерполнинг Ўзбекистондаги идораси суиқасд буюртмачисининг 2017 йил мартида вафот этганини айтган.

Mirziyoyev Obidxon qorini oqlaydimi?
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb saytidagi “Qidiruvdagi shaxslar” ro‘yxatidan taniqli ulamo Obidxon qori Nazarov haqidagi ma’lumotlar olib qo‘yilgan.

Ma’lumotlarning qachon olingani sanasi ma’lum emas.

Bi-bi-si hozircha bu haqda Ichki ishlar vazirligidan rasmiy sharh ololgani yo‘q.

Yaqinlariga ko‘ra, Toshkentdagi “To‘xtaboy” masjidining sobiq imomi haqida IIV saytidagi ma’lumotlar o‘tgan yil oxirida yangilangan, jumladan, uning eski surati o‘rniga Shvetsiyada olingan surati joylashtirilgandi.

Ayni paytda Obidxon qorining 2004 yil yozida bedarak ketgan o‘g‘li Husniddin Nazarov hanuz Ichki ishlar vazirligining “Bedarak yo‘qolganlar” ro‘yxatida.

Obidxon qori suiqasdiga buyruq berganlarni qidirish to‘xtatildi

Obidxon qoriga suiqasd uyushtirishda gumonlangan o‘zbeklar oqlangan

Dovudxon Nazarov: ‘Hozirgacha ham biz bilan qiziqishgan’

Bi-bi-siga ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston hukumati Obidxon qorini vataniga qaytarish harakatida bo‘lishi mumkin.

Sobiq advokati Irina Mikulinaning aytishicha, O‘zbekiston Adliya vazirligidagi manba’ Obidxon qori Nazarovdan barcha ayblovlarning olib tashlanganini aytgan, ammo buni tasdiqlovchi bironta hujjat ko‘rsatmagan.

Obidxon qori Nazarov 1996 yilda diniy idora siyosati bilan kelishmagani uchun imomlikdan chetlatilgan. Ikki yillik ta’qiblardan so‘ng hibsga olinish tahdidi ostida O‘zbekistonni tark etgan.

O‘zbekiston hukumati uni diniy-ekstremistik tashkilot rahbari sifatida qidiruvga bergan.

2006 yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana olgan Obidxon qorining yaqinlari vatanga qaytish borasida hokimiyat vakillari tomonidan o‘zlariga ishoralar bo‘lganini tasdiqlashmoqda.

Umid va qaytish
O‘zbekistonda siyosiy va diniy muxoliflarga nisbatan siyosatning yumshashi siyosiy ta’qiblardan qochgan xorijdagi minglab o‘zbek muhojirlari orasida vatanga qaytish umidlarini paydo qilgan.

Ammo hozirgacha vataniga qaytgan bir necha kishi hibsga olingan.

Ulardan eng so‘nggisi- AQSh fuqarosi Zokir Aliyev vatanida terrorizm ayblariga yuz tutgan.

Sobiq advokat Mikulinaning ishonishicha, O‘zbekiston hukumati muhojirotdagi ko‘zga ko‘ringan siyosiy va diniy muhojirlarning vatanga qaytishi borasida hanuz bir qarorga kelgani yo‘q.

Obidxon qori Nazarov muqaddam Interpolning ham qidiruv ro‘yxatida bo‘lgan, ammo 2012 yil fevralida Shvetsiyaning Stromsund shahrida yuz bergan qotillik urinishi arafasida bu ro‘yxatdan chiqarilgandi.

Yaqinlari suiqasd ortida o‘zbek maxsus xizmatlari turganini iddao qilishadi.

Suiqasddan omon qolgan Obidxon qori uzoq vaqt komada va shifokorlar nazoratida bo‘lgan.

Shvetsiya appelyatsiya mahkamasi suiqasdda ayblangan Yuriy Jukovskiyni 2016 yilda umrbod qamoq jazosiga mahkum etgan.

Shved rasmiylari qotillik buyurtmachisining ismini ochiqlashmagan.

Ularga ko‘ra, Interpolning O‘zbekistondagi idorasi suiqasd buyurtmachisining 2017 yil martida vafot etganini aytgan.

bbc o’zbek

Devami

B.Abdullaev-U.Haqnazarov hikoyasi (Lotin va Kirilda)

09.05.2018

Bobomurod Abdullayev: aslida hammasi qanday yuz berdi.

​7 may sanasi O‘zbekiston tarixida alohida yodda qolarli voqea va o‘zgarishlar bilan muhrlanib qoladi. Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblangan jurnalist Bobomurod Abdullayev, o‘qituvchi va blogger Hayotxon Nasriddinov, ishbilarmon Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorov sud zalidan ozod etildi. Shuningdek, uch nafar sudlanuvchining jinoyat ishiga aloqasi yo‘qligi tufayli, sud hukmi bilan to‘la oqlandi. Jurnalist Bobomurod Abdullayev esa axloq tuzatish ishlariga jalb etiladi, oylik maoshidan 20 foiz ulushni davlat daromadlariga o‘tkazilishi belgilandi.

Chetdan jarayonni kuzatgan inson ajablanib savol berishi mumkin: «Nahot, ushbu natija sizlarni bunchalik xursand qilsa?!», biz esa oydinlik kiritamiz: HA!

Ikki oy davom etgan sud ishida bevosita ishtirok etdim, sud majlisida sudlanuvchi, davlat ayblovchisi, advokat va guvohlarni, barcha ishtirokchilar kabi, tingladim. Odamzod eti junjikib ketar darajada voqealar batafsil aytib o‘tildi, sudya Zafar Nurmatov esa har bir holatni inobatga olib, Jinoyat-protsessual kodeksi normalari doirasida ishni olib bordi. Avvalo sud majlisidagi muhitni sizga yetkazsam, unda mustaqil jurnalistlar, inson huquqlari himoyachilari, xorijiy diplomatik vakolatxona vakillari, sudlanuvchilarning yaqin qarindosh va do‘stlari 60 kundan oshiq muddat davom etgan ishni kuzatib borishdi.

Kutilmaganda davlat ayblovchisi Qobilovning sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasini tayinlash haqidagi iltimosnomani qo‘llab-quvvatlashi barchani hayratda qoldirdi. Shundan so‘ng, birin-ketin shunday «noodatiy» ishlar boshlandi: maqolalar yuzasidan lingvistik-mualliflik sud ekspertizasi qayta o‘tkazildi, sud tergov davrida sudya majlisga MXX tergovchi xodimlarini chaqirtirdi, ular ko‘rsatma berishdi, advokat Mayorov sudga kiritgan har bitta iltimosnoma uzoq soatlar mobaynida o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqilgach, ajrim chiqarildi, davlat ayblovchisi asosiy ashyoviy dalil «O‘rim» rejasini ro‘yxatdan o‘chirishni so‘radi, «vijdoni qiynalgan» guvoh paydo bo‘ldi… Xullas, kuzatuvchilar buni kutmagani rost. Eng muhimi, sudya hukmni o‘qib turgan paytda ham jurnalist Abdullayev sud majlisidan ozod bo‘lishiga ishonmay turganlar bor edi.

Mantiqan o‘ylab qaraganda, hammasi risoladagidek bo‘ldi: advokat Mayorov yaratib berilgan barcha sharoitdan foydalanib himoya pozitsiyasini taqdim etdi, sudya o‘z vakolati doirasida ishni chuqur o‘rganib chiqdi, davlat ayblovchisi esa faqat ayblov emas, sudlanuvchilarga oqlov so‘rash jihatlarini ham nazardan qochirmadi. Eng ta’sir qilgan gap shundaki, Bobomurod ozodlikka chiqib, «​Shavkat Mirziyoyev islohotlarining mevasi mana, jamiyatni liberallashuvi tomon qo‘yilgan katta qadam»​ deya fikr aytdi. Bexos, xayolimga shunga monand fikr bildirgan yozuvchi Nurulloh Otaxonov yodimga tushdi.

Xulosa o‘rnida bir tanishim bilan maktab davrida bo‘lgan voqeani aynan keltirmoqchiman.

«​Salim ismli bola mahalladoshimiz bilan birga bir maktabda, bir sinfda o‘qiganmiz. Ammo ko‘pchilik sinfdoshlar uning ko‘ngli bo‘shligidan foydalanib, Salimni og‘aynilar qatoriga qo‘shmagan. Darsdan keyin futbol o‘ynasak, u bir chetda hammaning sumkasini ko‘tarib turardi, ba’zan darvozabon qilib qo‘ysak, xursandchiligining cheki yo‘q, rosa to‘pga tashlanib o‘ynagan. Hech esimda chiqmaydi, o‘sha kunlarning birida, o‘qishdan so‘ng besh-olti og‘ayni uyga qaytayotgandik. Sumkamni yelkamga ilish malol kelib, Salimga uzatdim. Bir tarafdan ayyorlik qilib, «oshna, shuni sen ilib ket» dedim. Uning bo‘lsa, go‘yoki «oshna» deb atalishga noloyiq kishi singari, ko‘zlari porlab ketgandi. Ichimdan achindim, u bir og‘iz shirin so‘z uchun barchaning sumkasini ilib ketishga rozi bo‘lgandi»​.

Mustaqil sud hokimiyatini ko‘rish, adolat qaror topishi, eng muhimi xalqning hukumatga ishonchi ortishi aslida har bir davlatda bo‘lishi shart bo‘lgan xususiyatdir. Xalq voqeadagi o‘quvchi Salim singari bu xususiyatlarning qaytishi uchun «barcha sumkani ilib ketishga» rozi.

Alisher Ro‘zioxunov
Kun.uz jurnalisti

Бобомурод Абдуллаев: аслида ҳаммаси қандай юз берди
Ўзбекистон
01:17 / 08.05.2018
62810
​7 май санаси Ўзбекистон тарихида алоҳида ёдда қоларли воқеа ва ўзгаришлар билан муҳрланиб қолади. Гап шундаки, Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси 159-моддасида назарда тутилган жиноятларни амалга оширганликда айбланган журналист Бобомурод Абдуллаев, ўқитувчи ва блоггер Ҳаётхон Насриддинов, ишбилармон Равшан Салаев ва Шавкат Оллоёров суд залидан озод этилди. Шунингдек, уч нафар судланувчининг жиноят ишига алоқаси йўқлиги туфайли, суд ҳукми билан тўла оқланди. Журналист Бобомурод Абдуллаев эса ахлоқ тузатиш ишларига жалб этилади, ойлик маошидан 20 фоиз улушни давлат даромадларига ўтказилиши белгиланди.

Четдан жараённи кузатган инсон ажабланиб савол бериши мумкин: «Наҳот, ушбу натижа сизларни бунчалик хурсанд қилса?!», биз эса ойдинлик киритамиз: ҲА!

Икки ой давом этган суд ишида бевосита иштирок этдим, суд мажлисида судланувчи, давлат айбловчиси, адвокат ва гувоҳларни, барча иштирокчилар каби, тингладим. Одамзод эти жунжикиб кетар даражада воқеалар батафсил айтиб ўтилди, судья Зафар Нурматов эса ҳар бир ҳолатни инобатга олиб, Жиноят-процессуал кодекси нормалари доирасида ишни олиб борди. Аввало суд мажлисидаги муҳитни сизга етказсам, унда мустақил журналистлар, инсон ҳуқуқлари ҳимоячилари, хорижий дипломатик ваколатхона вакиллари, судланувчиларнинг яқин қариндош ва дўстлари 60 кундан ошиқ муддат давом этган ишни кузатиб боришди.

Бобомурод Абдуллаев. Фото: Маъруф Асқаров / KUN.UZ
Кутилмаганда давлат айбловчиси Қобиловнинг судланувчи Бобомурод Абдуллаевга нисбатан суд-тиббий экспертизасини тайинлаш ҳақидаги илтимосномани қўллаб-қувватлаши барчани ҳайратда қолдирди. Шундан сўнг, бирин-кетин шундай «ноодатий» ишлар бошланди: мақолалар юзасидан лингвистик-муаллифлик суд экспертизаси қайта ўтказилди, суд тергов даврида судья мажлисга МХХ терговчи ходимларини чақиртирди, улар кўрсатма беришди, адвокат Майоров судга киритган ҳар битта илтимоснома узоқ соатлар мобайнида ўрганилиб, атрофлича кўриб чиқилгач, ажрим чиқарилди, давлат айбловчиси асосий ашёвий далил «Ўрим» режасини рўйхатдан ўчиришни сўради, «виждони қийналган» гувоҳ пайдо бўлди… Хуллас, кузатувчилар буни кутмагани рост. Энг муҳими, судья ҳукмни ўқиб турган пайтда ҳам журналист Абдуллаев суд мажлисидан озод бўлишига ишонмай турганлар бор эди.

Мантиқан ўйлаб қараганда, ҳаммаси рисоладагидек бўлди: адвокат Майоров яратиб берилган барча шароитдан фойдаланиб ҳимоя позициясини тақдим этди, судья ўз ваколати доирасида ишни чуқур ўрганиб чиқди, давлат айбловчиси эса фақат айблов эмас, судланувчиларга оқлов сўраш жиҳатларини ҳам назардан қочирмади. Энг таъсир қилган гап шундаки, Бобомурод озодликка чиқиб, «​Шавкат Мирзиёев ислоҳотларининг меваси мана, жамиятни либераллашуви томон қўйилган катта қадам»​ дея фикр айтди. Бехос, хаёлимга шунга монанд фикр билдирган ёзувчи Нуруллоҳ Отахонов ёдимга тушди.

Бобомурод Абдуллаев оиласи билан. Фото: Маъруф Асқаров / KUN.UZ
Хулоса ўрнида бир танишим билан мактаб даврида бўлган воқеани айнан келтирмоқчиман.

«​Салим исмли бола маҳалладошимиз билан бирга бир мактабда, бир синфда ўқиганмиз. Аммо кўпчилик синфдошлар унинг кўнгли бўшлигидан фойдаланиб, Салимни оғайнилар қаторига қўшмаган. Дарсдан кейин футбол ўйнасак, у бир четда ҳамманинг сумкасини кўтариб турарди, баъзан дарвозабон қилиб қўйсак, хурсандчилигининг чеки йўқ, роса тўпга ташланиб ўйнаган. Ҳеч эсимда чиқмайди, ўша кунларнинг бирида, ўқишдан сўнг беш-олти оғайни уйга қайтаётгандик. Сумкамни елкамга илиш малол келиб, Салимга узатдим. Бир тарафдан айёрлик қилиб, «ошна, шуни сен илиб кет» дедим. Унинг бўлса, гўёки «ошна» деб аталишга нолойиқ киши сингари, кўзлари порлаб кетганди. Ичимдан ачиндим, у бир оғиз ширин сўз учун барчанинг сумкасини илиб кетишга рози бўлганди»​.

Мустақил суд ҳокимиятини кўриш, адолат қарор топиши, энг муҳими халқнинг ҳукуматга ишончи ортиши аслида ҳар бир давлатда бўлиши шарт бўлган хусусиятдир. Халқ воқеадаги ўқувчи Салим сингари бу хусусиятларнинг қайтиши учун «барча сумкани илиб кетишга» рози.

Алишер Рўзиохунов
Kun.uz журналисти

Devami

Tacikistan ve Özbekistan sınırında ortak uyuşturucu karşıtı tatbikatı yapıldı

09.05.2018

Tacikistan ile Özbekistan sınırdaki “Dusti” sınır kontrol noktasında Afganistan’dan kaçak olarak getirilen uyuşturu trafiğinin önlenmesi amacıyla pratik tatbikatlar yapıldı.

“Avesta” ajansının bildirdiğine göre, Özbekistan güvenlik birimleri çalışanlarının gözlemci olarak katıldığı tatbikata Tacikistan İçişleri Bakanlığı, Devlet Ulusal Güvenlik Komitesi ve Uyuşturucu karşıtı merkezi uzmanları katıldılar.

Tatbikat sonunda, Tacikistan ve Özbekistan Cumhuriyetleri güvenlik birimleri temsilcileri bu projenin uygulanmasıyla ilgili konuları tartıştılar.

Bu tür uygulamalı tatbikatların iki komşu ülke sınırındaki “Dusti” sınır geçiş noktasında görev yapan Özbek ve Tacik memurları ve çalışanlarının uyuşturucu karşıtı işbirliğini geliştirmeyi amaçlaığı belirtildi.

BM Uyuşturucu karşıtı programı çerçevesinde Tacikistan, Özbekistan ve Afganistan arasındaki 5 sınır noktasında sınır yönetim işbirliği ofisleri kurulmuştur.

Türkistander Haber Merkezi

Devami

Bobomurod Abdullayev sud zalidan ozod etildi (Lotin va Kirilda)

07.05.2018

Бобомурод Абдуллаев

Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblangan Bobomurod Abdullayev eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida jarimaga mahkum etilgan.

Bobomurod Abdullayevga prokuror tomonidan qo‘yilgan ayb sudya Zafar Nurmatov tomonidan Jinoyat Kodeksining 159 moddasi, 1 qism B bandiga qayta malakalangan.

Qolgan ayblanuvchilar-bloger Hayot Nasriddinov, tadbirkorlar Ravshan Salayev hamda Shavkat Olloyorovlar aybsiz, deb topilgan.

45 yoshli Abdullayev o‘tgan yil 27 sentyabrida bedarak ketgan va 29 sentyabr kuni uning Toshkentdagi MXX hibsxonasida ushlab turilgani o‘rtaga chiqqan edi.

MXX Abdullayevni “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida davlat va uning rahbariyatiga qarshi maqolalar yozish va hokimiyatni bosib olishga qaratilgan “Jatva” (“O‘rim”) rejasini ishlab chiqishda ayblagan.

Toshkent shahar sudida mart oyining boshida boshlangan mahkamada Bobomurod Abdullayev tergov jarayonida o‘ziga nisbatan muntazam qiynoqlar qo‘llaganganini aytib, tergovdagi ko‘rsatmalaridan voz kechgan.

U Usmon haqnazarov taxallusi ostida 2003 yildan boshlab maqolalar chop etib kelganini tan olgan, ammo ayni nom ostida e’lon qilingan barcha maqolalar ham uning qalamiga mansub emasligini aytgan.

U qiynoqlar ostida sobiq Bosh prokuror va hozirda Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev va Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovlar, shuningdek, bir qator mustaqil jurnalist va fuqaro jamiyati faollariga qarshi ko‘rsatma berishga majburlanganini aytgan.

BBC

Бобомурод Абдуллаев суд залидан озод этилди

Жиноят ишлари бўйича Тошкент шаҳар суди журналист Бобомурод Абдуллаев ва яна уч кишини суд залидан озод этган.

Конституциявий тузумга тажовузда айбланган Бобомурод Абдуллаев энг кам иш ҳақининг 20 баробари миқдорида жаримага маҳкум этилган.

Бобомурод Абдуллаевга прокурор томонидан қўйилган айб судья Зафар Нурматов томонидан Жиноят Кодексининг 159 моддаси, 1 қисм Б бандига қайта малакаланган.

Қолган айбланувчилар-блогер Ҳаёт Насриддинов, тадбиркорлар Равшан Салаев ҳамда Шавкат Оллоёровлар айбсиз, деб топилган.

45 ёшли Абдуллаев ўтган йил 27 сентябрида бедарак кетган ва 29 сентябр куни унинг Тошкентдаги МХХ ҳибсхонасида ушлаб турилгани ўртага чиққан эди.

МХХ Абдуллаевни “Усмон Ҳақназаров” тахаллуси остида давлат ва унинг раҳбариятига қарши мақолалар ёзиш ва ҳокимиятни босиб олишга қаратилган “Жатва” (“Ўрим”) режасини ишлаб чиқишда айблаган.

Тошкент шаҳар судида март ойининг бошида бошланган маҳкамада Бобомурод Абдуллаев тергов жараёнида ўзига нисбатан мунтазам қийноқлар қўллаганганини айтиб, терговдаги кўрсатмаларидан воз кечган.

У Усмон ҳақназаров тахаллуси остида 2003 йилдан бошлаб мақолалар чоп этиб келганини тан олган, аммо айни ном остида эълон қилинган барча мақолалар ҳам унинг қаламига мансуб эмаслигини айтган.

У қийноқлар остида собиқ Бош прокурор ва ҳозирда Давлат Хавфсизлик Хизмати раҳбари Ихтиёр Абдуллаев ва Ички ишлар вазири Пўлат Бобожоновлар, шунингдек, бир қатор мустақил журналист ва фуқаро жамияти фаолларига қарши кўрсатма беришга мажбурланганини айтган.

BBC Uzbek

Devami

Tacik kadınlar çok çocuk sahibi olmak istemiyorlar

07.05.2018

Tacikistan’da yapılan yeni tıbbi ve sosyal araştırma sonuçları ülkedeki neredeyse her iki kadından birinin (% 44) çok çocuk sahip olmak istemediğini gösterdi.

Araştırma 2017 sonunda ülkenin tüm bölgelerinde gerçekleştirilmiştir. Onda 15-49 yaş arasındaki kızlar ve kadınlar ile görüşmeler yapılmıştır. Üç çocuğu olan 10 kadından altısının artık doğum yapmak istemediği ortaya çıktı. Dört veya daha fazla çocuğu olan 10 kadından 7’si de aynı görüşe sahip.

Tacikistan’da son yıllarda aile planlaması ve doğum kontrolü programı uygulanıyor. Bu programda vurgu “nicelik” değil, “kaliteli”, yani sağlam ve iyi eğitimli nesillerin yetiştirilmesi düşünülüyor.

Çok çocuk sahibi olmak Sovyet döneminde devlet düzeyinde yüksek teşvik edilirdi ve bu durum Orta Asya cumhuriyetlerinde yaygındı. Çok çocuğu olan annelere sosyal yardımlar yanında “Kahraman Anne” madalyası verilirdi.

Ozodi

Devami

Niye Mirziyayev liderliğinde de işkencelere son verilmiyor?

Cumhurbaşkanı Şavkat Mirziyayev başlatan yenilikler Özbekistan halkında da, dış dünyada da ümitleri uyandırmıştı.

Kapalı ve baskıcı diye tanılan Özbekistan’da pozitif yönlü değişimlerin yaşanmakta olduğu bir çok uluslararası toplantılarda söylenmekte.

Cumhurbaşkanı Mirziyayev’in kendisi ise halk devlet için değil,devlet halk için varlığını sürdürmesi gerektiğini söylemekte, başlanan  değişimlerinde şu maksada yönelik olduğunu görmek mümkündür.

Cumhurbaşkanının hakimler, savcılar hakkında söyledikleri halkın söylemek istediklerini yansıttı, insanlarda adaletsiz hükümler döneminin de biteceği ümidi uyandı.

Ancak, son olaylar Cumhurbaşkanı Mirziyayev liderliği esnasında da işkencelerin devam ettiğini göstermekte.

Navai ilinden 5 anne çocuklarının işkence kurbanı oldukları sebep Taşkent’te protesto düzenlediler.

Peki, niye hala Özbekistan’da işkenceler devam etmekte?

Bİ-bi-si Özbek basınının sıradaki canlı mülakatında Taşkent’lı insan hukukları yetkilisi Surat İkromov ve İsveç’ten bağımsız gazeteci Kudrat Bobojon ile işbu mevzuyu tartıştık:

[youtube width=”300px” height=”200px”]bDJ1Lbzp1Ns[/youtube]

Kaynak: BBC

Devami

TÜRKİYE’YE GELEN MİRZİYOYEV’E ÇAĞRI: “REFORMLAR DEVAM ETSİN”

27 Ekim 2017 Cuma Günü TÜRKİSTANDER Genel Merkezi’nde yapılan basın toplantısında Başkan Burhan Kavuncu Türkçe olarak, Başkan Yardımcısı Namaz Normumin de Özbekçe olarak açıklama metnini okudular.

[youtube width=”300px” height=”200px”]2_EBE7sRSWQ[/youtube]

[youtube width=”300px” height=”200px”]xtXHPWUf0f4[/youtube]

Basın toplantısına dernek üyesi Türkistanlılar ve basın yoğun ilgi gösterdi. Toplantıda, Özbekistan’daki reformlara destek ve yönetimden talepler içeren dövizler asıldı.
Dövizlerde yazılı olan sloganlar:
Türkçe:
-HOŞ GELDİNİZ!
-ÖZBEKİSTAN’DAKİ REFORMLARI DESTEKLİYORUZ!
-ÖZBEKİSTAN’DA DİNİ VE SİYASİ MAHPUSLAR BIRAKILSIN!
-VATANIMIZA DÖNMEK İSTİYORUZ!
-ÖZBEKİSTAN’DA İŞKENCE VE YOLSUZLUK BİTSİN!
Özbekçe:
– XUSH KELIBSIZ!
– O’ZBEKISTONDAGI REFORMALARNI QO’LLAB QUVVATLAYMIZ!
– O’ZBEKISTONDA DINIY VA SIYOSIY MAHBUSLAR
OZOD QILINSIN!
– VATANIMIMIZGA QAYTISHNI XOHLAYMIZ!
– O’ZBEKISTONDA QIYNOQLAR VA PORAXO’RLIK
TUGATILSIN!
                           
TÜRKİ̇STANDER BASIN BİLDİRİSİ VE EKİ

TÜRKİ̇STANDER (Uluslararası Türkistanlılar Dayanışma Derneği) olarak 25 Ekim 2017 tarihinde Türkiye’ye resmî ziyaret için gelecek olan Özbekistan Cumhurbaşkanı Şevket Mirziyoyev’in bu ziyaretini destekliyor ve Türkiye’deki Türkistanlılar adına sayın Cumhurbaşkanı’na “hoş geldiniz” diyoruz.

Bu vesile ile sayın Cumhurbaşkanı Mirziyoyev’e verilmek üzere hazırlanan bir mektubu ekte sunuyoruz. Bu mektup Özbekistan Büyükelçiliği’ne teslim edildi. Ekteki mektup metninde özetle:

Sayın Şevket Mirziyoyev’in yönetime gelmesinden sonraki yaklaşık bir yıl boyunca yapılan konuşmalar, verilen talimat ve alınan kararlardan bazıları belirtilerek bunların olumlu karşılandığı ve bir reform döneminin başlangıcı olarak görüldüğü belirtilmiştir.

Ancak bu reformların genişletilerek devam etmesi ve halkın dini/sosyal/ siyasi hayatında özgürlüklerin ve hukukun egemen olması için bazı talepler zikredilmiştir.

2017 yılı özgürlük ve değişim için reformların başladığı bir dönemin habercisidir. Eski dönemin kalıntılarının değişime mani olmak istemesi normaldir. Ülkemizin güçlenmesi ve halkımızın mutlu olması için, devlet başkanımızın kararlılığına güveniyoruz.

Ekteki mektupta da belirtildiği gibi, artık “Kara listelerin” olmadığı, hapisteki dini/ siyasi mahkumların serbest bırakıldığı, halkımızın dini yaşayışında kendini özgür hissettiği, uluslararası itibarımızın arttığı ülkemize, biz de dönmek isteriz.

Türkiye devleti yöneticileri ile yapılacak görüşmelerde, burada bulunan muhacirlerin sorunlarını da gündeme getirmenizi ve Türkistanlı işçi, öğrenci ve göçmenlerin hayatının kolaylaştırılması için kararlar alınmasını ümid ediyoruz. Bununla birlikte biz muhacirler, vatanımıza dönme arzumuzu da size bildiriyoruz.
Halkımızın ve ülkemizin gelişmesi yolunda çalışmalarınızda başarılar dileriz.

Türkistander Haber Merkezi

 

Sayın Cumhurbaşkanı Mirziyoyev’e verilmek üzere hazırlanan mektup:

Özbekistan Cumhurbaşkanlığı Yüksek Makamına
Muhterem Başkanım!

Biz Türkiye’de yaşamakta olan Türkistanlı (Özbek) muhacirleriz.
Sizin 4 Aralık 2016 tarihinde Cumhurbaşkanı seçilmenizi tebrik ediyoruz. İdareniz döneminde ülkemiz Özbekistan ve halkımız için başarılı, verimli, hayırlı hizmetler gerçekleşmesini,  büyük kalkınma, ıslahat ve terakki adımları atılmasını diliyor, bunun için dua ediyoruz.

Ayrıca, Başkanlık vazifesine gelmenizden sonra yapılan işler, reformlar ve diğer olumlu çalışmalardan duyduğumuz memnuniyeti bildirmek isteriz. Şöyle ki;
-Özbek halkının layık olduğu erkinlik ortamına mani olan müdahalelerin kaldırılması için yaptığınız konuşma ve talimatlar,
-Pamuk toplamada çalıştırma mecburiyetinin kaldırılması,
-Yolsuzlukla suçlanan Şöhret Gulamov ve Gülnara Kerimova gibi şahısların cezalandırılması,
-Vatana dönen yazar Nurullah Muhammad Raufhan’ın serbest bırakılması,
-Özbek yazar ve insan hakları savunucularından bir çoğunun hapisten çıkarılması,
-Dinî suçlarla suçlananların yer aldığı “Kara liste”den 16 bin kişinin çıkarılması,
-Ülkeden ayrılmış bazı siyasi liderlerin “İnterpol suçlular listesi”nden çıkarılması,
-Güzel kıraatlı hafızlar yetiştirilmesi talimatınız,
-İmam Buhari, İmam Maturidi, Ulug Beg, Harezmi gibi alimleri Özbek gençliğine örnek göstermeniz ve bu şahsiyetler ismini taşıyan Enstitüler kurulması talimatınız,
-Yurt dışına çıkış vizesi (OVIR)’in kaldırılması,
-Komşu kardeş ülkelerle sınır problemlerinin halledilmesi ve iyi İlişkiler geliştirilmesi
gibi burada sayamayacağımız daha bir çok güzel açılımlar oldu.

Bundan sonra da;
-Hapisteki dinî/ siyasi bütün mahkumların serbest bırakılması ve ülkemizin adını karalayan Caslık Hapishanesi’nin kapatılması,
-Yolsuzluk ve işkence suçlarının cezalandırılması, bundan sonra yapılamaması için gerekli önlemlerin alınması,
-Hicab takmak isteyen kadınlarımızın okullara ve diğer kamusal alanlara serbestçe girebilmesi,
-18 yaştan küçük çocukların hafızlık ve diğer dini eğitimlerinin sağlanması,
-18 yaştan küçük çocukların camiilerde namaz kılmasına izin verilmesi,
-Ezan sesinin, Müslüman ülkelerde olduğu gibi camii dışında da duyurulması,
-Eski dönemde ülkeden ayrılmak zorunda kalmış bütün dini/ siyasi muhaliflerin geri
dönmelerine imkan sağlanması,
Hususlarını arz ediyoruz.
Türkiye’de yaşamakta olan Türkistanlı hemşerileriniz ve Özbekistanlı vatandaşlarınız olarak, tekrar tebrik ediyor, Yüce Allah’tan sağlık ve başarılı hizmetler nasip etmesini diliyoruz.

25 Ekim 2017
Burhan Kavuncu
TÜRKİSTANDER  (Uluslararası Türkistanlılar Dayanış Derneği)
Başkanı

ХАЛҚАРО ТУРКИСТОНЛИКЛАР ҲАМКОРЛИК ЖАМИЯТИНИНГ БАЁНОТИ

24.10.2017

Халқаро Туркистонликлар Ҳамкорлик Жамияти  ўлароқ 25 Октябрда Туркияга расмий ташриф билан келаётган Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг бу зиёратини қўллаб қувватлашимизни билдирамиз ва Туркиядаги Туркистонликлар номидан Ўзбекистоннинг ҳурматли Президентига Туркияга “Хуш Келибсиз”, деймиз.

Ушбу муносабат билан ҳурматли Президент Ш. Мирзиёев номига ёзилган бир мактубни иловада тақдим қилмоқдамиз. Ушбу мактубда хусусан:

Ҳурматли Шавкат Мирзиёв раҳбар бўлгандан кейин ўтган бир йилга яқин муддат ичида ўқиган маърузалари, берган буйруқлари ва олган қарорларидан баъзилари кўрсатилиб, уларнинг ижобий қабул қилингани ва ислоҳот даврининг муқаддимаси ўрнида кўрилгани таъкидланди.

Мактубда бу ислоҳотларнинг янада кенг миқёсда давом эттирилиши ва халқимизнинг ҳаётида диний, ижтимоий ва сиёсий ҳаётида эркинликлар ва ҳуқуқ устивор бўлиши учун баъзи талабларимизни тилга келтирдик.

2017 йил Ўзбекистонда эркинликлар ва барча ижтимоий соҳаларда ислоҳотлар бошлаётган бир босқичнинг хабарчисидир. Эски давр вакилларининг бу ислоҳотларга тўсиқ бўлишга уриниши табиийдир. Мамлакатимизнинг кучли бўлиши ва халқимизнинг фаровон яшаши учун ҳурматли Президентнинг қатъий, кучли ва адолатли сиёсат олиб боришига ишонамиз.

Иловадаги мактубда айтилгани каби бундан кейинги даврда “Қора рўйхатлар” бўлмайдиган, диний ва сиёсий маҳкумлар озод қилинган, халқимизнинг ўз динини ҳаётига тадбиқ қилишда муаммоларга дуч келмайдиган ва булар орқали халқаро майдонда эътибори ортадиган мамлакатимизга биз ҳам қайтиб боришни орзу қилмоқдамиз.

Туркия давлати раҳбарлари билан учрашувларингизда бу ердаги муҳожирларнинг муаммоларини ҳам кун тартибига келтиришингизни ва Туркистонлик ишчилар, талабалар ва  бошқа муҳожирларнинг бу ердаги ҳаётини қулайлаштиришга қаратилган қарорлар олинишини умид қиламиз. Шу билан бирга биз муҳожирлар  ватанимизга қайтиб бориш истагида эканлигимизни Сизга билдирамиз.

Халқимизнинг ва мамлакатимизнинг тараққиёти йўлидаги фаолиятларингизга муваффақиятлар тилаймиз.

ТУРКИСТАНДEР ХАБАР МАРКАЗИ

 

 

Ўзбекистон Республикаси Президентига

Ҳурматли Президент Шавкат Миромонович Мирзиёев!

Биз Туркиядаги Туркистонлик (Ўзбек) муҳожирлармиз.

Сизни 2016 йил 4 декабрда президентлик сайловидаги ғалабангиз билан табриклаймиз. Президентлик даврингизнинг Ўзбекистон ва халқимиз учун муваффақиятли, самарали ва фойдали бўлишини, катта ўзгаришлар ва ислоҳотларга бой бўлишини истаймиз ва бунинг учун дуо қилмоқдамиз.

Шунингдек, Президентлик вазифасини бошлаганингиздан кейин амалга оширилган ишлар, ислоҳотлар ва бошқа ижобий жараёнлардан қониқишимизни билдирамиз.

Яъни;

-Ўзбек халқи муносиб бўлган эркинлик муҳитига тўсқинлик қилаётган омилларни  олиб ташлаш масаласида қилган нутқлар ва кўрсатмаларингиз,
– Мажбурий пахта теришни бекор қилишингиз.
– Порахўрликда айбланган Шуҳрат Ғуломов ва Гулнора Каримова каби шахсларнинг жазоланиши.
– Мамлакатга қайтиб келган ёзувчи Нуруллоҳ Муҳаммад Рауфхоннинг озод қилиниши,
-Баъзи ёзувчилар ва инсон ҳуқуқлари ҳимоячиларининг қамоқдан чиқарилиши,
– Диний жиҳатдан айбланган 16 минг кишининг “қора рўйхат”дан чиқарилиши.

– Сургандаги баъзи сиёсий мухолифларнинг “Интерполнинг жиноят рўйхати” дан ўчирилиши.
– Қуръон ҳофизлари тайёрлаш ҳақидаги таълимотингиз.
– Имом Бухорий, Имом Матуридий, Улуғбек, Хоразмий каби буюк олимларимизни Ўзбекистон ёшларига намуна кўрасатишингиз ва уларнинг номлари бериладиган институтларни тузиш ҳақидаги топшириқларингиз.

– Мамлакатдан чиқиш визасининг (ОВИР) бекор қилиниши.

-Қўшни ўлкалар билан чегара муаммоларининг ҳал қилиниши ва яхши муносабатларнинг йўлга қўйилиши каби бу ерга сиғмайдиган бошқа яхши тараққийпарвар одимлар.

Бу ижобий қадамларнинг ёнида:

– Барча диний ва сиёсий маҳбусларнинг озод қилиниши ва мамлакатимиз номига қора доғ бўлган  “Жаслиқ” қамоқхонасини ёпиш.
– Порахўрлик ва қийноқлар каби жиноятлар содир қилганларни жазолаш, бундан кейин уларга йўл қўймаслик учун зарур чоралар кўрилиши,
– Ҳижобда бўлишни истаган аёл ва қизларимизнинг  мактабларга ва бошқа жамоат жойларига эркин кириши.
– 18 ёшгача бўлган болаларимизга Қуръон ҳофизлиги дарслари ва ва бошқа диний таълим бериш,
– 18 ёшдан кичкина болаларимизга масжидларда намоз ўқишга рухсат берилиши,

-Азон овозининг Мусулмон мамлакатлардаги каби жомеъ ва масжидларнинг ташқарисида ҳам эшитилиши.
– Мамлакатни тарк этишга мажбур бўлган барча диний  ва сиёсий мухолифларнинг ватанга қайтиши каби хусусларни Сизга таклиф қиламиз.

Туркистонли ҳамюртларингиз ва Туркияда истиқомат қилаётган Ўзбекистон фуқаролари сифатида Сизни яна бир бор табриклаймиз ва Аллоҳ таолодан Сизга  соғлиқ ва муваффақиятли хизматларни насиб қилишини сўраймиз.
2017 йил 25 Октябрь

ТУРКИСТАНДEР (Халқаро Туркистонликлар  Ҳамкорлик Жамияти)
Раиси

Бурҳон ҚОВУНЧИ

Devami

Андижонда ҳижобли абитуриентлардан ҳужжат қабул қилинмаган

18.07.2017

Андижон Давлат Университетида ҳижобли абитуриент қизлардан ҳужжат қабул қилинмаган. Қабул коммиссияда ўтирган Хотин қизлар қўмитаси ва бошқа мутасаддилар уларнинг ҳижобини ечтиришга мажбур қилган.

Ҳижобни ечмайман, деб оёқ тираб турган қизлар уни қулоқни орқасидан ўрашга мажбурланган. Акс ҳолда улардан имтиҳон топшириш учун ҳужжат қабул қилинмаган.

Бу каби талаб ҳужжат топширишга шортик (калта шим)да келган абитуриентларга ҳам қўлланилган.

Андижон Давлат Университети Қабул коммиссиядан гўшакни кўтарган масъул ҳужжат топширишга келган абитурентлардан ҳижобни ечиш шарт қилиб қўйилганини тасдиқлади.

“Ҳижобни ечтириш ҳолати бўлди. Хотин қизлар қўмитасидан келган одамлар ва бошқа мутасаддилар қизлардан ҳижобни ечишни, сўнгра ҳужжат топширишни талаб қилишди. Рози бўлиб ечишди, кўнмаганлари уни қулоқнинг орқасидан ўраб ҳужжат топширишди. Бу талаб бизга Тошкентдан келган, веб камерага суратга тушаётганда ҳижоб билан бўлмаслик керак экан”, – дейди қабул комиссияси ходими Би-би-си Ўзбек хизмати билан суҳбатда.

Андижон Давлат университетига ҳужжат қабул қилиш 15 июндан 15 июлгача давом этган. Қабул комиссияси ходимининг билдиришича, ҳижобли абитурентлар кўп бўлмаган, аммо уларга уни ечиш ёки қулоқ орқасидан ўраш каби қатъий талаб қўйилган.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фарҳод Бабашев Би-би-си Ўзбек хизмати билан суҳбатда Олий ўқув юртларидаги ички тартиб қоидаси бўйича ҳижоб кийиш мумкин эмаслигини таъкидлади.

Вазирлик мутасаддиси ўқув юртларини ҳарбий объектларга тенглаштирди ва талаб қилинган кийимда келиш шартлигини уқтирди.

“Олий таълим муассасасининг ички тартиб қоидаси бор-да. Масалан, казармада, ҳарбий қисмдаям шортик билан бороролмайсиз. Ҳарбий қисмда ҳарбий тартиб бўлади. Олий таълим муассасасининг ҳаммасининг ўз ички тартиб қоидаси бор. Олий таълим муассасасига талабалар киритилади, умуман формасиз кириш мумкин эмас”, – дейди Фарҳод Бабашев.

Мутахассислар аёлларнинг ҳижобини ечтиришга мажбурлаш уларнинг диний ва виждон эркинлиги каби ҳуқуқларини қўпол равишда бузиш эканлигини айтишади.

Олий таълим масъули қизлар ҳижоб билан суратга тушса, имтиҳонга киришда қалбакилаштиришга уринишлар бўлиши мумкинлингини айтади.

“Расмга олиш учун албатта кўриниб туриш керак. Тасаввур қилинг, ҳижобда расмга тушса, унинг ўрнига ким кирганини ким билади. Расмга туширганда одамнинг қулоқлари, сочлари ҳамма ери кўриниб туриши керак. Шунинг учун ўша сиз айтган нарсани ечинг дейишга ҳаққи бор”, – дейди Фарҳод Бабашев.

Би-би-сининг қулоқдан одамни қандай ажратиш мумкин, деган саволига Матбуот хизмати раҳбари ўша одам норози бўлса судга бериши мумкинлини айтди.

Фарҳод Абашев ҳижобда ҳужжат топшириш мумкин эмасми деб қайта берилган саволга, ҳижобда мумкин эмас, деётганим йўқ, деб жавоб берди.

“Мен сизга ҳижобда мумкин эмас, деётганим йўқ. Аниқ кўринишга ҳалақит берадиган нарсалар бўлса, уларни ол, деб айтишга ҳаққи бор. Сиз шундай десангиз кейин ҳамма мана шунақа нарса ўраб, кийиб борадиган бўлади. Уни қандай ажратади”, – дейди у.

Суҳбат бошида олийгоҳ ҳудудига формасиз кириш мумкин эмас деган матбуот котиби суҳбат охирида бинога ҳижобда кириш мумкинлигини, аммо суратга тушаётганда уни ечиб қўйиш кераклигини айтди.

Фарҳод Бабашев олий ўқув юртларида ҳижобда ўқиш мумкинми, шундай қизлар борми деган саволга “мен қаёқдан билайин”, деб жавоб берди.

Бабашев билан суҳбатни тинглаш учун ушбу линкка босинг

o’zbek bbc

Görüntünün olası içeriği: gökyüzü ve açık hava
Görüntünün olası içeriği: açık hava
Devami

Özbekistan’da bir ‘işkencede ölüm’ olayı daha!

Özbekistan’dan işkence ve ölüm haberleri gelmeye devam ediyor

 “Toşturma’dan (Taşkent cezaevinden) Kardeşimin Cesedi Çıktı”

(BBC -3 Temmuz 2017)

Taşkent şehrinden Umrbaev ailesi geçen hafta Taşkent cezaevinden 24 yaşındaki oğulları Cesur‘un ölüsünün çıktığını söylüyor. Telegramda yayınlanan açıklamada anlatıldığına göre, bir kaç ay önce tutuklanan Cesur Umrbaev sapasağlamdı. Cesur Umrbaev’in ablası Gülçehre, kardeşinin işkenceler sebebiyle öldüğünü iddia ediyor.

Gülçehre‘nin açıklamasını dinlemek için (BBC)  YouTube kanalımıza girin. 

Gülçehre‘nin söylediğine göre kardeşinin vücudunda işkence izleri mevcut ve Cesur Umrbaev yargılama süresince işkenceye maruz kaldı.

Resmî yetkililer Cesur Umrbaev‘in kalp krizinden öldüğünü bildirdi.


Merhum Cesur Umrbaev 

BBC, İç İşleri Bakanlığı Basın sözcüsü Tolagan Abdullaev ile bağlantı kurmak istedi. Ama Bakanlık telefon numaraları cevap vermedi.

Özbekistan hapishaneleri ve terör tecrit hücrelerinden mahbusların ölü çıkışı daha önce de olmuştu.

Devami